Obida soliha ayollar
Yuz tuman nopok erdin yaxshiroq
Pok ayol-xotunlarning oyoq izi.
Alisher Navoiy
Er kishilarning zuhdu taqvosi va tasavvufiy hayotiga doir batafsil ma’lumot beruvchi
manbalarda, afsuski, zohidona, obidona va so‘fiyona hayot kechirgan ayollar hayoti
haqida juda kam ma’lumot berilgan. Masalan, ilk avliyo tazkiranomasi hisoblangan
“Tabaqotus sufiyya” nomli asarda 103 er so‘fiy haqida so‘z yuritiladi, ammo bitta ham
ayol so‘fiy haqida gapirilmaydi. Imom Qushayriy, Qujviriy, Gulobodiy va hatto bir ayol
so‘fiy zikrini mustasno qilganimizda, Fariduddin Attor ham “Tabaqotus sufiyya” asari
muallifi Abu Abdurahmon As-Sulamiy kabi ayol avliyolar haqida so‘z yuritmaydi.
Tasavvufiy mavzular tadqiq qilingan asarlarni o‘rganar ekanmiz, deyarli faqat mutasavvif
so‘fiy (er kishi)larning so‘zlari, hollari, fikr-mulohazalari naql qilinadi. Bundan go‘yo ayol
kishini zuhd va tasavvuf hayotiga kiritmaslik zuhd va tasavvufning taqozosidir, degan
o‘y-xayolga borish ham mumkin. Ma’lum va mashhur Robiya Adaviyyadan bir majburiyat
va zarurat holidagina so‘z ochiladi va u haqda ham ko‘p so‘z yuritilmaydi. Aslida bu holat
Soliha ayollar. Bahriddin Umrzoq
Do'stlaringiz bilan baham: |