XOLXO’JA ESHON PARVOZI
Xolxo‘ja Eshon ham Ergashbek va Madaminbekka o‘xshab Sibirda ruslarning jabr zulmini,
chamamizda, ulardan ham ko‘proq tortganlardan edi, zero, uning ruslarga nafrati o‘la-o‘lguncha
kuchaysa-kuchaydiki, susaymadi. Uning uchun barcha ruslar: ular xoh jandarm bo‘lsin, xoh Sibirda
unga azob bergan jinoyatchilar bo‘lsin, xoh marja (o‘sha paytlarda bizda rus ayollarini shunday atashar
edilar) bo‘lsin, xoh oddiy mujik bo‘lsin, xoh bolshevik bo‘lsin, barobar edi. Shu tufayli uning janglari
ko‘proq aholisi ruslardan iborat hududlarda bo‘lib o‘tdi. Xolxo‘ja Eshon faoliyat ko‘rsatayotgan,
hozirgi paytda Janubiy Qirg‘iziston deb atalayotgan hududda, xususan Jalolobod, Moylisuv,
Ko‘kyong‘oq, Qurshobda rus aholisi istiqomat qiladigan katta-katta qishloqlar, qo‘rg‘on (posyolka)lar
bor edi. Jalolobod shahrining esa aksariyat aholisi ruslardan iborat bo‘lgan. Jalolobod va uning
atrofidagi ruslar yaxshi uyushgan jamoalar bo‘lib, ularning hatto o‘z armiyasi (o‘zini-o‘zi himoya
qilish dastalari) ham mavjud bo‘lgan. Jalolobodlik ruslar mahalliy aholi bilan ancha yaqin,
Mingtepadagiga o‘xshab mahalliy aholiga unchalik jabr o‘tkazmasalarda, Xolxo‘ja Eshon uchun ular
baribir “o‘ris kofir” hisoblanardi. Shu boisdan, 1919 yil bahori va yozida qo‘rboshilarning birlashgan
kuchlari O’sh, Jalolobodga hujum qilganlarida eng jonbozlik ko‘rsatgan qism Xolxo‘ja Eshon qo‘shini
bo‘ldi.
Yigitlari ko‘paya borib, 1919 yilga kelganda 3000 nafarga yetdi va vodiyda Ergashbekni hisobga
olmaganda, kuch jihatidan uchinchi yirik harbiy tashkilotga aylandi. Jalolobodning So‘zoq, Xonobod;
O’shning Aravon, Buloqboshi, Tuyaka kentlarida erishgan g‘alabalari uning obro‘sini yanada oshirdi.
1919 yil bahorida Baliqchida har uchala qo‘rboshining birlashgan kuchlari qizillar qurshovida qoldi.
Bu o‘sha yildagi eng yirik janglardan biri sifatida tarixga kirdi. Ozodlik kuchlari boshida katta talafot
berdilar. Qurshovdan chiqishning birdan-bir yo‘li botqoqlik edi. Madaminbekning buyrug‘i bilan
Xolxo‘ja Eshon qanday qilib bo‘lsada, botqoqlik orqali qurshovdan chiqib, dushmanga orqa tomondan
hujum qilish harakatiga tushdi. Botqoqdan chiqish yo‘lini, Sibirda bunday joylardan yuraverib pishib
ketgan Madaminbek va Xolxo‘ja Eshon bamaslahat hal etdilar. Yigitlarning bir qismi shu yerdagi
to‘qaydan shox-shabba to‘plashga qo‘yildi. Shox-shabba bog‘larini uzun, ingichka yog‘ochlar
vositasida bir-biriga ulab, katta to‘shamalar tayyorladilar, bu to‘shamalarni ham bir-biriga ulab, botqoq
ustiga yotqizdilar. Xolxo‘ja Eshon yigitlari tunda ushbu to‘shama ustidan o‘tib, qurshovni yorib
chiqdilar va qizillarni orqa tomonidan o‘rab oldilar. Bu tomonda ham qamishzor, sholikor va
baliqchilarning ko‘pgina kapalari bor ekan. Ko‘p o‘ylab o‘tirmay, o‘t qo‘ydirib yubordi. Qizillar bir
tomondan olov, bir tomondan ozodlik jangchilari qurshovida qoldilar, faqat shimol tomondagi yo‘l
ochiq edi. Ularning uddalaganlari shu yo‘l orqali qochib qoldilar, qolganlari asir tushdilar. Mo‘lgina
o‘lja: 700 ta beshotar miltiq, ikki kichik dala zambaragi, to‘rtta pulemyot, shunga yarasha o‘q-dori har
uch qo‘rboshi o‘rtalarida taqsimlandi. Asirlar masalasini hal qilishga kelganda Shermuhammadbek
yana Madaminbek bilan tortishib qolishini oldindan his etib, o‘z yigitlari bilan G’orbuvoga qaytib
ketdi. Bir yarim mingdan ziyod asirning uch yuzdan ortig‘i arman dashnoqlari ekan. Madaminbekning
yigitlari ichida dashnoqlarning mudhish qilmishlariga guvoh bo‘lganlar ham bor ekan. Ular qasd olish
payiga tushganlarida, Madaminbek ularni to‘xtatib, sabr qilishni buyurdi. Bu jangning qahramoni
Xolxo‘ja Eshonning katta qarshiligi, yalinib-yolvorishiga qaramay, dashnoqlardan boshqa barcha
asirlar qo‘yib yuborildi. Dashnoqlar esa sud qilindi. Aybnomani boyagi guvoh yigitlar o‘qidilar. Sud
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |