www.ziyouz.com
кутубхонаси
96
orasiga rahna solishga qisman erishdilar ham.
Shermuhammadbek 1921 yil fevralida yana Farg‘onaga qaytib keldi. Uning bu yerda yo‘qligidan
foydalangan qizillar 1920 yil dekabr oxirida to‘satdan G’orbuvoga hujum qiladilar.
Shermuhammadbek buni oldindan sezgan holda mudofaaga yarasha kuch qoldirib ketgan edi. 1920 yil
dekabrda boshlangan to‘qnashuvlar 1921 yil fevralgacha – Shermuhammadbek tog‘dan qaytgan
paytgacha davom etdi va shundan so‘ng qizillar G’orbuvodan chekindilar. Shermuhammadbek bu
to‘qnashuvni tahlil qilar ekan, “G’orbuvoga bo‘lgan hujum – qizillarning talablarini rad etganim
oqibati” degan xulosaga keldi va bu talab mojarosini xotirasidan o‘tkazdi:
Dekabr oyi boshlarida sho‘ro qo‘mondonligi Shermuhammadbek va boshqa qo‘rboshilarga
ultimatum yuborib, ulardan taslim bo‘lishni talab etdi. Shermuhammadbek bu talabni rad etdi.
Shermuhammadbekning mazkur ultimatumga javoban 10 dekabrda yozilgan maktubidan bir parcha
“O’zbekistonning yangi tarixi” kitobida tarixchi olim Qahramon Rajabov tomonidan keltiriladi:
“...Sovet hokimiyati va bizning vakillar o‘rtasida sulh muzokaralari faqat Milliy Respublika
Konstitutsiyasi (bu yerda so‘z Shermuhammadbek tomonidan 1920 yil may oyida tuzilgan Turkiston
Muvaqqat hukumati Konstitutsiyasi haqida ketmoqda — muharrir) asnosida gap yuritilgandagina
bo‘ladi. Shunday holatda muzokaralar olib borishni xohlasangiz, biz qachon va qaerga vakillar
yuborishimizni xabar qiling”.
Bosh qo‘mondon Shermuhammadbek muhri urilgan va Aliyorbek Qo‘rboshi tomonidan
Farg‘onadagi sho‘ro hokimiyati vakillariga topshirilgan ushbu javob maktubi 19 dekabrda
Toshkentdan Moskvaga jo‘natildi. Bunday “javob”, albatta, sho‘ro hukumati g‘azabini qo‘zg‘atmay
qo‘ymas edi.
1921 yil fevralida Shermuhammadbek keyingi janglar natijalarini tahlil qilish va yangi yurishlarni
rejalashtirish uchun harbiy kengash chaqirdi. Tahlil va munozaralar yakunida ma’lum bo‘lishicha,
hozirgi paytda milliy-ozodlik kuchlari Qo‘qon yo‘nalishini qo‘lda saqlab turibdi, Namangan hududida
ba’zan g‘alabalar qo‘lga kiritib turilibdi, Andijon va O’sh hududlarida katta talafot berilgan, Oloy
tog‘lari mintaqasida ahvol unchalik yomon emas edi.
Chiqarilgan xulosaga ko‘ra, qo‘rboshilar Andijon va O’sh hududida faollikni oshirishlari kerak.
Yo‘ldagi vaziyat yomon bo‘lishiga qaramay, Asqarbek qo‘rboshi yana qayta Oloy vodiysiga yuborildi.
Muhiddinbekni hushyorlikka chorlash uchun vaziyat qaltis ekanligi xaqida maktub bilan chopar
jo‘natdi. Andijon va O’sh yo‘lini ochish, anchadan beri faoliyati sustlashib qolgan Jonibek Qozidan
xabar olish uchun Ro‘zimuhammadbek besh yuz nafar yigit bilan yo‘lga chiqdilar. Bu ikki qo‘rboshi
Shahrixon, Asaka, Qo‘qonqishloq, So‘zoq, Qo‘rg‘ontepa orqali o‘tib, Jonibek Qozidan xabar olish
uchun O’zgan tomon yurdilar. Shermuhammadbek esa G’orbuvo qarorgohida qolib, Qo‘qonga, Islom
Polvonga qo‘shimcha kuch va o‘q-dori yuborib turdi. Fevral oyi oxirida G’orbuvo va uning atrofida
hokimiyatini to‘liq tiklab, xotirjam bo‘lgach, sharqiy mintaqalar tomon yurish qildi.
Shermuhammadbek Qo‘qon mintaqasidagi qo‘rboshilar bilan birgalikda harakat olib borib, aprel
oyi oxirida Qo‘qon—Andijon yo‘nalishini o‘z nazorati ostiga oldi. Fevral, mart, aprel oylarida
Qo‘qon—Andijon temir yo‘li chegarasida og‘ir janglar olib borildi. Shimol va sharq tomonidan qizil
qo‘shin qismlari bu yerga kelish imkoniyatlaridan mahrum etildi. Mart-aprel-may oylarida Qo‘qon—
Marg‘ilon—Shahrixon—Andijon temir yo‘lining katta qismi buzib tashlandi. Aprel oyi oxiridan
qizillar Qo‘qondan Andijonga poezdda bora olmaydigan holat yuzaga keltirildi.
Shuningdek, Marg‘ilon, Shahrixon va Quvaga ustma-ust hujumlar uyushtirilib, paxta tozalash
zavodlari, paxta omborlari va temir yo‘l bekatlariga o‘t qo‘yildi. Fabrika va omborlardan o‘lja olingan
boyliklar va oziq-ovqat mahsulotlari o‘sha davrda hukm surib turgan qahatchilikni ma’lum darajada
bartaraf etish uchun ishlatildi.
Qo‘qon—Andijon temir yo‘lini buzish bilan qizillarning vodiy sharqiga harbiy qismlar va qurol-
yarog‘ olib borishi qiyinlashib qoldi. Qo‘qon—Namangan va Andijon—Namangan temir yo‘llarini
buzib tashlashga ham farmon berildi. Biroq bu yo‘llar juda puxta qo‘riqlanar edi. Bu tomonlarda
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |