“Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga
buyuradigan va isyon-gunohlardan qaytaradigan bir jamoa bo‘lsin! Ana
o‘shalar najot topguvchilardir” (Oli Imron, 104).
Alloh taolo yaxshi ishlarga buyurmaydigan, yomon ishlardan to‘smaydigan qavmlarni
yomonladi. Bas, aytdi:
“Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari
naqadar yomon ish” (Moida, 79).
Boshqa oyatda:
“Olim va donishmandlari ularni gunoh so‘zlardan, haromxo‘rlikdan
qaytarmaydilarmi?! Qilayotgan hunarlari naqadar yomon hunar!” (Moida, 63).
Ya’ni o‘shalarning olimlari, faqihlari, qorilari fahsh so‘zlardan, harom yeyishlikdan
qaytarmaydilarmi, deyilmoqda.
Amri ma’ruf qilish uchun lozim bo‘ladigan narsa, agar qodir bo‘lsa, yolg‘izlik vaqtida
buyurishlikdir. Bu nasihat va mav’izada yetukroq bo‘lgani uchun.
Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: o‘zining birodariga oshkora mav’iza qilgan
odam birodarini yomonlabdi, uni yashirib (odamlardan xoli joyda) qilgan bo‘lsa, uni
yaxshilabdi. Agar mav’iza tanholikda foyda bermasa, uni oshkoralik bilan buyuradi,
gunohdan uni uzoqlashtirish uchun solih va yaxshilik egalaridan yordam so‘raydi. Agar
solihlar, yaxshilar bu ishni qilmasalar, gunohkor ulardan ustun kelsa, keyin ularga azob
kelib, hammalari halok bo‘lishadi”.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
54
94. Nu’mon ibn Bashir, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, deb
aytdi: “Alloh taoloning huquqida riyokor va Allohning huquqlarida o‘shanga tushib
qolgan va uni bajaruvchining misoli kemadagi uch kishi misoli kabidir. Ular kemada
edilar, bittalari tepaga, bittalari o‘rtaga, bittalari pasta joylashdilar. O‘sha holatda
ketishayotganida bittalari boltani oldi. “Boltani nima qilasan?” deb so‘rashdi. “O‘zimning
joyimda bir teshik teshaman, suv menga yaqinroq bo‘ladi. Kemada to‘rvam bo‘ladi, suv
ichadigan idish bo‘ladi”, dedi. Ba’zilar aytishdi: “Unga indamanglar, o‘zi uchun
xohlagancha teshaverin”. Va ba’zilar: “Uni teshishiga yo‘l qo‘ymanglar, bizni ham, o‘zini
ham halok qiladi!” dedilar. Agar uni to‘xtatsalar, ular ham, uning o‘zi ham qutilar edi.
Agar uni bu ishdan to‘smasalar, ular ham, bu ham halok bo‘ladi”.
95. Huzayfadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mening
jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan
qaytaringizlar, agar qilmasangizlar, Alloh taolo o‘z huzuridagi azoblarni yubormoqligi
yaqin bo‘ladi, keyin Allohga duo qilsangizlar, duolaringizni ijobat qilmaydi”.
96. Hazrati Ali, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Agar
ummatim zolimni ko‘rib, sen zolim ekansan, deb aytishdan qo‘rqsalar, ular foyda
bermaydigan kishilarga aylanadi”.
97. Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Albatta, yaxshi ishga buyurib,yomon
ishlardan qaytarasizlar. Bu ishni qilmasangizlar, sizlarga zolim podshohni ega qilib
qo‘yadi. Kattalaringizni hurmat, kichiklaringizga rahm qilmaydi. Yaxshilaringiz duo
qilishadi, duolari qabul qilinmaydi, yordam so‘raydilar, yordam berilmaydi. Gunohlarini
kechirishni so‘raydilar, gunohlari kechirilmaydi”.
98. Abu Said Xudriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
aytdilar: “Sizlardan birontalaringiz munkar (yomon) ishni ko‘rsa, uni bu ishdan qo‘li bilan
qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan, o‘sha
dili bilan qaytarishi imonining zaifligidir”.
