www.ziyouz.com
кутубхонаси
70
Sizning bizga nisbatan munosabatingiz va hurmatingizdan foydalanib, o‘shal gumroh elchilarning bir
qoshiq qonidan kechishingizni hamda o‘z vataniga qaytarishingizni so‘raymiz. Sizga ikki dunyo
saodatini tilab, birodaringiz, Afg‘oniston shohi Omonulloxon Barakzoiy”.
Maktub amirga yetib kelganda elchilarining zindonband qilinganiga yetti oy bo‘lay deb qolgan edi.
Amir maktubni o‘qigach, o‘ylanib qoldi. U o‘zi Rusiyaga yarim tobe’ bo‘lgan holda, inglizlarday
qattol dushmanga bo‘y bermay o‘z mustaqilligini saqlab kelayotgan mamlakat shohiga hasad qilib, ich-
ichidan uni yoqtirmasada, hozirgi paytda Buxoroni o‘ziga teng ko‘rib, u bilan yaxshi qo‘shnichilik
qilib turgan, mabodo boshiga ish tushib, taxtdan ayrilib qolsa, qochib borib panoh topadigan joyning
hukmdori bo‘lganligi tufayli Omonulloxon bilan murosa qilishga majbur. Shu tariqa Afg‘oniston
shohining aralashuvi bilan ozodlikka chiqqan elchilar yetti oydan so‘ng G’orbuvoga qaytib keldilar.
SULH
Poytug‘ jangida katta talafot ko‘rgan Madaminbek aylanma yo‘llar bilan o‘zining Baliqchi
yaqinidagi Qoraterak qishlog‘ida o‘rnashgan qarorgohiga qaytib keldi. Biroz nafas rostlab,
yaradorlarni davolatib, navbatdagi janglarga tayyorlanar ekan, sulhga rozi bo‘lish muqarrar ekanligi
fikri-yodidan chiqmay qoldi: — Mana, ikki yildan beri tinimsiz jang olib bormoqda. Xo‘sh nimaga
erishdi? Qizillar kun sayin, soat sayin kuchayib bormoqda. Hukumatning keyingi paytlarda ko‘rgan
chora-tadbirlari natijasida xalqda ularga nisbatan iliqlik paydo bo‘lib, ozodlik lashkariga kelib
qo‘shiluvchilar nihoyatda kamayib ketdi. Qon to‘kishlar behuda ketmoqda. Behuda to‘kilgan qon ro‘zi
mahsharda mening va men kabi sardorlarning bo‘yniga tushishi aniq-ku. Endi ham behuda qon to‘kish,
xalqning eng sara farzandlarini ko‘ra bila turib jang maydonida qurbon etish gunohi azim emasmi?
Madaminbek shunday og‘ir o‘ylar bilan band ekan, qizil qo‘mondonlik sulh tuzish uchun
navbatdagi qadamni tashladi. Namanganlik Mulla Abduqahhor sulh tuzish uchun Muhammadaminbek
qarorgohiga yuborildi. U yo‘l-yo‘lakay baliqchilik mashhur so‘fiy Tojimuhammad Eshonni vositachi
sifatida hay’atga qo‘shib oldi. Madaminbek mehmonlarni yaxshi kutib oldi. Mulla Abduqahhor unga
qo‘mondonlikning sulh haqidagi maktubini topshirdi. Bir hafta o‘tgach, Madaminbek sulh
muzokaralarini o‘tkazishga rozi ekanligini qo‘mondonlikka ma’lum qildi.
Frunze sulh muzokaralari olib borishni salohiyatli qo‘mondonlardan biri Veryovkin-Roxalskiyga
topshirdi.
Shundan so‘ng sulh muzokaralari boshlanib ketdi. Bir necha uchrashuvdan so‘ng Madaminbek
tomonidan sulh shartnomasining quyidagi loyihasi taqdim etildi:
Men, Muhammadaminbek Ahmadbekov, Sho‘ro hukumati oldiga quyidagi talablarimni qo‘yaman:
1. Sho‘ro hukumati Turkiston fuqarolari hayotini yo‘lga qo‘yishda shariat asoslarini saqlab qolib,
mehnatkashlarning manfaatlarini himoya etib, ahli islomga mavjud shariat, ya’ni musulmonlarning
mahalliy shart-sharoitini hisobga olsa va urf-odatlariga huquq bersa.
2. Otryadimning doimiy qarorgohi Namangan shahri etib tayinlansa.
3. Men boshqa frontlarga chiqarilmasdan, vaqtincha Farg‘ona tasarrufida qoldirilsam.
O’z qo‘shinim hamda o‘zlarining batamom roziliklarini shaxsan menga izhor etgan qo‘rboshi va
a’zolarim bilan birgalikda tantanali qasamyod etamanki, endilikda Sho‘ro hokimiyatini tan olaman
hamda uning sodiq xizmatkori bo‘lishga so‘z beraman, uning barcha buyruqlariga amal qilaman hamda
quyidagilarni zimmamga olaman:
1. Otryadimda xizmat qilayotgan barcha ruslar to‘la ozod etiladi va xohishlariga binoan otryadimda
xizmatda qolishlari mumkin.
2. Shu yilning 13 martidan kechiktirmay, o‘z vakillarim bilan Turkfront Harbiy-Inqilobiy kengashi
va Turkiston Markaziy hokimiyatiga sodiq ekanligimni bildirish uchun Toshkentga borishga so‘z
beraman.
Muzokaralar uzoq davom etdi. Har ikki tomon o‘z shartlarini o‘tkazish, qarshi tomon shartlarining
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |