Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
95
ishorasi bo‘lgach, telefon go‘shagini ko‘tarib Asadbekning boloxonasidagi yigitlarga 
maqsadlarini bayon qildi. Mashina kelguniga qadar yuvinib, taranib olish uchun Zaynab 
o‘rnidan turdi. Hammomdagi toshoynada o‘z aksini ko‘rib, hayratdan qotdi. 
Kim bu? Ko‘zlari kirtaygan, sochlari pahmoq, nigohida hayot nishonasi bo‘lmish — cho‘g‘ 
qolmagan, yuzlari somon rangini olgan, kampirlik chegarasiga yaqinlashgan bu ayol 
kim? 
Nahot shu ayol Zaynab bo‘lsa?! Hali yigirma beshga yetmagan juvon deb kim aytadi? 
Tim qora ko‘zlarining soqchilari bo‘lmish uzun kipriklari kamon o‘qlariga aylanib, sevgi 
yog‘ida qovrilayotgan yigitlar qalbini vayron qilardi, desa birov ishonarmikin? Uzoq 
emas, bir yilgina muqaddam o‘zini toshoynaga solib «Kumush chiroyli bo‘lganmikin yo 
menmi?» deb o‘ylagan, o‘z Otabegiga yetishmoqni orzu qilgan qiz shumi? 
Qarashidagi suluvlik qani? 
Nahot, ko‘zlaridagi surur nurini zulm pardasi batamom to‘sgan bo‘lsa? Nahot bu parda 
umrining so‘ngiga qadar g‘olib qolsa? 
Zaynab «Shunchalik o‘zgarib ketdimmi?» degan ajablanish bilan toshoyna oldida uzoq 
turdi. Yuvinib chiqqach, yotog‘idagi toshoyna qarshisiga o‘tirib sochlarini taradi. 
Zaynabning husniga to‘ymay «O‘g‘lim kattaroq bo‘lganida shu qizni kelin qilardim», 
degan armonda yuruvchi Chuvrindining xotini ham undagi o‘zgarishni ko‘rib, 
«Bechoragina, so‘lib qoldi-ya...» deb achindi. 
Hamshira ularni avvaldan taniganday iliq kutib olib, «Elchin aka bugun ancha yaxshilar», 
deganicha uzun dahliz bo‘ylab yurib, yo‘l boshladi. Dahlizning adog‘idagi eshikka 
yetishganida Chuvrindining xotini «Voy o‘lmasam!» deb qo‘ydi. Zaynab «Nima bo‘ldi?» 
deganday unga qaradi. 
— Yozuvini o‘qing, voy o‘lmasam... 
O‘z xayollariga bandi bo‘lib kelayotgan Zaynab yozuvni o‘qidi: «O‘liklarni tiriltirish 
xonasi». 
Hamshira ayollarning ajablanganini sezib, kulimsiragan holda izoh berdi: 
— Bir kuyunchak do‘xtir akamiz borlar. Hamma yozuvlarni o‘zbekchalashtirib chiqqanlar. 
«Reanimatsiya»ni shunaqa tarjima qilibdilar. Sal qo‘polrog‘-a? Ko‘pchilikka g‘alati 
tuyulyapti. 
Zaynab hozir bu tarjimaning qo‘pol yoki to‘g‘ri ekanini mulohaza qiladigan holatda emas 
edi. Shu bois «Eshikni oching», deganday hamshiraga qaradi. 
Hamshira «o‘liklarni tiriltirish xonasi» bekasiga ularni ro‘para qilib, o‘zi iziga qaytdi. 
Burniga naycha ulangan Elchin ko‘zlari yumuq holda yotardi. Unda hayot nishonasi 
sezilmas edi. 
— Kechasi o‘zlariga keldilar. Hozir yana uyquga ketdilar. Krizis vaqti o‘tdi shekilli. 
Bu gapni eshitib, Chuvrindining xotini: 
— Hayriyat-e, Xudoning o‘zi saqlasin-ey, — deb qo‘ydi. 
Zaynab esa indamadi. 
«...Xudo uni shol qilib qo‘ysin. Onasi o‘pmagan quling o‘rgilsin bir yigitni olib kelib
«qaytar dunyo» qilaman...» 
Zaynab unutib yuborgan o‘sha voqeani, o‘sha xotinning gaplarini shu damda, o‘zi uchun 
ham kutilmagan bir holda esladi. Esladi-yu, badaniga muz yugurdi. 
Ro‘parada yotgan, yuzlaridan qon qochgan, burniga ichakcha ulangan, ko‘rinishidan 
tirikmi yo o‘lik ekani bilinmayotgan odam — uning tan mahrami. Bir yostiqqa bosh 
qo‘yganidan beri qalbini zarracha bo‘lsin isita olmagan inson. Eng muhimi... 
Eng muhimi... 
Bir yil muqaddam Zaynabning dunyosi bir qo‘rg‘on kabi edi. Bu qo‘rg‘onga o‘zga 
kishilarning kirmog‘i mumkin emasdi. Kirish nima ekan, hatto mo‘ralab qaramog‘iga ham 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish