www.ziyouz.com
kutubxonasi
64
borishidin Makka mushriklari, Quraysh kofirlarining ko‘ngillariga qo‘rqinchlik tushdi.
Buning chorasini ko‘rish ularga kerak edi. Bu haqda maslahat o‘tkazish uchun Dorun-
Nadvaga yig‘ildilar.
«DORUN-NADVA» MASLAHATI
O‘n ikki urug‘ Quraysh qabilasidin ikki urug‘ qoldirilib, u ham bo‘lsa, Bani Hoshim bilan
Bani Muttalib edilar, qolmish o‘n urug‘ Quraysh raislari Dorun-Nadvaga majlis
chaqirdilar. Dorun-Nadva — maslahatxona demakdur. Bu uyni Payg‘ambarimizning
beshinchi bobolari Qusay degan kishi soldirgan edi. Bu uyda ochilgan majlisga kirgan
kishilarning yoshi qirqqa to‘lishi va Quraysh urug‘idin bo‘lishi shart edi. Ahamiyatlik ulug‘
hodisalarning maslahati urush kunlarida boshliq saylash, tug‘ bog‘lash ishlari shu uyda
bo‘lur edi. Butun Quraysh qabilasidin maslahat chiqqudek boshliqlari shu majlisga hozir
bo‘ldilar. Iblis mal’un ham oqsoqol shayx suratida obidlar libosi — oq kiyimlar kiygan
holda maslahatxona eshigiga kelib turdi. U yot kishi bo‘lganlikdin aning kim ekanini
so‘radilar. Ul:
— Najd viloyatidin keldim, mening sizlarga do‘stligim bordur, Muhammad haqida
ochilmish majlisingiz borligini eshitdim, agar kirishga ruxsat etsangiz, sizlar uchun foyda
chiqarlik so‘z topsam aytur edim, — dedi. Alar ham rozilik berishib, kirishga ruxsat
qildilar. Shuning bilan majlis ochilib, so‘z boshlandi. Raislardin birovi turib:
— Muhammadning bu ishi qandog‘ o‘sib borayotganligi ko‘z oldingizda ko‘rinib turadi.
Buning ishi kundin-kunga ulg‘aymoqda, tarafdorlari har tomonda ko‘paya boshladi, bir
kuni ustimizga ularning hujum qilishlari bek ehtimoldir. Qani, bu ishga nima chora ko‘ra
bilurmiz, maslahat qilinglar, bu to‘g‘rida albatta bir fikrga kelishimiz kerak, — dedi. Anda
Quraysh raislaridin Abul Baxtariy ibn Hishom degan kishi:
— Meningcha, buning chorasi shulki, uni ushlab, qo‘l-oyog‘iga kishan solaylik, to
o‘lguncha uni zindonda tutaylik, — dedi. Anda shayx suratlik shayton dedi:
— Sening bu fikring to‘g‘ri emasdur, sizlar uchun bu ishdin hech qandog‘ foydalik ish
chiqmaydur, agar buni hibs qilur bo‘lsangiz, aniq bilingkim, uning tarafdorlari ko‘pdur,
ustingizga hujum qilib, qo‘lingizdin qutqara olurlar. Bundan boshqaroq maslahat toping,
— dedi. Tag‘in birisi turib, u Quraysh raislaridin Asvad ibn Rabia degan kishi edi:
— Bu haqda mening fikrim shulki, uni nafi-bilot qilaylik, ya’ni surgun qilib, boshqa yot
yerga haydab chiqaraylik, o‘z oramizdin ketgandin keyin na bo‘lsa, u bo‘lsin, — dedi. Bu
so‘zni onglag‘on hamon shaytonning hushi boshidin uchdi, o‘rnidan tura kelib:
— Hoy-hoy, bu fikrdin qattiq saqlaninglar, xalq ichiga uni qandoq chiqarib bo‘lur, uning
so‘zga ustaligi, tilining totliligi ila borgan yeridin, tanishgan elidin o‘ziga yo‘ldosh-
qo‘ldoshlar topa olur. Alardin qo‘l-yasov qilib, boshingizga kelur bo‘lsa, ishlaringizni
qo‘lingizdin olur, — dedi. Butun majlis xalqi buning so‘zini to‘g‘ri topdilar. Uchinchi bo‘lib
Abu Jahl:
— Bu to‘g‘rida maning ko‘nglimga bir fikr kelib turadi, bu o‘tirganlarning ichida hech
kimning aqliga kelmagan ish deb o‘ylayman, — dedi. Anda har tarafdin: «Ey Abul
Hakam, ayt, u so‘zingni, tinglaylik» — deb qichqirdilar. Anda Abu Jahl:
— Quraysh qabilasi ichida hasab-nasablik, ortiq obro‘ylik, keskir qilichlik botir yigitlardin
har urug‘ boshiga birdan kishi olurmiz. Bu yigitlar qo‘llariga o‘tkir qilich olsinlar, ertalab
Muhammad uyda yotgan chog‘da bosib kirib, bu yigitlar bir kishi chopgandek barobar
qilich solib, uni o‘ldursinlar, shundoq qilganimizda, aning qoni butun qabila ustiga
bo‘linur. Agar Bani Hoshim da’vo qilar bo‘lsalar, ishlari ikki yo‘lliqdur. Birisi — butun
Quraysh qabilasiga qarshi urush ochgaylar, yoki mol olmoqqa xun uchun rozi bo‘lgaylar.
Ma’lumdurki, butun qabilaga qarshi turib urishmakka toqatlari yo‘qdur. Nochor xun moli
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |