www.ziyouz.com kutubxonasi
274
687. Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan ekanlar: «Otaning yuziga qarash – ibodat, Ka’baga
qarash – ibodat, Mushafga qarash – ibodat, olimning yuziga qarash – ibodat».
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Olimlar yulduzlarga o‘xshaydi. Agar ko‘rinib tursa,
odamlar ular bilan yo‘l topishadi. Agar ko‘zdan yo‘qolib, zulmatda qolsa, qayoqqa
yurishni bilmay, hayron qolishadi. Olimning o‘limi bilan Islomda bo‘shliq paydo bo‘ladi.
Vaqt o‘tsa-da, bu bo‘shliqni biror narsa to‘ldira olmaydi”.
__________________
Ilm ahli bilan birga o‘tirish fazilati bobi hadislari
682-hadis. Muttafaqun alayh.
683-hadis. Muttafaqun alayh.
684-hadis. Zaif. Daylamiy rivoyat qilgan.
685-hadis. Muttafaqun alayh.
686-hadis. Hasan. Ahmad, Tabaroniy rivoyat qilgan.
687-hadis. Zaif. Daylamiy rivoyat qildilar. “Kashful xofa”ga qarang. Hadisning oxirgi jumlasi sahih deb hisoblanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |