ham, oxiratda ham ustivor so‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur”, ya’ni
uni haq so‘z – “La ilaha illalloh” bilan quvatllantiradi, va “zolimlarni
adashtiradi” (Ibrohim, 27), ya’ni kofirlarni haq so‘zni aytishga muvaffaq qilmaydi. Agar
kofir va munofiq qabrga kirsa, ikki farishta so‘raydi: “Rabbing kim?” “Dining nima?”
“Payg‘ambaring kim?” Aytadi: “Bilmayman”. Ikki farishta: “Bilmaysan”, deb katta gurzi
blilan urishadi, uning dodlagan ovozini g‘arb va sharq orasidagi hamma narsa eshitadi,
faqat insonlar va jinlar eshitmaydi”.
39. Abu Hasan ibn Umardan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi:
“Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Nima qilgaysan, ey Umar, agar sening oldinga ikki
farishta – Munkar-Nakir kelishsa, ikkovi qop-qora, ko‘zlari ko‘k bo‘lsa, tishlari bilan yerni
o‘yib kelsa. Ikkovlarining ovozlari qattiq momaqaldiroqday bo‘lsa, ko‘zlari chaqmoqday
bo‘lsa?” Umar roziyallohu anhu aytdilar. “Ey Allohning Rasulli, mening ahlim bo‘ladimi,
xuddi men bu kunda bo‘lganimdek?” Rasululloh: “Ha”, dedilar. Umar roziyallohu anhu
aytdi: “Unday bo‘lsa, ikkoviga ham kifoya qilurman, Allohning izni bilan”. Payg‘ambar
(s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Umar muvaffaq qilinadi”.
40. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi:
“Inson vafot etgandan keyin uning ovozini barcha hayvonlar eshitadi, faqat insonlar
eshitmaydi. Agar eshitsa, albatta, xuddi yashin urgandek bo‘lib hushidan ketadi. Uni
qabriga olib borishadi. Agar u solih bo‘lsa, meni tezroq olib boringlar, mening oldimdagi
yaxshilikni bilganlaringda edi, meni tez yetkazar edilaring, deb aytadi. Va agar yomon
bo‘lsa, men uchun shoshilmanglar, agar mening oldimdagi yomon ishlarni bilsalaring edi,
hech qachon shoshilmas edinglar”, deb aytadi.
Qabriga qo‘yilgach, qora, ko‘k ko‘zli ikki farishta keladi. Uning oldiga boshi tomonidan
kelishadi. Namozi aytadi: “Men tomondan kelmagin, bu kishi ko‘pincha kechasi mana bu
joydan qo‘rqib, saharlari turib chiqar edi”. Keyin ikki oyog‘i tomondan kelishadi, ota-
onasiga qilgan yaxshiligi kelib aytadi: “Biz tomondan kelmagin, bu oyoqlari bilan xizmat
qilib yurar edi, mana shu joydan qo‘qqan holda”. So‘ngra o‘ng tomonidan kelishadi,
bergan sadaqalari aytadiki: “Men tomondan kelmagin, mana shu joydan qo‘rqqan holda
sadaqalar berar edi”. So‘ngra chap tomonidan kelishadi. Ro‘zasi aytadiki: “Men
tomondan kelmanglar. Albatta, u chanqoq, och yurar edi, mana shu joydan qo‘rqqan-
saqlangan holda”.
So‘ngra uni uxlagan odamni uyg‘otgandek uyg‘otib aytishar ekan: “Aytgan gapini
so‘zlagan kishi uchun nima deysan?” Aytadi: “U Allohning elchisi Muhammaddir (s.a.v.).
So‘ngra aytadi: “Shohidlik beraman, albatta, u Allohning rasulidir”. Keyin ikki farishta
aytarkan: “Mo‘min bo‘lib yashading, mo‘min bo‘lib o‘lding”. Va uning qabri kengayadi va
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |