34
1033.
Quyidagi ta’riflardan qay biri Bobur Mirzoga xos? * Bobur ajoyib suvoriy, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi; Boburning
vujudida-sarkardalarga xos dovyuraklik, serg’ayratlik, epchillik mujassam edi; ikki qo’ltig’iga ikki odamni olib qal’a devori
ustida mashq qilgan; Bobur o’limga tik qarash, o’ziga va o’z taqdiriga ishonish kabi fazilatlarga ega bo’lgan.
1034.
Boburning «Boburnoma» asarida ba’zi temuriyzoda hukmdorlarning qanday harakatlari tanqid qilinadi? * o’z dushmanlari
bilan o’z manfaatlari yo’lida kelishishga qilgan harakatlari
1035.
Boburning buyuk xotirasini ulug’lash yo’lida qanday ishlar amalga oshirildi? * Andijonda Bobur haykali o’rnatildi;
Andijonda ramziy qabr maqbarasi qurildi; Andijonda «Bobur milliy bog’i» va shu bog’ qoshida «Bobur va jahon adabiyoti»
nomli muzey tashkil etildi.
1036.
Ma’lumki, Ubaydullaxoning tariximizda xizmatlari katta. Quyidagi ko’rsatilgan javoblarning qay biri Ubaydullaxoning
xizmatlarini e’tirof etadi? * Ismoil Safaviy va qizilboshlilarning hujumini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy
siyosiy tazyiqidan saqlab qoldi; Buxorodaning markaz sifatidagi nufuzi o’sdi; O’z davlatining chegarasini Shayboniyxon
davridagi sarhadlarni tiklashga harakat qildi; Mamlakat ichkarisidagi o’zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi; Hirotni
ishg’ol etgan; qizilboshlarni bir necha marta mag’lubiyatga uchratgan.
1037.
Shayboniylar hukmronligi davrida vujudga kelgan qo’sh hokimiyatchilikni eslang. Buxoro va Samarqandda kimlar hukmronlik
qilgan? * Abdulazizxon Buxoroda, Abdulatifxon Samarqandda
1038.
Ubaydullaxon vafotidan so’ng boshlangan parokandachilikka chek qo’yish uchun nima qilish zarur edi? * markaziy
hokimiyatni yana tiklash va kuchaytirish zarur edi.
1039.
Abdullaxon II quyidagi ko’rsatilgan hududlarni egallagan yillari bilan to’g’ri ko’rsating.l) Bah; 2) Samarqand; 3) Tashkent va
Farg’ona; 4) Badaxshon; 5) Xorazm a) 1574-yil; b) 1578-yil; s) 1583-yil; d) 1584-yil; e) 1595-yil * 1-a; 2-b; 3-s; 4-d; 5-e
1040.
XVI asrning oxirida qaysi davlat hukmdori Buxoro xonligiga bostirib kirib, Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni egallaydi?
*Eron hukmdori shoh Abbos
1041.
1601-yilda Samarqand yaqinidagi bog’i Shamol mavzeyida kimlar o’rtasidajang bo’ladi? *Pirmuhammadxon bilan Boqi
Muhammad
1042.
Ma’lumki, Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo’lida qator islohatlar o’tkazgan. Quyidagi
berilgan qaysi javobda Shayboniyxon tomonidan o’tkazilmagan islohatlar ko’rsatilgan? * Sud islohati
1043.
Shayboniyxon qay tariqa yer-suvni qaytadan taqsim qilgan? * ko’chmanchi qabila zodagonlari yengilgan mahalliy mulkdorlar
mol-mulkini musodara qilish, sotish, egasiz qolgan yerlarni o’zlariniki qilib olish yo’li bilan
1044.
Shayboniyxon mamlakat ichida ijtimoiy hayotni tartibga solishga imkon beruvchi qanday islohat o’tkazdi? * keyingi 10 yil
ichida soliqlar og’irligidan va mulkdorlar jabr-zulmidan yer-suvlarini tashlab ketgan xo’jaliklar yer jarini ishga tushirish
masalasi ko’rib chiqildi.
1045.
Ma’lumki, Abdullaxon II pul islohatini o’tkazgan. Bunga ko’ra u ... * oltin pul zarb etishni yo’lga qo’ygan va uning tarkibiga
qiymati past bo’lgan boshqa ma’danlar aralashtirilmasligini qattiq nazorat qilgan
1046.
Qaysi hol Sayboniyxon davrida hokimiyatdan ajralib chiqishga sharoit yaratar edi? * davlatni kichik-kichik mulklarga
(suyurg’olga) bo’lib idora qilish
1047.
Ma’lumki, Shayboniyxon tomonidan amalga oshirilgan davlat boshqaruvidagi tadbirlar mahalliy hukmdor va zamindorlarning
gox noroziliklariga sabab bo’lgan. Bu norozilikning sababi nimada edi? *bo’ysunushni istamagan mahalliy kukmdorlar
mustaqilligini tugatisi ayrim hukmdorlarni almashtirishga harakat qilishi
1048.
Nima uchun Akbarshoh Abdullaxon II Hindistonga jo’natgan ikkinchi elchilikning taklifiga rozi bo’lmadi? * chunki bu davrda
Hindistonni shimolidagi mustaqil knyazliklar - Sing va Kashmirni bosib olish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan edi.
1049.
Ma’lumki, Usmoniylar va shayboniylarning safaviylarga qarshi kurashida din bir niqob edi. Aslida esa bu qaysi hududlar
uchun olib borilayotgan siyosiy kurashning natijasi edi? * G’arbiy Eron, Kavkaz va Xuroson
1050.
Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilib, bu orqali o’z davlatining siyosiy ahvolini
mustahkamlashga erishmoqchi bo’lganligining sababi nimada edi? * podsho Ivan Grozniy davrida Rossiyaning mavqeyi
kuchaya borishi
1051.
Qaysi hol XVI asrda Rossiyaga savdo yo’llarini nazorat qilish imkonini berdi? * Ivan Grozniy davrida Qozon xonligi,
Hojitarxon xonligi, Volga bo’ylari va G’arbiy Sibirni bosib olishi
1052.
Abdullaxon II tomonidan Moskvaga yuborilgan elchilar o’z xonlari nomidan savdogarlarning qaysi hudud bo’ylab erkin
o’tishlariga ijozat so’raydilar? * Volga bo’ylab
1053.
Nima sababdan XVI asrda Rossiya Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirishdan manfaatdor edi? * Buxoroning
Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligi va Rossiya Buxoro xonligi orqali Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo
aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega bo’lardi
1054.
XVI asrda Rossiya Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirishda birinchi navbatda qayerga chiqish maqsadi
hisobga olingan edi? * Hindistonga
1055.
Shayboniylar ta’lim sohasidagi islohatga ko’ra ... * har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |