Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

QIRQ IKKINCHI MO’JIZA
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga: 
— Bu kecha iymon uchun yer ustidagi har turlik jinlardan elchilar kelur. Alar bilan suhbat 
qilgayman. Men bilan shu kecha kim birga bo‘lur? — dedilar. 
Anda Ibn Mas’ud: 
— Men borurman, yo Rasulalloh, — deb o‘rnidan turdi. 
So‘ngra har ikkovlari Makka shahrining yuqori yog‘iga qarab ketdilar. Bir yerga kelgach, 
Rasululloh aylantirib chiziq qilib, Ibn Ma’sudga: 
— Bu chiziq ichida o‘lturgin. Mundan tashqari chiqa ko‘rma. Allohni ko‘nglingda yod 
qilgil, hech bir narsadin qo‘rquvchi bo‘lma. Turli suratdagi jinlar ko‘zingga ko‘ringaylar. 
Alarga gapirma. Chiziq ichiga kirolmagaylar. Agar bu chiziq tashqarisiga chiqar ersang, 
qiyomatgacha seni topolmagaymiz, — dedilar. 
So‘ngra Rasululloh alar majlisiga bordilar ersa, to‘rt yoqdan turli suratdagi jin elchilari 
kelishgali turdi. Bular ichida arslon suratlik, burgut suratliklari ham bor edi. Shunday 
qilib yer-ko‘k bularga to‘ldi. 
Ibn Mas’ud ko‘rib, hayron qolib o‘ltirdi. Lekin hech birovlari chiziqqa yaqinlashmas edilar. 
Rasulullohni o‘rab o‘ltirishib, ilgari iymon keltirganlari ersa, Qur’on o‘qib, shariat 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
340
o‘rganishur edi. Yangidan kelishganlari bo‘lsalar iymon aytib dinga kirishur edi. Shundoq 
qilib, tong otguncha Rasululloh bilan o‘ltirib ular suhbat o‘tkazdilar. Majlis tugar 
chog‘ida: 
— YO Rasulalloh, Qur’ondan tilovat qilib bersangiz, bizlar ham o‘z og‘zingizdan Xudo 
so‘zini eshitsak,— dedilar. 
Anda Rasululloh ularga «Ar-rahmon» surasini o‘qib berdilar. Bu surada o‘ttiz joyda 
«Fabiayyi alai rabbikuma tukazziban» kelur. Bu oyatning ma’nosi: «Alloh sizlarga bergan 
ne’matlarining qaysi birini yolg‘on deb ayta olasiz?» Bu ersa insu jinga qarata Allohning 
aytgan so‘zidur. Rasululloh shu oyatni har o‘qiganlarida jinlar: 
— Hech birini yolg‘on deya olmaymiz, yo Rabb, — deyishib, javob berib turdilar. 
Bu so‘zlari Rasulullohga ko‘p xush keldi. Tilovat tamom bo‘lgach, elchi jinlar 
Rasulullohdan sovg‘a so‘radilar. 
Anda Rasululloh: 
— Menim ummatlarimning qiyomatgacha yegan go‘shtlarining suyaklari ilgarigidek 
go‘shtlik bo‘lib sizlarga taom bo‘lsin va alarning mingan otlarining tezaklari ersa 
sizlarning otinglarga yem bo‘lsin. Mana shu narsani sizlarga tuhfa qildim, — dedilar. 
Go‘shtini yeb qoldirgan bizning suyaklarimiz va otlarimizning tezaklari jin 
birodarlarimizga tuhfa bo‘ldi. Shuning uchun shariatda bu narsalar bilan kishi o‘zini 
tozalab, istinjo qilishi durust emasdur. Rasululloh bundan qaytardilar. So‘ngra Rasululloh 
qaytib kelganlarida bu voqeani sahobalarga gapirdilar. 
Anda sahobalar: 
— Bizga ham o‘qib bering shu surani, yo Rasulalloh,— deyishdi. 
Bularga ham tilovat qilib Ar-rahmon surasini tamom o‘qidilar. Sura tamom bo‘lguncha 
sahobalar sukutda bo‘lishib o‘ltirdilar. 
Anda Rasululloh: 
— So‘z maromini sizlardan jin birodarlaringiz yaxshiroq bilur ekan. Ular har bir «Fabiayyi 
alai rabbikuma tukazziban»ni o‘qiganimda javob qaytarib turishdi, — deb marhamat 
qildilar. 
Shuning uchun bu sura o‘qilsa, har bir «Fabiayyi alai rabbikuma tukazziban» deganda 
jinlardek javob aytib turmoq eshituvchilarga sunnat bo‘ldi. 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish