Microsoft Word статистика лотин 14. doc


 Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va nazorat



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/108
Sana21.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#394471
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

2.4. Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va nazorat. 
Nazorat turlari. 
 
Statistik  kuzatish  tashkiliy  amaliyotda  to‘plangan  ma’lumotlar  to‘g‘ri  va 
aniqligini  nazorat  qilish  muhim  o‘rin  egallaydi.  Kuzatishning  hozirgi  davrda 
tashkil 
qilinishi 
olinadigan 
ma’lumotlarning 
ishonchliligi 
 
va 
ilmiy 
asoslanganligini  to‘liq  ta’minlaydi.  Lekin,  turli  sabablarga  ko‘ra  kuzatish 
formulyarlarida  noaniqliklar  va  xatolarga  yo‘l  qo‘yish  mumkin.  Shu,  sababli 
to‘plangan ma’lumotlar qayta ishlanishidan ilgari atroflicha tekshiriladi. 
Kuzatish  xatolari  turli  sabablarga  ko‘ra  yuzaga  keladi  va  u  qayd  qilish 
xatolariga hamda    reprezentativlik (vakillik) xatolariga bo‘linadi. 
Qayd  qilish  xatolari  yalpi  kuzatishda  ham,  qisman  kuzatishda  ham  yuzaga 
kelishi  mumkin.  Bu  xato  haqiqiy  ma’lumotlar  bilan  statistik  kuzatish  jarayonida 
qayd qilingan ma’lumotlar o‘rtasidagi farqdan iboratdir. 
Reprezentativlik  (vakillik)  xatosi  faqatgina  qisman  kuzatishga  xos  xato 
bo‘lib, tanlab olingan to‘plam bilan bosh to‘plam umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari 
o‘rtasidagi farq asosida yuzaga keladi. 


 
18 
Xato  tasodifiy  hamda  muntazam  xatoga  bo‘linadi.  Tasodiy  xato  tasodifiy 
sabablarga  ko‘ra  yuzaga  keladi.  Bu  qayd  qiluvchining  yoki  javob  beruvchining 
tasodifiy  adashuvi  natijasida  yoki  hisoblash  jarayonida  yo‘l  qo‘yilishi  mumkin 
bo‘lgan arifmetik xato asosida yuzaga keladi. 
Bunday  xatolar  ko‘rsatkichlarning  ko‘payishiga  yoki  kamayishiga  sabab 
bo‘lishi  mumkin.  Katta  miqdordagi  kuzatishlarda  natijaga  ta’sir  qilmasligi 
mumkin. 
Muntazam  xato  faqat  bir  tomonga,  ya’ni  kursatkichni  ko‘paytirish  yoki  uni 
kamaytirishga  qaratilgan  bo‘lishi  mumkin.  Bu  xatolar  o‘lchov  asboblarining 
noto‘g‘riligi hisobiga yoki yaxlitlashdagi xatolar hasobiga yuzaga keladi. 
Xato ataylab ham qilinishi mumkin, bu noto‘g‘ri ma’lumot bergan shaxslar 
aybi bilan sodir bo‘lishi mumkin. 
Ataylab  qilingan  xatoga  davlat  hisobotlarida  uchrashi  mumkin  bo‘lgan 
qo‘shib yozishlarni misol qilish mumkin. 
Statistik  kuzatishning  xatolarini  aniqlash  va  uni  bartaraf  qilishda  tashqi 
nazorat, mantiqiy  nazorat turlaridan foydalaniladi. 
Tashqi  nazoratda  formulyar  blankalardagi  savollarga  to‘liq  javob 
berilganligi aniqlaniladi. 
Mantiqiy  nazoratda  kuzatish  dasturining  alohida  savollariga  berilgan 
javoblarni mantiqan to‘g‘riligi tekshirib ko‘riladi. 
Arifmetik  nazorat  statistik  kuzatish  formulyarlarida  keltirilgan  bir  -  biriga 
bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarni tekshirishga qaratilgan.  
Statistik  kuzatish  ma’lumotlarini  nazorat  qilishda,  nafaqat  yo‘l  qo‘yilgan 
xatolarni  aniqlash,  balki  ularning  yuzaga  kelish  sabablarini  ham  aniqlash 
muhimdir. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
19 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish