www.ziyouz.com kutubxonasi
384
Avvalo, bu xayrli ishga bizni sababchi qilgan Alloh taologa shukrlar qilamiz, asarning
nashrdan chiqib tarqalishida xizmatlari singan birodarlarimizga minnatdorlik bildiramiz,
undan nafslariga manfaat olgan, ilmlarini ziyoda etgan barcha o‘quvchilarimizga Alloh
taolodan ofiyat va dunyoyu oxirat yaxshiligini tilaymiz.
Biz musulmonlar ajdodlarimiz merosidan uzoq vaqt mahrum yashadik. Dinimizga qarshi
qilich qayragan kunlarda xalqimizning qo‘lidagi barcha kitoblar tortib olindi,
kutubxonalardan chiqarib tashlandi. Dunyoning hikmatini jamlagan asarlar, hatto tilga
olinmaydigan darajada unutildi, unuttirildi...
Alhamdulillahki, bugun yana ulug‘ merosimizni tiklash, unga egalik qilish imkoniyatimiz
bor. Shu imkoniyat orasida Qur’oni karim ma’nolarining tarjimalari amalga oshirildi,
Imom Buxoriyning hadislar to‘plami ona tilimizga o‘girildi, mazhabimiz fiqhiga oid bir
qancha asarlar tarjimasi qo‘limizda turibdi. Yana qancha katta-kichik ishlar amalga
oshirilmoqda. Ushbu “Tanbehul-g‘ofiliyn” kitobining tarjima etilib, nashr qilinishi ham
ma’naviy merosimizni xalqimizga qaytarish yo‘lidagi bir harakatdir. Ammo hali
bajariladigan ishlar, tajima qilib, xalqimiz qo‘liga taqdim etilishi zarur bo‘lgan asarlar
juda ko‘p. Ajdodlarimiz qoldirgan mashhur, lekin biz bilmagan, tanimagan durdonalar
bor: masa lan, “Ihyou ulumiddin”ning hikmatlaridan hamon bebahramiz, ulug‘
ulamolarimiz tomonidan Qur’oni karimga bitilgan tafsirlarni, Imom Buxoriyning
hadislariga yozilgan sharhlarni o‘qigimiz keladi, “Sahih Muslim”, uning sharhlari, Ibn
Kasirning tafsiriyu tarixlari tarjiymonlarini kutib yotibdi. Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy,
Zamaxshariy, Kurtubiy, Ibn Muborak, Nadaviy kabi allomalarning asarlari ham Islom
olamining qimmatli manbalari sanaladi. Ularni xalqqa yetkazadigan qo‘l kerak, himmat
kerak. Alloh nasib etsa, bu durdona asarlar ham o‘zbek tilida milyonlab o‘quvchilarini
topajak.
“Tanbehul g‘ofiliyn” asarining birinchi kitobi chiqqaniga ham uch yilcha vaqt o‘tdi. Shu
davr mobaynida u xalqimiz tomonidan sevib, qo‘lma-qo‘l bo‘lib o‘qildi. Hikoyatlaridan,
pand-nasihatlaridan ta’sirlanganlar ko‘p bo‘ldi. Asarning bunday muvaffaqiyati, tabiiyki,
muallifning xizmatlari bilan baholanadi.
Faqih Abu Lays Samarqandiy hazratlari bu kitobni g‘ofillarga tanbeh berish uchun, ularni
g‘aflat uyqusidan uyg‘otish, hayot, deb atalmish bu qisqagina muddatning orqa-oldi
borligini eslatish, undan narida insonni nimalar kutayotganidan ogoh etish uchun
yozganlari sarlavhaning o‘zidanoq ko‘rinib turibdi. Muallif o‘quvchini asta-sekinlik bilan,
tadrijiy ravishda jiddiylik sari yetaklaydi. Dastlab ixlosni tushuntiradi, so‘ngra o‘limdan,
qiyomatning inson boshiga tushajak hodisalaridan ogoh etadi, gunohlardan qaytishga –
tavbaga chaqiradi, yolg‘on, g‘iybat, xamr ichish, chaqimchilik, kibr, hasad kabi illat-
nuqsonlardan xoli bo‘lishga chorlaydi. Yomon xislatlar bayon etilganidan keyin ibodat
haqida so‘z ketadi. Tahorat, namoz, ro‘za, zakot, hajning fazilatlari tushuntiriladi, sabr,
taqvo, jasurlik, xayr-ehson kabi insonga ziynat xislatlar bayon etiladi. Xullas, muallif
g‘aflatda yotgan dilni tergab-tergab, turtib-turtib, musulmonchilikka o‘rgatadi.
Oyat-hadis, hikmatli so‘zlar va pand-nasihatlarning mavzular bo‘yicha bob-bob qilib
ajratilgani, asarni o‘qishli va ta’sirchan qilgan. Shuning uchun ham bu kitob arab
davlatlarida xaligacha qayta-qayta nashr etilib kelinmoqda. Hatto, Misrda uni bir
vaqtning o‘zida bir nechta nashriyot bir necha xil muqovalarda chop etganiga guvoh
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |