Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
87
Kesakpolvon u uzatgan somsani olmoqchi edi, yigit uni nari boshladi. 
— Bundan olmang, «oq qo‘y»ning yog‘i hammasi. Hasip yeya qoling. 
— «Oq qo‘y»niki bo‘lsa zo‘r-da, qonni ko‘pirtiradi,— dedi Kesakpolvon. 
— Qo‘ying, akaxon, hasipdan yeng, egningizga shim bitib bunaqasini yemagansiz, — 
yigit tengdoshlariga aytib yuradigan hazilini yangi xo‘jasiga beixtiyor aytib yubordi-yu, 
cho‘chib, tilini tishladi. Uning baxtiga Kesakpolvon bu og‘ir hazilga e’tibor bermadi. 
To‘g‘ri, bir g‘ijindi, ammo «Mayli o‘zini menga yaqin olgisi kelyapti. Yaqin bo‘laversin, 
foydasi tegadi», degan fikr bilan javob qaytarmadi. 
Hasip olindi, yeyildi. Hasipchi ulardan pul umid ham qilmadi. 
Ular tamaddi qilib bo‘lgunlaricha maydon atrofi odamlar bilan to‘ldi. Eski «Zaporojets» 
atrofi, somsachiyu hasipchilar atrofi ham gavjumlashdi. Biri-biridan bahaybatroq itlar 
olib kelindi. Bunda it urushtirishga ishqivozlar ham, shu bahonada maishat qilib 
ketadiganlar ham bor edi. 
Bir soatcha oldin muhim masala hal etilgan joyda endi itlar o‘z munosabatlarini 
oydinlashtirishlari lozim edi. 
Janglarning ko‘pini ko‘rgan tajribali itlar raqiblariga bepisand qarab esnab qo‘yadilar. 
Ayrimlari betoqatlanadilar. Bu maydonga endi kelgan itlar esa zanjirlarini uzgudek bo‘lib 
siltanib, vovullaydilar. Jang ko‘rgan itlar esa ularga javob qaytarmaydilar, aksincha 
«O‘pkangni bos», degandek qarab qo‘yadilar. 
Odamlarning tayyorgarlik ishlari — ya’ni, kim qaysi itga qancha pul qo‘yishi aniq 
bo‘lgach, o‘rtaga davraboshi chiqdi: 
— Ahmadboynikiga kim qo‘yadi? — dedi u baland ovoz bilan. So‘ng izoh tariqasida 
qo‘shib qo‘ydi: — «Chempion»ga kim qo‘yadi? 
Tomoshabinlar «O‘tgan yilning zo‘ri hisoblangan «Chempion it»ga kim qo‘yar ekan?» 
degan mazmunda o‘zaro bahs boshladilar. Bahslar nihoyasiga yetmay turib, o‘rtaga 
Kesakpolvonga ma’qul bo‘lgan itni yetaklab chiqishdi. So‘ng maydonda «Chempion» 
ko‘rindi. U aytarli bahaybat emasdi, siltanmasdi, vovullamasdi. Bo‘yinbog‘i zanjirdan 
emas, oddiy arqondan edi. U raqibiga qarab «Vajohating zo‘r-ku? Lekin men senday 
po‘klarning ko‘pini ko‘rganman», deganday o‘tirib oldi. Uning bu qilig‘i ba’zi 
tomoshabinlarga yoqib, ba’zilariga yoqmay qiyqirib, hushtakbozlikni boshlab yubordilar. 
Davraboshi ishora qilgach, avval «Chempion»ning bo‘yinbog‘i, keyin raqibning zanjiri 
yechildi. U o‘ljasini bir soniyada yanchib tashlash maqsadida yugurdi. «Chempion» esa 
joyidan jilmadi. Faqat raqibi yaqinlashganda chaqqonlik bilan o‘zini chetga oldi. O‘zini 
to‘xtatolmagan raqibi gangib yiqilgach, bir sakrashda bo‘ynidan tishlab, bulg‘alay 
boshladi. Bahaybat itning egasi kelib, uni ajratmoqchi bo‘ldi. Tamoshabinlar norozilik 
bilan «Qoch, qo‘yib ber!» deb baqirdilar. O‘rtada Hosilboyvachchaning yigiti paydo 
bo‘lgach, «Chempion»ning egasi itini ajratib oldi. Bunday hol bir necha marta 
takrorlandi. Bundan «Chempion» charchadimi yo oraga g‘irrom aralashganini sezib 
urushgisi kelmay qoldimi, harholda so‘nggi safar sergakligini yo‘qotdi — raqibi uning naq 
jag‘idan tishlashga ulgurdi. «Chempion»ning egasi itini ajratib, mag‘lub bo‘lganini 
ma’lum qilgach, norozi xitoblar kuchaydi. «Chempion»ga ishonib pul tikib, endi 
yutqizgan ishqibozlar it egasini baralla so‘ka ketdilar. It egasi atrofga xavotir bilan 
alanglab qo‘yib, «Chempion»ni — endi sobiq chempionni yetaklab davradan chiqdi. Shu 
chiqish asnosida bir-ikki musht, orqasiga bir-ikki tepki yesa-da, boshini xam qilganicha 
jim ketaverdi. Katta tikkanlar o‘yinga kim aralashganini anglab indamadilar. Bo‘lmasa it 
egasi bir-ikki tepki bilan qutulmas edi. 
Kesakpolvon ixtiyor qilgan edi, bu yerning qoidalarini ham o‘zgartirib yubordi. Agar 
uning xohishi bilan bahaybat it o‘rniga laycha qo‘yilganida ham «Chempion»ni yutardi. 
«Chempion»ning orqasida turgan katta kuchlar shunda ham damlarini ichlariga yutib 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish