Misrlik ayol
(quddisa sirruho)
Imom Yofiyning “Tarix” asarida shayxlarning biridan shunday rivoyat qilinadi: “Bir ayol
Misr taraflarda bir yerda o‘ttiz yil yashadi, sovuq-issiqda u yerda turdi, bu o‘ttiz yil
mobaynida hech bir narsa yemadi, ichmadi”.
Misrlik boshqa bir ayol
(quddisa sirruho)
Yana Imom Yofiy “Ravdir-Riyoh” nomli kitobida shunday zikr qiladi: “Bu toifadan biri
hikoya qilgan: Misr yerida bir ayolni ko‘rdim. Yozu qish hayron va iztirobli, ikki oyoqda
tik turardi. Na kechasi o‘tirar va na kunduzi. Quyoshdan, yomg‘irdan saqlanadigan bir
boshpanasi ham yo‘q edi. Ilonlar, chayonlar atrofida o‘rmalab yurishardi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |