www.ziyouz.com kutubxonasi
93
XVI BOB. YOLG‘ONDAN QAYTARISH
196. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin,
Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “O‘zlaringga to‘g‘riso‘zlikni (sidqni) lozim
tutinglar. Chunki to‘g‘ri so‘zlik yaxshilikka yo‘llaydi va yaxshilik jannatga yo‘llaydi. Kishi
to‘g‘ri gapirishlikda davomli bo‘lsa va to‘g‘rilikni qasd qilsa, Alloh nazdida siddiq deb
nomlanadi. Yolg‘onchilikdan saqlaninglar! Chunki yolg‘onchilik fujur ishlarga yo‘llaydi va
fujur jahannamga yo‘llaydi. Kishi yolg‘on gapirishlikda davom etsa va yolg‘onchilikni
qasd qilsa, Alloh nazdida yolg‘onchi deb nomlanadi”.
197. Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Munofiqni uch narsa bilan sinab
ko‘ringlar: gapirsa, yolg‘on gapiradi, va’da bersa, xilof qiladi va ahdlashsa buzadi”.
Abdulloh, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Alloh taolo uni tasdiqlab mana bu oyatni nozil
qildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |