BESHINCHI MO’JIZA
Hazrati Abdulloh ibn Abbos rivoyat qilur:
«Bir kuni a’robiylardan bir kishi Rasululloh qoshlariga keldi va:
— Ey Muhammad, Alloh meni butun insonlarga Payg‘ambar qildi, deb aytur emishsan.
Bul so‘zning rostligini qaydan bilurmiz? — deb so‘radi.
Anda Rasululloh:
— Agar xurmo daraxtidan bir shohini chaqirsam, oldimga kelsa, iymon keltirurmisan? —
dedilar.
— Albatta, iymon keltirurman, — dedi.
Rasululloh uni chaqirdilar ersa, shoh uzilib yerga tushdi. Yer ustida sakrab-sakrab
Rasululloh oldilariga keldi.
— O‘z o‘rningga qaytgil! — dedilar.
Yana qaytib borib ilgarigidek bo‘ldi. A’robiy ham darhol iymon keltirdi».
Do'stlaringiz bilan baham: |