rejalashtirish axloqiy tarbiyaning samaradorligini oshiruvchi zarur shartlardan biridir.
Uzoq muddatga mo‘ljallab tuzilgan reja bo‘lmasa, tuzukroq ishlab ham bo‘lmaydi.
Tarbiyaviy ishlar rejasining asosiy vazifasi ta’lim-tarbiya tadbirlarini ma’lum bir
tizimga keltirish, aniq maqsadga yo‘naltirish, tarbiya-viy jarayonda izchillik, uzviylik
va ketma-ketlikni ta’minlash, o‘quv-metodik ishlar, ilmiy tadqiqot va tarbiyaviy
tadbirlar o‘rtasidagi uzilishni bartaraf etish, talabalarni tarbiyalash sohasida ilg‘or
78
tajribalarni umumlashtirishdan iborat. Majmuali xarakterdagi istiqbolli reja
talabalarga axloqiy tarbiya berishning aniq yo‘l va vositalarini ham ko‘rsatadi.
Samarqand davlat universitetida biz o‘tkazgan kuzatishlar hamda boshqa oliy
o‘quv yurtlarining tajribasi shuni ko‘rsatib turibdiki, tarbiyaviy ishlar dasturi va
istiqbolli rejalarni joriy etish natijasida tarbiyaviy ishlar izchil tarzda bajariladigan
bo‘ldi. Natijada talabalarning dars o‘zlashtirishi yil sayin yaxshilanib, tartib-intizom
mustahkamlanib bormoqda. Jamoat ishlariga faol jalb etilayotgan talabalarning soni
muttasil ko‘payib, yigit-qizlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash sohasida
kafedralar, professor-o‘qituvchilarning faolligi tobora ortmoqda. O‘zbekistondagi
pedagogika institutlari va universitetlarining talabalari har yili talabalarning ilmiy
ishlari sohasida o‘tkazilayotgan konkurslarda, olimpiada, tanlov va boshqa ishlarda,
sport musobaqalari va badiiy havaskorlik ko‘riklarida, otaliq ishlarida yaxshi
natijalarga erishmokdalar.
Ilmiy jihatdan asoslangan istiqbolli reja va dastur talabalarni axloqiy
tarbiyalash sohasidagi barcha ishlarning asosiy yo‘nalishlarini birlashtiradi, fakultet,
kafedra va jamoat tashkilotlarining talabalarini axloqiy shakllantirish sohasidagi
faoliyati uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Istiqbolli reja yoki tarbiyaviy ishlar dasturini ta’limning barcha yillariga
mo‘ljallab tuzish maqsadga muvofiq ekanligini oliy o‘quv yurtlarining tajribasi
ko‘rsatib turibdi. Istiqbolli rejalashtirish oliy maktabda amalga oshiriladigan ta’lim-
tarbiya ishlarining butun hajmini, ko‘lamini aniq tasavvur etishga, har bir kursda
bajariladigan aniq vazifalarni belgilab olishga imkon beradi.
Istiqbolli reja yoki dasturni oliy o‘quv yurtining barcha asosiy bo‘g‘inlari
ishtirok etishi zarur. Bu ishda, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedagogika va
psixologiya kafedralari faol qatnashadilar. Ular ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni va
yo‘nalishlarini istiqbolli reja asosida to‘g‘ri belgilab olishda boshqa kafedralarga,
murabbiylarga yordam berishlari darkor.
79
Istiqbolli reja yoki dasturda qo‘rsatilgan tarbiyaviy ishlar oliy maktabda o‘quv
jarayoni bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘lishi zarur. Bu faqat, ta’limning mazmuni
tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lishidangina iborat bo‘lmay, shu bilan birga, o‘qishdan
tashqari vaqtdagi tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish shakllari va vositalari ham talabalarga shu
davrda berilayotgan ta’limning xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi darkor.
Oliy maktabda talabalarni axloqiy tarbiyalashning asosiy yo‘nalishlaridan biri
bo‘lajak muallimlarda o‘qituvchi odobini shakllantirishdan iborat. Bu talabalarda
pedagogik kasbga muhabbatni o‘stirish, o‘qituvchi odobiga xos axloqiy tushunchalar,
xulqiy normalarni hosil qilishni nazarda tutadi.