G’ORBUVO AFSONASI Roviylar andoq rivoyat qilurlarkim, Xo‘qand shahrida Xoja Pirmuhammad ismli bir qalandar
istiqomat qilur edi. O’zi maxdumzodalardan (Maxdumi A’zam avlodlaridan) bo‘lib, Allohga ishqi
nihoyatda otashin erdi, “Xu” (“Xu”—Allohning tasavvufdagi nomi) deganda dimog‘idan otash chiqur
edi. Samarqand Daxbedida tariqat yo‘lini o‘tab, irshodnoma ham olgan, tariqatda xalifalik darajasiga
yetgan. Xotuni va go‘dak bolasi qorachechakdan vafot topgach, qalandarlik jubbasini kiyib, xonaqohga