www.ziyouz.com kutubxonasi
180
401. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Musulmon kishi musulmonning uyiga faqat uning ruxsati bilan kirishi haloldir. Agar
qarasa, xarob qilibdi va xarob qilsa, ahdni buzibdi. Musulmonga hojati tang qilib turgan
paytda, bo‘shanmaguncha namoz o‘qimog‘i halol emas. Musulmon kishiga qavmning
ruxsatisiz imomlik qilmog‘i halol emas, agar imomlik qilsa, qavmning namozi qabul
bo‘lib, uniki marduddir. Imom o‘zigagina duo qilmaydi, agar qilsa, qavmga xiyonat
qilgan bo‘ladi".
402. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Agar odamlar azonda va birinchi
safda bo‘ladigan savobni bilganlarida edi, ikkovini qur’a tashlab talashardilar. Agar ular
issiq vaqtdagi ibodat savobini bilganlarida edi, unda musobaqalashgan bo‘lardilar. Agar
xufton va bomdod namoziga kelishning savobini bilganlarida edi, emaklab bo‘lsa ham
kelardilar".
403. Zahhok aytadilar: "Abdulloh ibn Zayd azonni tushida ko‘rdi va Bilolga o‘rgatdi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Bilolga tepaga chiqib azon aytishni buyurdilar.
Azonni boshlaganida Madinada qattiq larza eshitildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam: "Bu larza nimaligini bilasizlarmi?" dedilar. "Alloh va rasuli biladi", deyishdi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bilolning azoni sabab Rabbingiz osmon
eshiklariga buyurdi, arshgacha bo‘lgan darvozalar ochildi". Abu Bakr so‘radilarki: "Bu hol
Bilolning o‘ziga xosmi yoki hamma mo‘minlargami?" Aytdilar: "Mo‘minlarning hammasi
uchun. Albatta, muazzinlarning ruhi shahidlarning ruhi bilan birgadir. Qiyomat kunida
chaqiruvchi: "Muazzinlar qaerda?" deb nido qiladi va ular kofur va mushkdan* bo‘lgan
tepalikda qoim bo‘ladilar".
404. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Besh toifaning namozi namoz
emas: Eriga g‘azabli xotinning; xo‘jayinidan qochib ketgan qulning, to qaytgunicha;
birodaridan uch kundan ko‘p arazlashgan kishining; doimiy aroq ichuvchining; odamlar
yomon ko‘rsa-da, imomlik qilaveradigan kishining".
Faqih aytadilar: Odamlarning yomon ko‘rishi ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, agar jamoatda
undan boshqasi yoki ilmlirog‘i bo‘la turib, namozni fosid qilgani yoki xato qiroat qilgani
uchun yomon ko‘rsalar, shu yomon ko‘rishlari haqiqiy yomon ko‘rishdir. Bu holda
imomning qavmga imomlik qilishi makruhdir. Agar qavmning yomon ko‘rishi uning
qilayotgan amru ma’rufi tufayli yoki hasad sababli bo‘lsa va jamoatda undan bilimliroq
bo‘lmasa, odamlarni yomon ko‘rishlari botildir va imom imomligini qilaveradi, gaplariga
e’tibor bermaydi.
405. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: "Haq olmasdan azon aytuvchilar qiyomat kunida qabrlaridan azon
aytgan hollarida chiqadi. Haq olmaydigan muazzinning ovozini eshitgan hamma narsa –
tosh, daraxt, ho‘l-u quruq – hammasi guvohlik beradi. Uni Alloh taolo ovozi yetgan
darajada mag‘firat qiladi va unga azoniga kelib namoz o‘qiganlar adadicha savob yozadi.
Alloh takbir va azon orasida so‘ragan narsasini beradi. Uni yo dunyoda beradi, yoki
oxiratga zaxira qilib qo‘yadi, yoxud undan yomonlikni ketkazadi. Qiyomat kunida jannat
kiyimi birinchi bo‘lib Ibrohimga (a.s.), keyin Muhammadga (a.s.) kiygiziladi. (Boshqa bir
rivoyatda avval Muhammad (a.s.), keyin Ibrohimga (a.s.), keyin rasullar va nabiylarga
(alayhissolatu vassalom) deyilgan). Keyin savob umidida azon aytgan muazzinlarga.
Ularni maloikalar qizil yoqut bilan bezatilgan ulovlarda ko‘tib oladilar. Keyin ulardan har
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |