www.ziyouz.com
кутубхонаси
115
Ko‘rsatti g‘ayratini olamga rustamona,
Bolqon davlatini berdi tamomi oshin.
Oldi Edirna shahrini ikkinchi borib ul shoh,
Mahkum etib o‘ziga ag‘ronu xoja Toshin.
Ta’rixin o‘ylagay el fikri taammul etsa,
Bilgay hisob aylab kuni yetib taloshin.
Turkiya qahramoni kirdi Adirnopulg‘a,
Sharshiri qat’i qildi Bulg‘oriyani boshin.
Ey Nairiy, demog‘a til och, to muyassar,
Qildi Xudoyi olam ko‘ngli tilar maoshin.
Bu she’rning qo‘lyozma nusxasi atoqli olim Ahmadjon Madaminovning shaxsiy arxivida saqlanadi.
Mavlono qo‘lyozmani bizga berar ekanlar, uni adabiyotshunos olim Rustamjon Tojiboev ham 2000
yilda “Adabiyot ko‘zgusi” to‘plamida e’lon qilganini eslatib o‘tdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |