365. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Hasandan
(r.a.) rivoyat qilindi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Besh vaqt
namozning misoli eshiklaringiz oldidan oqib o‘tayotgan suvi ko‘p daryo kabidir. Unda har
kuni besh marotaba yuvingan odamning tanasida kir qoladimi?"
Ya’ni, besh vaqt namoz kishini gunohlardan poklaydi, kattalaridan boshqasi qolmaydi.
Bu ish faqat namozni ulug‘lab, ruku’larini, sajdalarini mukammal qilib o‘qisa. Mabodo
ruku’si, sajdasi tamomiga yetmasa, u namoz rad qilingaydir.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy