DAVMATUL JANDAL G‘AZOTI
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
149
Hijratning to‘rtinchi yili oxirlarida Rasulullohga xabar keldikim, Davmatul Jandal degan
joyda turgan odamlar yig‘ilishibdur, bularning maqsadlari ersa Madinaga hujum
qilmoqdur. Bu xabar kelgach, Rasululloh ming kishilik askar tuzib, yo‘lga tushdilar. Bu
yer Madinaning Shom tarafida bo‘lib, o‘n besh kunlik yiroqlikda edi. O‘tkinchi
yo‘lovchilarga to‘sqin ko‘rsatib, alarga ko‘p zulm qilmoqda edilar. Dushmanga bildirmay
alarni bosish uchun, kunduzi yashirinib, kechasi yurdilar.
Shundoq qilib, Islom askari dushman ustiga yetib borib, to‘satdan alarga hujum qildi.
Nima qilishlarini bilisholmay, o‘z boshlarini olib qochishga arang ulgurdilar. Butun mol-
chorvalarini o‘tloqda qoldirib, o‘zlari esa har qayoqqa tarqalib qochdilar. Alardin qolgan
butun narsalar o‘ljaga tushdi. Dushman tomonidan hech qandoq qarshilik ko‘rilmay,
Madinaga salomat qaytdilar.
Shu qaytishlarida Fizor qabilasining raisi Uyayna ibn Hisn Rasulullohga uchrashib,
o‘rtada kelishim bo‘ldi. U chog‘da bu qabila kishilari dinga kirmagan edilar. Rasululloh bu
odamni «Ahmaqul muto’», ya’ni, «obro‘ylik ahmoq», der edilar. Xalq ichida shunday
odamlar bilan ham murosani madora qilmoq lozimdur. Shuning uchun Rasululloh bu
odam bilan sulh tuzib, murosa qilib, butun ummatlari uchun bir tuzuk (qonun)
qoldirdilar. Bu bilan murosa qilganlikdan, chorva mollarini o‘tlatmoq uchun Madinadan
o‘ttiz olti mil uzoqdagi bo‘sh yotgan yerlardan o‘tloq joy kesib berdilar. O‘z yerlarida shu
yillari yomg‘ir yog‘may, quruqchilik bo‘lgan edi.
Rasulullohning bu qilgan yaxshiliklarini ular bilmadilar. Bu joyga kelishib, ot-uloq, oriq
tuyoqlari semirgandin keyin Rasulullohning sog‘in tuyalarini haydashib, o‘z yerlariga
qochishib ketdi. Bu voqeani o‘z o‘rni kelganda yana bayon qilurmiz, inshoalloh. Shul
kishi haqida bu hadisni aytganlar:
«Inna sharrannasi man tarakahunnasu ittiqoa fahshihi». Ya’ni: «Odamlar ichida eng
yomon kishi shulki, uning uyatsizligi, og‘zi buzuqligidan kishilar hazar qiladilar, ziyon
yetmasin deb uni hurmat qiladilar. Eng yomon odam shuldur», dedilar.
Endi bu joyda Payg‘ambarimizning u kishi haqida «obro‘ylik ahmoq» degan so‘zlaridan
ilhom olib, bu o‘rinda, o‘qituvchilar uchun bir necha foydalik so‘zlar yozib qoldirishni
lozim topdim. Albatta, shuni bilmak kerakkim, inson olamiga berilmish ne’matlar ichida
eng ulug‘i aql ne’matidur. Shunga o‘xshash, olamda borliq balolar ichida eng yomoni
ahmoqlik balosidur. Bunday ziyonlik yomon narsa do‘zaxda ham yo‘qdur. Agar kishi
aqlini haqlik yo‘lida ishlatar ekan, u kishi farishtalik maqomiga yetib, balki payg‘ambarlar
kabi ulardan o‘tib komil inson bo‘lishi shubhasizdur. Agar odam ahmoqlik yo‘liga kirib,
hayvonlik sifatiga berilar ekan, shaytonga qul bo‘lib, do‘zax o‘tiga yem bo‘lishiga shak
yo‘qdur. Dunyo yaratilgandan boshlab, nohaq to‘kilgan qonlar, yeru-ko‘kka gunohi
sig‘maydigan insonlarning qilgan zulm-xiyonatlari barchasi shu ahmoqlik orqasidan
yuzaga chiqqan ishlardur. Agar kishi birovni: «Xudo seni ahmoq qilmasun, ahmoqlarga
yo‘ldosh qilmasun», der ekan, uni eng ulug‘ olqishlagan bo‘lur. Shuning uchun Jaloliddin
Rumiy «Masnaviy sharif» kitobida aytmishdur:
«Zi ahmaqon biguriz chun Iso go‘rixt», ya’ni: «Iso payg‘ambar ahmoqlardin qochdi, sen
ham shuningdek ulardin qochgil, chunki butun dunyoda bor buzuqlik ishlar, nohaq
to‘kilgan qonlarning bariga shular sababdur», degan bo‘lur. Bu baytning kitobda hikoyasi
bordur.
Shundoqki, bir kuni Iso alayhissalom bir necha ahmoq odamlarni ko‘rib, ulardin yuz
o‘girib qochdilar. Anda shogirdlari: «YO Rasulalloh, sizning muborak nafasingizdan
qancha ko‘p tug‘asi (tug‘ma) gunglar, karlar shifo topdilar. Sizning qo‘lingizda Xudo izni
bilan bir necha o‘liklar ham tirildi. Shunday bo‘lgach, bu ahmoqlarga bir dam ursangiz,
bular ham shu ahmoqlik balosidan qutulib qolsalar yaxshi bo‘lur edi», dedilar. Anda Iso
alayhissalom «Mening nafasim Alloh izni bilan o‘liklarni tirgiza olar. Har qandoq
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |