Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
www.ziyouz.com
кутубхонаси
139
esdaliklaridan ayrim lavhalarni andijonlik—Abdulhay Maxdum yozib qoldirgan. Kelajak avlodlarga
qoldirgan bu tarixiy hujjat turkiy tilda arabcha imloda yozilgan. Uni zamonaviy yozuvga Yahyoxon
Dadaboev aynan o‘girdi.
“Muhtaram orqadoshlar!
Turkiston, jumladan, jafokash Farg‘ona mamlakatinda yetti-sakkiz yil
bolshevizmga muqobil muhoraba etmish qahramon mujohidlarning jihodi tarix sahifasidan buyuk bir
ahamiyatga molik ekanligi yaxshi ma’lumdir. Din va siyosat nuqtai nazaridan e’tiqodiga sodiqlik
xususida Farg‘ona musulmonlarining vatan deb, imon deb, millat vazifalarindan kelib chiqib qo‘shish
etmish mujohidlarini xotirlamoq, vatan
shahidlarini yod etmoq, ularning xotiralarini yodlamoq,
ko‘rsatgan jasoratlariga rahmat aytmoq biz — vatanparvar, millatparvar musulmonlarning
burchimizdir. Mazkur muhorabada g‘ayrat va shijoat ko‘rsatmish zotlarning usuli daftari tarjimai
hollaridan ma’lumot berib va bu muhorabadagi talofatlari va maqtul va harbiy quvvatlaridan sarhisob
etib, oxirgi vaqtlarda bir oz kechmish voqealaridin bayon etdim. Toki muhoraba
etmish kimsalar har
on vatan fidoyilariga rahmat o‘qisinlar, ibrat olsin, bu muhorabaning qavoidig‘a fahm etsin degan
niyatda hurriyat tarafdorlari ozodlik raqiblari bo‘htonlariga qarshi ushbu tariqa bir harakat etishibdur.
1333-hijriyda, mutobiq 1915 isoviyda muxtoriyatlarini olib, bir millat o‘z huquqiga sohib bo‘lub,
ikki yil hurriyat zavqini surdi, bir hukumat tashkil bo‘lub, usuli saltana va usuli mashruta tabdil etdilar,
oqibat muxtoriyatchilarga qarshi
inqilobchilar xuruj qilib, kommunist yoki bolshevik shiori ila buyuk
bir to‘fon keturdi. Bu to‘fonning hashorotlari va zaharli hayvonotlari bechora oq kapalaklarni halok
etib, muxtoriyatni-da maqv etdi. Bu to‘fon 1334-hijriy, 1915 isoviyga mutobiq edi. Bu mujodala ikki
yil davom etib, 1336-hijriy, mutobiq 1917-milodiyda bolshevizm g‘alaba qozonib, Rusiyada Lenin
hokimiyati o‘rnatildi. Bu bolshevizmga o‘ris va musulmon millatchilari takror
qarshilik qilib, har bir
tarafdan muhoraba ochdilar. Jumladan, Turkistonga joylashgan Farg‘ona, Xiva va Buxoro atroflaridan
cho‘q mujohidlar maydoni muhorabaga otildilar. Bulardan mashhurlari yetti yil davomida g‘ayrat
etganlardan ikki kishi edi. Biri Farg‘ona mujohidlaridan Shermuhammadbek esa, ikkinchisi Buxoro
mujohidlari raisi Ibrohimbek edi. Bu zotlar shul hijriy 1345-yillarda Kobulda muqim o‘lib,
birinchilari
hijriy 1340 da, ikkinchilari hijriy 1345 da Afg‘onistonga o‘tmishlar edi. Kamina shu hijriy 1345 yildan
e’tiboran muhojir o‘lub, Kobulga doxil o‘ldig‘indan hamon mujohid muhtaram Shermuhammadbek
huzurlarinda bir necha oy muqim o‘lub, bu kitobdagi ma’lumotlarni yozdum. Bu ma’lumotlarni
janobning va ham birodarlari Nurmuhammadbek va boshqa pansodlarni huzurlarida og‘izlaridan
eshitub, mubolag‘alarini qoldirib yozildi deguvchi o‘ldim, zeroki, mazkur mujohidlar xalqqa emas,
kommunistlarga qarshi harakat etmishlar edi. Bu mujohidlarni-da ijtihodlari 1333-hijriy, mutobiq
1917-dan boshlanib, alal-oqibat 1921-da mujohidlar mag‘lub va parishon o‘ldilar, afsus. Xatolarini
isloh etuvlarini qorilardan rijo etub, muhtarram, hijriy 1345-da Afg‘oniston, Kobuldagi Bog‘i
Alimardonda naql kitob yozdim.
Muhtaram raisi mujohidin Shermuhammadbekning muxorabalarindan xulosai mafhudi.
Shermuhammadbek janoblari zotan-da bir o‘zbek jamoasi Farg‘ona tabaasi G’orbobo o‘lub,
otalari
Qo‘shoq Mirzo Xoji nomli bir zot edi. Bu zotdan to‘rt er (o‘g‘il) vujudga kelib, birinchisi
Toshmuhammad, ikkinchisi Ro‘zimuhammad, uchinchisi Shermuhammadbek, to‘rtinchisi
Nurmuhammadbeklar edi. Bulardan uchinchilari Shermuhammadbek bolshevizmdan vatanlarini
qutqarmoq uchun 1917-yildan maydoni muhorabaga otilib chiqdi. Bu zot kurash maydonida yuz
nafarcha yigitlari ila g‘ayrat
etub chiqib, oz fursatda ming kishilik qo‘shinga sohib o‘ldi. Shul vaqtda
Farg‘onani har bir atrofindan chiqmish mujohidlar bosh-boshlaricha harakat qilub, umumiy bir
qo‘mondonlari yo‘q edi. So‘nggi sahifalarda yozilmish 8 nafar qo‘rboshi kurashda hokimi muxtor kabi
o‘z askarlariga hukm yurutar erdi. So‘ng bu qo‘rboshilar qo‘shinlari 1918-yilda mazkur
Shermuhammadbek jumla Farg‘ona mujohidlariga rais bo‘ldi va bu rahbarlikda to‘rt yil davom etdi.
Bir vaqtda yuz ming muntazam askarlarga molik o‘lub, bir yakbora farmon etar edilar. Shu 1924-da
Sharqiy Buxorodan Anvar Posho marhum Rusiyaga qarshi
ish ochib, Shermuhammadbekni ko‘mak
uchun chaqirdi. Javoban Shermuhammadbek ko‘mak uchun birodari Nurmuhammadbekni ikki ming