BACHQIR QURULTOYI Bu voqealarni, ya’ni Bachqirda o‘tkazilgan qurultoy tafsilotini unda ishtirok etgan kishilarning
(ulardan ba’zilari chekistlar edi) yozma va oltmishinchi yillarda bizga so‘zlab bergan og‘zaki xotiralari
asosida shuurimizda tiklashga harakat qildik, zero, u paytlarda milliy anjumanlarda bayonnoma
(protokol) yozish urf bo‘lgan emas edi.
1918 yil 29 mart, juma kuni Bachqir qishlog‘i erta tongdan sayil tusini oldi. Ko‘chalar favqulodda
ozoda, yo‘llar chetidagi xarobroq uylar devorlari sholcha, palak to‘sib yashirilgan, Ergash
qo‘rboshining qarorgoh-qo‘rg‘oni hamda qishloq boylarining tashqari hovlilarida qo‘ylar so‘yilib,