Ba’zilar aytdilar: “Qaytarishlik amrlar uchun qo‘l bilan, olimlar uchun til bilan, ummiylar
uchun dil bilandir”. Ba’zilar, kimiki shularga qodir bo‘lsa, o‘shalardan qaytarishligi vojib
bo‘ladi, dedilar.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Yaxshi ishlarga buyuruvchilar shu ishi bilan Alloh taolo
uchun, dinni ulug‘lashni, yuksaltirishni qasd qilishi lozim bo‘ladi. O‘zini bildirish uchun,
o‘zining himoyasi uchun, dimog‘dorlik uchun bo‘lsa, bo‘lmaydi. Albatta, bu bilan
Allohning o‘zi uchun dinni aziz qilishni qasd etsa, Alloh taolo unga yordam beradi, uning
uchun muvofiq qilib qo‘yadi. Agar o‘zining nafsini bildirish, takabburlik bo‘lsa, Alloh uni
xor qilib qo‘yadi.
Ikrimadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinidi: Bizga aytdiki: “Bir kishi Allohni
qo‘yib, daraxtga sig‘inadigan joydan o‘tib qolibdi. U kishi Alloh uchun bu ishdan
g‘azablanibdi. Xudoni qo‘yib bu daraxtga sig‘inishayotgan edilar. Keyin u boltasini olib,
eshagiga minib, o‘sha daraxt tomonga, uni chopib tashlash uchun otlanibdi. Shaytoni
la’in odam suratida uning yo‘lidan chiqib: “Qaerga ketyapsan?” deb so‘rabdi. «Bir
daraxtni ko‘rdim, odamlar Allohni qo‘yib, o‘shanga ibodat qilishyapti. O‘sha daraxtni
bolta bilan chopib tashlayman, deb Allohimga ahd berdim», dedi. Iblis: “U senga nima
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
55
qildi? Qo‘ygin, ibodat qilishayotgan bo‘lsa, ibodat qilaverishsin. Ularni Allohning o‘zi
uzoqlashtiradi”, dedi. U kishi qaytmaydi. Iblis la’natulloh alayh aytdi: “Qaytgin, har kuni
senga to‘rt dirham beraman, har kuni ko‘rpachangning bir chetini ko‘tarsang, uni
olasan”. “Shunday qilasanmi?” deb so‘radi. Iblis: “Albatta, har kuni senga o‘sha pulni
to‘layman”. Keyin haligi kishi uyiga qaytdi. O‘sha pulni ikki-uch kun Alloh xohlagancha
topdi. Shundan keyin bir kuni ertalab turib, ko‘rpaning quyi tarafini ko‘tarsa, hech narsa
ko‘rmadi. Kiyin bir kun kutdi, dirhamlarni topolmagandan keyin, boltasini olib eshagiga
minib, o‘sha daraxt tomon otlandi. Iblis odam suratida uning oldiga chiqdi. “Qaerga
ketayapsan?” deb so‘radi. U kishi: “Allohni qo‘yib, sig‘inilayotgan daraxt oldiga
boryapman, uni kesib tashlayman”, dedi. Iblis aytdi: “Bunga kuching yetmaydi. Ammo
oldingi gal sen Alloh uchun g‘azablangan holda chiqqan eding. O‘sha paytda osmon va
yer ahllari jam bo‘lsalar ham, seni qaytara olmas edi. Ammo hozir sening chiqishing
nafsing uchun, sen dirhamlarni topa olmaganing uchun chiqyapsan. Agar o‘sha joyga
o‘tsang, boshingni yoramiz”. U daraxtni tinch qo‘yib uyiga qaytibdi.
Faqih aytadi: Yaxshi ishlarga buyurguvchi kishi besh narsaga muhtoj bo‘ladi:
1. Ilmga, chunki johil amri ma’ruf va nahiy munkarni chiroyli qila olmaydi.
2. Allohning roziligini va dinni kuchaytirishni qasd qilmoqlikka.
3. Bu ishlarni bajaruvchi rahmdil bo‘lmoqligi, buyurganda ham yumshoqlik bilan,
do‘stona buyurishligi lozim bo‘ladi. Qalbi qattiq, qo‘pol bo‘lmasligi kerak. Chunki Alloh
taolo, Muso va Horunni Fir’avn oldiga yuborayotib aytdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |