Microsoft Word статистика лотин 14. doc


III  Mavzu: STATISTIK MA’LUMOTLARNI JAMLASH  VA



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/108
Sana21.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#394471
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

III  Mavzu: STATISTIK MA’LUMOTLARNI JAMLASH  VA 
GURUHLASH” 
 
           REJA: 
3.1. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash. 
3.2.  Statistik guruhlashning mohiyati, vazifalari va turlari  
3.3. Statistik jadvallarning tuzilishi, turlari va ularga qo‘yiladigan talablar. 
 
3.1. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash 
 
Statistik kuzatish natijasida o‘rganilayotgan xodisalarning har biri to‘g‘risida 
juda  ko‘p  ma’lumotlar  to‘planadi.  Lekin  bu  ma’lumotlar  biror  belgi  bo‘yicha 
tartibga  keltirilmaganligi  sababli  xodisalar  to‘g‘risida  umumiy  xulosalar  qilishga 
imkon  bermaydi.  Shuning  uchun  navbatdagi  vazifa-ma’lumotlarni  jamlash,  bir 
tizimga keltirish va qayta ishlashdir. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning 
ikkinchi  bosqichi  bo‘lib,  statistik  kuzatish  ma’lumotlarini  jamlash  va  guruhlash 
deb yuritiladi. 
 Statistikada jamlash tor va keng ma’noda tushiniladi. Tor ma’noda jamlash 
deganda   kuzatishdan olingan ma’lumotlarni biror belgisiga qarab guruhlamasdan, 
to‘plamning  umumiy  yig‘indisini  (yakunini)  hisoblanish  tushuniladi.  Masalan, 
Respublika bo‘yicha terilgan paxtaning umumiy miqdori, o‘rilgan g‘alla maydoni, 
institut bo‘yicha o‘qiydigan barcha talabalar soni va xokazo. 
Kuzatish  ma’lumotlarini  maxsus  dastur  asosida  muhim  belgilariga  qarab 
guruhlarga  ajratib  o‘rganish  keng  ma’noda  jamlashdir.    Masalan,  terilgan  paxtani 
qo‘lda  va  mashinada  terilgan  guruhlarga  ajratish,  talabalarni  kurslarga, 
mutaxassisliklarga,  kunduzgi  va  sirtqi  belgilari  bo‘yicha  guruhlarga  ajratib 
o‘rganish. 
Ma’lumotlarni 
jamlash-tashkil 
etilishiga 
qarab 
markazlashgan 
va 
markazlashmagan  jamlashlarga  bo‘linadi.  Markazlashgan  jamlashda  kuzatishdan 
olingan  barcha  ma’lumotlar  bir  joyda  to‘planadi,  hamda  qo‘yilgan  maqsad  va 
vazifaga qarab guruhlanadi va qayta ishlanadi. 
Markazlashmagan  jamlashda  boshlang‘ich  kuzatish  ma’lumotlari  dastlab 
joylarda  (tuman,  viloyat)  statistika  organlarida  qayta  ishlanadi,  keyinchalik 
markazga - Davlat statistika organlariga yuboriladi. Har ikkala usulning ham salbiy 
va  ijobiy  tamonlari  mavjud.  Ma’lumotlarni  markazlashtirilgan  tarzda  qayta 
ishlanganda,  hozirgi  yuqori  unumli  texnikadan  samarali  foydalanish,  hamda 
yagona  uslubiy  yandoshishga  imkon  yaratadi,  lekin  mahalliy,  xududiy 
ko‘rsatkichlarni  hisoblash  cheklanadi,  kuzatish  ma’lumotlarini  taqqoslash, 
tekshirish uchun qiyinchilik tug‘uladi. 
Markazlashtirilmagan 
jamlashda 
kuzatish 
xatolarini 
to‘g‘rilash 
yengillashadi,  xududiy    ko‘rsatkichlar  hisoblanadi,  lekin  kuzatish  materiallari 
tarqoq  holda  bo‘ladi.  Amaliyotda  kuzatishning  maqsad  va  vazifalaridan  kelib 
chiqib, har ikkala usuldagi jamlash qo‘llanadi. 
Kuzatish  ma’lumotlarini  to‘plash  va  qayta  ishlash  qo‘lda  yoki  mashinada 
bajarilishi  mumkin.  Qo‘lda  uncha  katta  bo‘lmagan  kuzatish  to‘plam  ma’lumotlari 


 
20 
yig‘iladi  va  qayta  ishlanadi.  Jamlash  qo‘lda  bajarilganda  ko‘p  mehnat  va  vaqt 
sarflanadi. 
Ma’lumotlarni yig‘ish va jamlash mashinada bajarilganda qisqa vaqt va kam 
mehnat    sarflanadi.  Hozirgi  sharoitda  Respublikamizda  barcha  statistika  organlari 
mikroEXMlar  bilan  ta’minlangan  va  statistik  ishlar  zamonaviy  kompyuterlar 
yordamida olib boriladi. 
  
 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish