Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
313
“Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob
qilurman” (G‘ofir, 60-oyat), deb va’da berdi”.
Aytishlaricha, Alloh taolo musulmon ummatini beshta narsa bilan ikrom qilgan:
1. Kibrlanmaslik uchun ularni zaif qilib yaratdi.
2. Ovqat, ichimlik va kiyimga bemalol bo‘lsin, deb ularni kichkina qildi.
3. Gunohlari kam bo‘lsin uchun umrlarini qisqa qildi.
4. Hisob-kitoblari qiyomatda oson bo‘lsin uchun ularni kambag‘al qilib yaratdi.
5. Qabrlarida kamroq yotsin, deb ularni oxirgilardan qildi.
Zikr qilinishicha, Odam (alayhissalom) aytganlar: “Alloh taolo Muhammadning (s.a.v.)
ummatiga menga bermagan to‘rtta mukarramlikni beradi:
1. Mening tavbam Makkada qabul bo‘ldi. Muhammadning (s.a.v.) ummati qaerda tavba
qilsa, Alloh qabul qiladi.
2. Men kiyimda edim, gunoh qilganimdan keyin yalang‘och holga tushdim.
Muhammadning (s.a.v.) ummati esa, yalang‘och holda gunoh qiladi, so‘ngra Alloh ularni
kiyintirib qo‘yadi.
3. Gunoh qilganimda men va xotinim orasini ajratdi. Muhammad (s.a.v.) ummati gunoh
qiladi, lekin ular bilan xotinlari orasini ajratmaydi.
4. Men jannatda gunoh qildim va meni u yerdan chiqardi. Muhammad (s.a.v.) ummati
jannatdan tashqarida gunoh qiladi. So‘ngra tavba qilib, unga kiradi”.
809. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bilan muhojiru
ansorlar birga o‘tirgan edik. Shu vaqt yahudiylardan bir jamoa keldi. “Ey Muhammad, –
deyishdi ular, – bizlar sendan Alloh taolo Muso ibn Imronga bergan, payg‘ambar va
muqarrab farishtalaridan boshqa hech kimga berilmagan kalimalar haqida so‘raymiz”.
Payg‘ambar (s.a.v.): “So‘ranglar-chi”, dedilar. “Bizga ummatinga Alloh farz qilgan besh
vaqt namozning xabarini ber”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Quyosh zavolga
ketib, peshin namozi vaqti kirsa, hamma narsa Parvardigoriga tasbeh aytadi. Asr namozi
vaqtidagi bir soatda Odam (alayhissalom) daraxtdan yedi. Shom namozidagi bir soatda
Alloh taolo Odamning (alayhissalom) tavbasini qabul qildi. Qaysi mo‘min bu namozni
chin ko‘ngildan o‘qisa, keyin Allohdan bir narsani so‘rasa, Alloh u narsani unga beradi.
Xufton namozini mendan oldingi payg‘ambarlar ham o‘qigan. Bomdod namozi, esa
quyosh u vaqtda shaytonning ikki shoxi orasidan chiqadi va hamma kofirlar Allohni
qo‘yib, unga sig‘inadi”.
Yahudiylar: “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad, endi namoz o‘qiganga qanday savob
borligining xabarini ber”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Peshin namozi vaqtida
jahannam qizdiriladi. Qaysi mo‘min bu namozni o‘qisa, Alloh taolo qiyomat kuni
jahannamning shiddatli, issiq shamollarini unga harom qiladi. Asr namozini o‘qisa, Alloh
taolo uni onasidan tug‘ilgandek gunohlaridan poklab qo‘yadi”. So‘ng bu oyatni o‘qidilar:
Do'stlaringiz bilan baham: