Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/628
Sana21.07.2021
Hajmi1,37 Mb.
#125298
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   628
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
207
yetti yuz barobar savob beriladigan amal, yana shunday amal borki, uni qiluvchining 
savobini faqat Alloh biladi. 
 
Savobi o‘zi barobaricha beriladigan amal; kishi gunoh qilsa, unga bitta gunoh yoziladi va 
yaxshilikni qasd etsayu, uni qila olmasa, bitta yaxshilik yoziladi. Ikki mislicha beriladigan 
amal; kishi bir yaxshilikni qilsa, unga ziyodasi bilan savob yoziladi. Vojib qiluvchi amal
kim Allohning o‘zigagina ibodat qilsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Kim Allohga Undan 
o‘zgaga ibodat etgan holda yo‘liqsa, unga do‘zax vojib bo‘ladi. O‘n barobar savob 
beriladigan amal; kishi bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar ajr beriladi. Yetti yuz 
barobar savob beriladigan amal: Kim Alloh yo‘lida biron amal qilsa yoki infoq-ehson 
bersa, amaliga yetti yuz barobarida ajr beriladi. Ajru savobini Allohdan o‘zga 
bilmaydigan amal esa, ro‘zadir". 
 
480. Abu Cadaqa Yamoniy aytadilar: Hazrati Bilol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
oldilariga kirganlarida u kishi ovqatlanayotgan edilar. Shunda u zot sollallohu alayhi 
vasallam: "Ey Bilol, ovqatga, ovqatga", dedilar. Bilol (r.a.): "Ey Allohning elchisi, men 
ro‘zadorman", deb javob qildilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bizlar 
rizqimizni yeyapmiz. Bilol esa, jannatda rizqlanadi. Agar ro‘za tutgan kishi 
ovqatlanayotgan kishilar oldida o‘tirsa, uning a’zolari unga tasbeh aytadi. Maloikalar 
unga duo qiladi va: "Ey Parvardigor, uni kechirgin, ey Parvardigor, unga shu o‘tirishida 
rahm qilgin", deydi". 
 
Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar: "Dengizda ketayotib, to‘lqinlarga duch keldik, keyin 
yelkanlarni ko‘tardik. Biror orol yo jonzotni ko‘rmas edik, shu vaqt bir nido keldi: "Ey 
kema ahli, to‘xtanglar, sizlarga xabar beraman", dedi. Biz yurishda davom etdik, lekin 
hech narsani ko‘rmasdik. Yetti marta shunday nido keldi. Yettinchi martasida o‘rnimdan 
turib: "Ey sen, bizning holatimizni ko‘rib turibsan, to‘xtashga qodir bo‘la olmayapmiz. 
Bizlarga xabar bermoqchi bo‘lgan narsangning xabarini beraver", dedim. U aytdi: "Ogoh 
bo‘linglar, sizlarga Allohning hukmi haqida xabar beraman. Alloh taolo o‘zini nafsiga 
hukm qildiki, issiq kunda chanqagan (ro‘za tutgan) bandani Alloh taolo qiyomat kunida 
suvga qondiradi". 
 
Ibn Muborak ham Abu Muso Asha’riydan shunga o‘xshash rivoyatni keltirganlar va unga 
ushbu so‘zlarni qo‘shimcha etganlar: "Abu Muso qattiq issiq kunlar kelishini kutib 
turardilar, qachon issiq kuchaysa, ro‘za tutardilar". 
 
481. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Olti xislat yaxshilikdir: Allohning 
dushmaniga qilich bilan harakat qilmoq, yoz oyida ro‘za tutmoq, musibat vaqtida chiroyli 
sabr qilmoq, haq bo‘lsa-da, tortishishni tark etmoq, bulutli kunda namozni vaqtli 
o‘qimoq, (yoki yoz kunida, dedilar), qish kunlarida tahoratni komil qilmoq". 
 
Abu Dardodan (r.a.) naql qilinadi: "Uch narsa bo‘lmasa edi, o‘lishimga parvo etmasdim. 
1. Allohga sajda qilganda tuproqdan yuzimda belgilar qolishi. 
2. Uzun kunda ro‘za tutish. 
3. Yaxshi xurmoni tanlab yeganlari kabi, yaxshi so‘zlarni ham tanlab gapiradigan qavm 
bilan o‘tirish". 
 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   628




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish