www.ziyouz.com kutubxonasi
173
kechib, yalang‘och qilich bilan Muhammad ustiga qattiq hujum qilaylik. Agar bu urushda
qirilar ekanmiz, qayg‘urgudek hech ishimiz yo‘qdur. Agar dushmanni yengar bo‘lsak, har
joyda xotin-bola topilur, — dedi.
Anda yahudlar:
— Ul bechoralarni o‘z qo‘limiz bilan qanday o‘ldira olamiz, alar so‘ngida qolib, qandoq
tirikchilik qilurmiz? — dedilar.
Buni anglagach, Ka’b yana:
— Endi qolgan bir ish shuldirki, bu kechasi shanba kunining kechasidur. Shanbaning kuni
tunida bizning hech qanday ish qilmasligimizni arablar yaxshi bilurlar. Biz alarni g‘aflatda
qoldirib, to‘satdan ustilariga bir hujum qilaylik. Agar olsak yoki oldirsak ham bir ish
qilgan bo‘lurmiz, — dedi.
Qurol ko‘tarib shanba kuni hurmatini xor qilgan bo‘lurmiz, deyishib buni ham qabul
qilmadilar.
Yana raislaridan biri Amr ibn Sa’diy:
— Muhammadga bergan ahdlaringni buzib, baloni o‘zinglar chiqardinglar. Endi unga
iymon keltirmas bo‘lsanglar, o‘z dininglarda turib, Muhammadga jizya to‘langlar, lekin
buni qabul qilurmi, yo‘qmi, bilmasman, — dedi.
Anda yahudlar aytdi:
— Arabga jizya berib, xiroj to‘lab yurishlik, biz uchun katta nomusdir. Buni ko‘targandan
o‘lganimiz yaxshiroqdir.
Anda ul aytdi:
— Ilgari-keyin qilgan xiyonatlaringga men qo‘shilgan emas erdim. Sizlarni bu
ishinglardan endi ham bezordurman, — deb shul kechasi qo‘rg‘ondan chiqdi.
Payg‘ambarimizning qorovul boshlig‘i Muhammad ibn Maslamaga yo‘liqib edi, uni
to‘smasdan o‘z yo‘liga qo‘ya berdi. Aning ikkinchi xabari chiqmadi.
Rasululloh kelmasdan ilgari bu kishi:
— Ey Qurayza yahudlari, bilursizkim, biz uchun ibrat olgudek oldimizda ko‘p ishlar o‘tdi,
bularning hech biridan ibrat olmadinglar. Muhammadga bergan ahdlaringni nohaq
buzdinglar. Ahd buzmoq Tavrot hukmida harom edi-ku! Bu harom ishni ko‘ra bilaturib
qildinglar, hali ham bo‘lsa askar ustimizga yetib kelmasdan, buning chorasini ko‘raylik.
Qarindoshlarimiz Bani Nazir, Bani Qaynuqo’ yahudlarining ko‘rgan kunlari ko‘z oldimizda
bizga ibratdur. Muhammadning oxirzamon payg‘ambarligi haqdur, buning haqlig‘iga
barcha ulamolarimiz, kitoblarimiz guvohdurlar. Kelinglar, hammalarimiz unga iymon
keltirib, ikki dinning sharafini topaylik. Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida Tavrot tushirgan
Xudo haqqida qasam qilurmankim, bu Muhammadga iymon keltirib, unga tobe bo‘lsak,
dunyo-oxiratlik izzat-hurmatimizni shunda topgaymiz, — deb nasihat qilganida, yahudlar
qabul qilmagan edilar.
So‘ngra qamalning qattiqligi, oziq-ovqat ozligidan yahudlar qo‘rqinchlikka tushdilar.
Nochor Nabosh ibn Qays degan kishini Rasululloh oldiga yuborishdi. Shundoqki, butunlay
qurol-jabduq, qo‘ra-joylarini tashlab, oilalari bilan bir tuya yuk mol olib, Madina
tuprog‘idan chiqib ketmakka roziliklarini bildirdilar.
Rasululloh buni qabul qilmadilar.
Cho‘rilaridan, bola-chaqalaridan boshqa hech bir narsa olmasdan, butun mol-dunyolarini
tashlab, Rasulullohga qarashlik yerdan chiqib ketmakni so‘rashib, ikkinchi marta elchi
chiqarishdi.
Anda Rasululloh:
— Shartsiz o‘z hukmimga tushib, taslim bo‘lmoqdan boshqa hech ishni qabul qilmasman,
— dedilar.
O‘rtadagi elchi qaytib borib, Rasulullohning so‘zini alarga yetkazdi. Sahobalar ichida Abu
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |