Bekobod shahar
3-umumta’lim maktabining
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Aminova Munavvarning
Ona tili fanidan bir soatlik ochiq
DARS ISHLANMASI
Mavzu:
So’z yasovchi va so’zlarni o’zaro bog’lovchi
qo’shimchalar.
Maqsadlar:
Ta’limiy:
O’quvchilarning egallagan bilimlarini
mustahkamlash, ularni so’z yasovchi va so’zlarni o’zaro
bog’lovchi qo’shimchalarni bir-biridan farqlay olishga
o’rgatish. Bu qo’shimchalar ishtirokida gap va so’zlar
tuzish.
Tarbiyaviy:
O’quvchilarni hamkorlikda ishlashga
o’rgatish. Erkin va mantiqiy fikrlashga, o’z fikri orqali
guruhida o’z o’rnini tipishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi:
MUstaqillik,
ijodkorlik
qobiliyatini o’stirishga yordam berish.
Dars jihozi:
Darslik, testlar, rangli rasmlar,
qo’shimchalar yozilgan jadval, olyin qoida yozilgan
karton, tarqatma material.
Dars turi:
Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi:
savol-javob, ko’rgazmali o’yinlar.
Darsning borishi:
-
oltin qoidalar;
-
darsda faol bo’lish;
-
o’zaro hurmat;
-
o’zgalar fikrini qadrlash;
-
fikrini to’liq bayon etish;
-
yangiliklar sari intilish;
-
rag’batlantirish.
Dars shiori:
Ko’rkam bo’lsin yozuving,
Yozuvga ber bor mehring.
Go’zal husnixat buyuklardan qolgan merosdir.
Kim yozolsa chiroyli,
Ishi bo’lar unumli.
Go’zal bo’lsa husnixat,
Bu ham erur bir san’at.
Dars davomida qoidalarda bitilgan da’vatlarga amal
qilib boriladi.
Qaysi guruh qoidani buzsa, bahosi pasaytiriladi.
Plakatga yozilgan reja doskaga ilingan bo’ladi.
Aliakbar:
(o’quvchilarga qarab)
Bugun oddiy dars emas,
Balki sinov darsidir.
O’tib olsak sinovdan,
Bu hammadan yaxshidir.
O’qituvchi:
Qani ayting bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi.
Ushbu kuning hisobin,
Menga aytib beradi.
Sevinch:
Bugun hafta kuninig uchinchisi
bo’ladi, (yaxshilik farishtasi).
Alloh
ushbu kuniga katta nazar solibdi,
Yaxshilik farishtasi yer yuzida qolibdi.
Barcha yaxshi yumushlar ezgu niyat, orzular,
Ushbu kunning o’zida ijobat ham bo’libdi.
O’qituvchi:
Endi bolalar “O’zagingni top” o’yinini
o’ynaymiz.
4 ta o’quvchi chiqib paxta, gul, tuz, pul kabi
narsalarni oladi va bolalarga ko’rsatishadi. O’quvchilar
turli rangdagi qog’ozlarga yozilgan so’zlarni olib
o’zakdosh so’z hosil qilishadi.
Masalan: gul, gulli, gulsiz, gulchi, gulni, guldan,
gulla, gulning, gulag kabilardir.
Bolalar hammangiz darsda iloji boricha g’oliblikni
qo’lga kiritishga harakat qilasizlar deb ishonaman.
Darsimiz qanday dars ekan?
O’quvchilar:
Ona tili.
O’qituvchi:
Fanimizni qanday olqishlaymiz?
Bilag’onlar guruhi:
Shamol tegib ko’krakka,
O’zimizni tanidik.
Malham bo’lgan yurakka,
So’zimizni tanidik.
Zukkolar guruhi:
Jannatga atalgan yer – o’zbekniki,
Manglaydan oqqan ter-pok o’zbekniki.
Tangri farzandlari – yer o’zbekniki,
Senikidur, Jayxun, Sayxun,
Zarafshon-o’zbek, O’zbekiston.
Chaqqonlar guruhi:
O’zbekning bolasimiz,
Qirmizi lolasimiz.
Temuriylar avlodi,
Bobur sulolasimiz.
Epchillar guruhi:
So’zlashamiz biz bunda,
Bizning jonu-dilimiz.
O’zligimiz tanitgan,
Bizga ona tilimiz.
O’qituvchi:
Qani, aziz bolajonlar, o’tilgan “So’z
yasovchi
qo’shimchalar”
mavzusidan
nimani
o’rgandingiz? Nimani to’liq bildingiz? Bilimlaringizni
“Savatchani to’ldir” o’yini orqali sinab ko’raman.
Guruhlarga mevalar tarqatiladi, uning orqasidagi
savollarga javob berishadi. Mevalar ichida “omadli 5”
so’zi yozilgan bo’ladi. Kimga “baxtli tasodif” chiptasi
tushsa, o’quvchilar qarsak chaladi va omadli o’quvchi
rag’batlantiriladi.
Har bir guruhga so’zlar beriladi.
1-guruh:
suv, suvchi, suvsiz, suvli;
2-guruh:
gul, hulchi, gulsiz, gulla;
3-guruh:
bog’, bog’chi, bog’siz, bog’la;
4-guruh:
ish, ishchi, ishsiz, ishla.
Bu so’zlardan so’z yasovchi va so’zlarni o’zaro
bog’lovchi qo’shimchalar ishtirolida yangi so’zlar hosil
qiladi.
185-mashq.
O’qing. So’z yasovchi va so’zlarni
o’zaro bog’lovchi qo’shimchalarni topib, ular orasidagi
farqni ayting. Ko’chiring. So’z yasovchi va so’zlarni
o’zaro bog’lovchi qo’shimchalarni namunadagidek
belgilang.
Sutchidan, maktabga, sutchida, mazmunli,
gulchining, qayg’usiz yurakli, baliqchini, yordamchisiz,
navbatchiga, doirali, safga, uyda.
186-mashq.
Ajratib ko’rsatilgan so’zlarga so’z
yasovchi
va
so’zlarni
o’zaro
bog’lovchi
qo’shimchalardan mosini qo’shib gaplar tuzing.
1. Sutli ovqat kishiga foyda;
2. Xonaga nurli quyosh tushdi;
3. Suvchi tunda g’o’zani sug’ordi;
4. Maktabda, ko’chada ozoda yur.
“So’z ichida so’z o’yini”.
Har bir guruhga so’z beriladi, so’zlardan so’z
yasashadi.
Uyga vazifa.
So’z yasovchi va so’zlarni o’zaro bog’lovchi
qo’shimchalar yuzasidan mustaqil tayyorlanish va 187-
mashq ni shartiga ko’ra bajarish.
O’qituvchi:
Mana bugun hammangiz darsda faol ishtirok etishga
harakat
qildingiz.
Juda
xursandman.
Rahmat.
Ishonamanki, ertaga bundan ham chiroyli bo’lib darsga
tayyorlanib kelasizlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |