www.ziyouz.com
kutubxonasi
55
qoshiga kelib, alarga o‘zlarini tanitgan so‘ngida dinga da’vat qildilar. Lekin hech birlaridin
iymon umid qilurlik javob eshitilmadi.
Payg‘ambarimiz qirq yoshga to‘lgan chog‘larida payg‘ambarlik vahiyi keldi. So‘ngra o‘n
uch yil Makkada turdilar. Har yili haj mavsumida Arabiston atrofidan turlik qabila arablari
haj qilmoq uchun Makkaga yig‘ilar edilar. Mana shu kabilar orqalik dinga qilgan da’vatlari
butun Arabiston o‘lkasiga tarqalgan edi. Har bir yig‘in majlislarda Payg‘ambarimizning
so‘zlari bo‘lmay qolmas edi. Lekin Quraysh qabilasi arablar orasida eng ortiq darajada
obro‘-hurmatga ega bo‘lganlikdin, boshqa arablar bularni xotir qilishga majbur edilar.
Qurayish xalqining iymon keltirmay turishlari boshqalarga ham ta’sir qilur edi. Va shu yili
arablar ichida atoqlik Bani Bakr ibn Voil qabilasi raislaridin bir nechalari haj qilmoq
uchun Makkaga kelgan edilar. Buni onglab, Payg‘ambarimiz Abu Bakr Siddiq bilan
ikkovlari o‘rtada rasmiy so‘zlar aytilgandin so‘ngra, Payg‘ambarimiz alarni dinga da’vat
qildilar. Anda raislari Horis turib:
— Ey Muhammad, biz bo‘lsak ko‘p yillardan buyon Eron podshosiga fuqaro bo‘lib kelgan
edik. Lekin shu kunlarda oramiz buzildi. Endi o‘rtamizda qonlik bir urush chiqishi ko‘z
oldimizda turibdur. Mana biz bu ishdan ko‘nglimizni tinchitsak, qaytib kelib, sen aytgan
bu ishning chorasini ko‘ramiz, — dedi.
Alarning deganlaridek, o‘z ellariga qaytganlaridin keyin, ko‘p fursat o‘tmasdanoq ikki
orada dahshatlik bir urush qo‘zg‘oldi. Zukor degan joyda arab va ajam qo‘shinlari
to‘qnashdilar. Shu chog‘da arab askar boshlig‘i aytdikim: «Ey xaloyiq, bizning bu
urushimiz qo‘rqinchlikdur. Makkadin payg‘ambarlik da’vosi ila chiqqan odamning oti
bizning urush shiorimiz bo‘lsin, shuning sharofatidin g‘alaba qilgaymiz, deb umid
qilurman», degan so‘ngida shu nom bilan sado qichqirib, hujum boshlashga amr qildi.
Askarlari ham «Muhammad» sadosi bilan urushga kirdilar. Bu ismi-sharif tufaylidin
dushmanlarni yengib, alar ustidin g‘alaba qozondilar. Shul «Zukor» urushi bo‘lsa, arablar
oldida ulug‘ tarixiy sharafga egadur. Chunki o‘z zamonasida eng kuchlik hukumatlardin
hisoblangan Eron askarini o‘z fuqarolari ko‘zga ilmagan arablar birinchi navbat
yengishlari edi. Bu ulug‘ shonlik zafar butun Arabiston o‘lkasiga tarqaldi. Shul
munosabat bilan alarning shoirlari fasohat, balog‘at maydonida ko‘p musobaqa qildilar.
Bu urushga qatnashgan qabilalar haqida fahru mubohat qilishib, hisobsiz she’rlar aytildi.
Ammo haqiqatda esa shundog‘ to‘liq qurollangan ulug‘ bir podshohlik askarlarining
ko‘zga ilmagan bir necha arab qabilalari tomonidan tor-mor bo‘lishi Payg‘ambarimizning
mo’jizalari edi. Shuning uchun bu xabarni eshitganlarida: «Mening ismim hurmatidan
zafar topdilar», deganlari rivoyat qilinur.
Yana shu haj mavsumi kunlarida Shaybon qabilasining bir necha raislariga uchrashdilar.
Alar ichida eng atog‘lik arabning so‘zamol, chechanlaridin bo‘lgan Mafruq ibn Amr nomlik
bir kishi bor edi. Hazrati Abu Bakr Siddiq bilan u kishi Islom dini to‘g‘risida uzoq
so‘zlashdilar. So‘ngra Payg‘ambarimizga boqib: «Ey Muhammad, bizlarni qaysi ish
qilishga da’vat qilursan?» dedi. Aning javobida Rasululloh shu oyatni o‘qidilar:
«Inalloha ya’muru bil adli val ehsoni vaiytoi zil qurba va yanha anil fahshon val munkari
val bag‘y, yaizukum laallakum tazakkarun».
Ma’nosi: «Alloh taolo bandalarini har ishda adolat qilishga va alarni bir-birlariga yordam
berishga, qarindosh-urug‘lar o‘z oralarida siylai-rahmni uzmasga buyurdi. Yana har bir
buzuq ishlardin va barcha zulm-xiyonatlardin bandalarini qaytardi», demakdur.
Haqiqatda esa Alloh taolo bu oyat bilan bandalariga ikki dunyolik foyda-ziyonlarini bayon
qilib, Islom dinining asoslarini ochiq ravishda ko‘rsatdi. Butun shariat hukmlarini, Islom
axloqlarini shundoq qisqagina bir oyatga sig‘dirdi. Zohirda bu oyat oz ko‘rinsa ham,
o‘tgan mujtahidlarimiz bundin ming turlik ma’no chiqardilar. Ulug‘ olimlardin biri bo‘lgan
Al-Izz ibn Abdusalom yolg‘iz shu oyatdin chiqargan masala ustida katta bir kitob
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |