www.ziyouz.com kutubxonasi
264
Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qaysi bir ta’lim oluvchi olimning
eshigiga kelsa, Alloh taolo uning har bir qadamiga bir yillik ibodatni yozadi va har bir
qadamiga jannatda bir bino barpo qilinadi. Yerda yursa, unga istig‘for so‘rashadi.
Kechasi va kunduzda gunohlari kechirilgan holda bo‘ladi. Unga maloikalar guvohlik
beradilar va: "Ana ular Allohning do‘zaxdan ozod qilgan bandalaridir", deb aytadilar".
670. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. U zot sollallohu alayhi
vasallam masjidga kirib, u yerda ikki majlisni ko‘rdilar, bittasi Allohni zikr qilayotgan,
ikkinchisi fiqhdan ta’lim olayotgan edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Ikki majlis ham yaxshilikdadir, ammo bittasi ikkinchisidan afzalroq. Ana ular Allohga
duo qilishyapti, Alloh xohlasa, ularga beradi, xohlasa, man’ qiladi. Ana ular esa, ilm
o‘rganishyapti va bilmaganga o‘rgatishyapti. Men ham muallim qilib yuborilganman va
bular afzalroqdir". So‘ng (ta’lim olayotganlar) bilan o‘tirdilar.
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Bir masalani o‘rganmog‘im menga kechasi turib ibodat
qilishdan yaxshidir".
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Sizlar amal qilish zamonidasizlar, bunda amal qilish ilm
olishdan yaxshidir, yaqinda ilm zamoni keladi, ilm unda amaldan afzal bo‘ladi".
671. Said ibn Musayyab Abu Said Xudriydan, u zot (r.a.) Nabiy sollallohu alayhi
vasallamdan rivoyat qiladilar. Sarvari Olam sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Yer
yuzidagi amallarning afzali uchtadir. Ilm olish, jahd va kasb qilish, chunki ilm tolibi
Allohning habibi, g‘oziy Allohning avliyosi va kasb qiluvchi Allohning do‘stidir".
672. Abbon Anas ibn Molikdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan
rivoyat qiladilar. Aytdilar: "Kim ilmni Allohdan boshqasi uchun talab qilsa, dunyodan
ketmasdan unga shunday ilm keladiki, u Alloh uchun bo‘lib qoladi. Kim ilmni Alloh uchun
talab qilsa, kunduzlari ro‘zador, kechalari qoim kishi kabidir. Albatta, ilm olinadigan
eshik Qubays tog‘idek tilloni Alloh yo‘lida infoq qilishdan yaxshidir".
Abdulloh ibn Muborakdan so‘rashdi: "Kishi qachongacha ilmni o‘rgangani yaxshi?" "Unga
johillik yomon ko‘rinib, ilm olish yoqimli bo‘lgunicha".
Ibn Muborakdan (rahmatullohi alayh) hikoya qilinadi. U kishiga o‘lim yaqinlashgan edi.
Oldilarida bir odam yozib o‘tirardi. U zotga: "Shu holatda ilm yozyapsiz?" deyishdi.
Aytdilar: "Ehtimol, hozirgacha bilmaganim bir kalima menga foyda berib qolar".
673. Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: "Ilmni ta’lim olinglar, chunki ta’lim olish Allohdan
qo‘rqish, uni talab qilish ibodat, muzokarasi tasbeh, bilmagan kishiga o‘rgatish sadaqa,
uni ahliga sarflash qurbatdir (Allohga yaqinlik). Chunki ilm jannat ahllarining manzillari
sari yo‘ldir. U tanho paytida hamroh, safarda sohib, xilvatda suhbatdosh, sirlarda dalil,
qiyinchiliklarda yordamchi, bezaklar oldida ziynat beruvchi, dushmanlarga qarshi
quroldir. U bilan Alloh qavmlarni yuksaltiradi, demak, ular yaxshi ishlarda imom,
yo‘lboshlovchilik qiladi. Ularning izidan boshqalar ergashadi, amallariga iqtido etadi va
maloikalar ularning sifatlarini targ‘ib qiladi, ularni qanotlari bilan silaydi. Tolibi ilmga bor
ho‘lu quruq va dengizdagi baliqlar, yerdagi hasharotlar, quruqligu suvdagi vahshiylar,
hayvonlar salovot o‘qiydilar. Chunki ilm qalblarni jaholatdan tiriltiradi, qorong‘ulikda
ko‘zlarning chirog‘i, zaiflikda badanlarga quvvat, u bilan abrorlar va ahrorlar manziliga
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |