Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
94
Ular kimning uyiga kelishayotganini bilishgan edi. Tintuv haqida topshiriq beruvchi 
«Qarshilik qilishsa qattiq turmanglar», deb vazifani osonlashtirgan edi. Hozir Asadbekka 
xabar ketganida ular bir-birlariga «Nima qildik?» degan ma’noda qarab oldilar.
— Yaxshi, akalarini kutsak kutarmiz, — dedi ulardan biri, sir boy bermay. — Tashqariga 
chiqib turamiz. 
Ular chiqishgach, Zaynab o‘rnidan turib televizorga yaqinlashdi-da, kalit shodasini qo‘liga 
oldi. Kalitlar xuddi qizib turganday, kaftini kuydirganday bo‘ldi. Shu bois shoshib, 
kalitlarni cho‘ntagiga soldi. 
Ko‘p fursat o‘tmay, hovlida Chuvrindi ko‘rindi. Kutilmagan mehmonlar bilan nima 
haqdadir suhbatlashdi. Keyin izn berdi shekilli, ular hovlini aylanib, oshxonaga, 
hojatxonaga bir-bir mo‘ralab, «tintuv» qilishgach, izlariga qaytishdi.
3
Zaynab bu voqeani ham, o‘sha xotinning gaplarini ham unutib yuborgan edi. Nechundir 
hozir esiga tushdi. Qaysidir qarindoshinikidami edi yo tanishinikidami, yodida yo‘q, 
charlarida xotinlar davrasida erlarning buzuqligi haqida gap qo‘zg‘aldi. «Xotinlar ichmasa 
ham dasturxonni bezab turadi» degan fikrda qo‘yilgan shishalarning og‘zi ochilgan, 
undagi shayton suvi ayrim ayollar qonini ko‘pirtirgan, hayo pardalari yirtilib, til jilovi 
uzilgan edi. Zaynab o‘shanda ulardan nafratlanib chiqib ketgandi. Hozir esa ulardan 
birining gaplari yodiga tushdi. 
— Erkak zotining palagi buzuq. Mana-man degani ham yuradi. Yurmasa... — U uyatsiz 
so‘zlar aytib, xoxolab kulgan, bu kulguga boshqalar ham qiyqirib qo‘shilishgan, Zaynab 
esa g‘ashi kelib, o‘rnida bir qimirlab olgan edi. 
— Pochcham ham yuradilarmi? — deb so‘ragan edi bir ayol. 
— Yurmay o‘lsinmi? O‘ynashdan kelganini shunday bilib turaman. 
— Siz ham bittasini topa qolmaysizmi? 
— Topaman. Lekin hozir emas. Xudo uni shol qilib qo‘ysin. Onasi o‘pmagan quling 
o‘rgilsin bir yigitni olib kelib ko‘zining oldida «qaytar dunyo» qilaman-da!.. 
Shu gapdan keyin Zaynab chiqib ketgan edi. Bir necha kun davomida «O‘z erini shol 
bo‘lishini istagan xotin bunchalar ahmoq ekan?» deb o‘ylab yurdi. Garchi Elchinni 
sevmasa-da, garchi Elchin uning umid saroyini vayron etgan bo‘lsa-da, «erim 
raqqosalari bilan maishat qiladi», degan gumonda yursa-da, uning shu kabi niyati yo‘q 
edi. 
To‘g‘ri, Elchin yarim tunda to‘ydan qaytgan kezlari uni o‘ziga yaqinlashtirishni istamasdi. 
Garchi Elchin unga pokiza ekanini bir necha marta aytgan bo‘lsa-da, uning bu gaplari 
Zaynabni mahv etgan gumon bulutlarini tarqatishga ojiz edi. Erini birov otib qo‘yganini 
eshitganda xayoliga kelgan birinchi fikr ham o‘sha gumon bulutidan suv ichdi: «O‘ynash 
talashib otgandir!..» Tergovchi «Dushmanlari yo‘qmidi?» deb so‘raganida shu gumonini 
aytib yuborishiga salgina qoldi.
Zaynab, tabib aytganiday, bir kecha-kunduz it azobini tortdi. Keyin dori ta’sir etib, 
ichidagi «ilon»-lar o‘ldimi yoki chalajon bo‘lib, uyquga ketdimi, harholda bezovta qilmay 
qo‘ydi. Ishtaha kirib, yarim kosa achchiq mastava ichgach, peshonasida ter marjonlari 
paydo bo‘ldi. Shu kunlar ichi Zaynabning yonidan jilmagan, Zaynab tan azobini tortgan 
mahalda o‘zi ruh azobida qiynalgan Chuvrindining xotini yaxshilik tomon o‘zgarishni 
sezib, «Xudoga shukr» deb qo‘ydi. Chuvrindining «Sal o‘ziga kelsa telpon qil, erini 
ko‘rishga borsin», degan gapini eslab, Zaynabdan: 
— Qoqindiq, bi-ir bannisaga borib kelmaymizmi? — deb so‘radi. Uy bekasidan ijozat 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish