Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/628
Sana21.07.2021
Hajmi1,37 Mb.
#125298
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   628
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
204
 
472. Abdulloh ibn Mas’ud Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: 
"Alloh taolo kunlardan to‘rttasini, oylardan to‘rttasini, ayollardan to‘rttasini, jannatga 
oldin kiruvchilardan to‘rttasini va jannat mushtoq bo‘lganlardan to‘rttasini tanladi. 
 
Tanlangan kunlar: 
1. Jum’a kuni. U kunda bir soat borki, banda Alloh taolodan dunyo va oxirat ishlaridan 
nimani so‘rasa, beradi. 
2. Arafa kuni. U kunda Alloh taolo maloikalarga faxrlanib aytadi: "Ey maloikalarim, 
bandalarimga qaranglar, ular sochlari to‘zg‘igan, chang holatda kelyapti. Ular mollarini 
infoq qildilar, badanlari charchadi, shohid bo‘linglar, Men ularning gunohlarini 
kechirdim". 
3. Qurbonlik kuni. Bu kun kelib, banda so‘ymoqchi bo‘lgan qurbonlig‘iga yaqinlashsa, 
birinchi oqqan qatra qon bandaning o‘tgan gunohlariga kafforat bo‘ladi. 
4. Iyd kuni. Ramazon oyida ro‘za tutganlaridan keyin ular bayramlarga chiqishadi. Alloh 
taolo maloikalarga aytadi: "Ey farishtalarim, har bir amal qiluvchi ajrini talab etadi. 
Bandalarim ro‘za tutdi va bayramlariga chiqdi, ajrlarini Mendan so‘radi. Guvoh bo‘linglar, 
Men ularni kechirdim". Keyin nido qiluvchi nido qiladi: "Ey Muhammad sollallohu alayhi 
vasallamning ummati, qaytinglar, yomonliklaringizni yaxshilikka aylantirdim". 
 
Tanlangan oylar: Allohning oyi – rajab va uchta ketma-ket keluvchi – zulqa’da, zulhijja, 
muharram oylari. 
 
Tanlangan ayollar: Maryam binti Imron, Allohga va payg‘ambariga imon keltirgan 
birinchi ayol Xadicha binti Xuvaylid, Fir’avnning xotini Osiyo binti Muzohim va jannat 
ayollarining sayyidasi Fotima binti Muhammad. 
 
Tanlangan jannatga birinchi kiruvchilar: Har bir qavmning jannatga birinchi kiradigan 
kishisi bordir. Arablardan Muhammad sollallohu alayhi vasallam, forslardan Salmon, 
Rumdan Suhayb va habashlardan Bilol. 
 
Jannat mushtoq bo‘lgan kishilar: Amirul-mo‘minin Ali ibn Abu Tolib (r.a.), Salmon, 
Ammor ibn Yosir va Miqdod ibn Asvad (r.a.)". 
 
473. Solim ibn Abu Ja’ddan rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Fotimaga: 
"Qurbonlik qilayotgan narsang oldida unga qarab tur. Albatta, Alloh taolo gunohlaringni 
birinchi qon tomchisi tomishi bilan ko‘taradi", dedilar. Imron ibn Husayn: "Bu sizga va 
ahlingizga xosmi, ey Rasululloh, yoki hamma musulmonlargami?" deb so‘radi. "Hamma 
musulmonlarga", dedilar sollallohu alayhi vasallam. 
 
474. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qurbonlik 
qilinglar va u bilan xursand bo‘linglar. Kim qurbonligini qurbonlik qiladigan joyga olib 
borsa, uni qiblaga qaratsa, qiyomat kuni shoxi, qorin ichidagilari, qon va junlari, 
tezaklari keltiriladi. Qon agar tuproqqa tushsa, go‘yo Allohning oldiga tushgandekdir. 
Yengilgina infoq qilib ko‘p mukofot olinglar", dedilar". 
 
________________ 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   628




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish