Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
165
— Uzr, otaxon, o‘ylamay gapirib yubordim, — deb bosh egdi Jalil. 
— Siz menga yuzta emas, bitta topib keling. Sayyid Abdulahadxon tangalaridan bo‘lsin. 
— Abdulahadxon? — dedi Jalil. 
— Buxoroi Sharifda shunday amir o‘tgan. 
— Sovetning tangalari bo‘lmaydimi? — dedi Jalil. 
— Nikolayniki ham, boshqa zamonniki ham bo‘lmaydi. Menga kerakli narsa faqat Sayyid 
Abdulahadxon zarb etgan tillasida bor. 
— Men uni qanday topaman? 
— Topolmaysizmi? Unda sira oldindan katta ketmang. Men muolajani bugundan 
boshlayman. Uzoqdan kelibsiz, shu uy sizniki. Siz esa inim, poezdda bir yarim kunlik 
yo‘l, bir joyga borasiz. Hayim degan yamoqchini topasiz. «Abdurahmon tabibdan salom. 
Siz Sayyid Abdulahadxonning o‘n yettinchi jiyani ekansiz. Tabibga bitta tanga zarur 
bo‘lib qoldi», deysiz. Savdolashmaysiz. So‘ragan pulini berasiz. 
Jalil ishning bu qadar oson ko‘chganiga, ayniqsa, Kesakpolvon ottirgan otlardan gap 
ochilmaganidan quvonib yo‘lga tushdi. 
________________ 
* M a z m u n i b u d i r: «Yaxshilik eskirmaydi, gunoh unutilmaydi, Olloh taolo 
o‘lmaydi. Endi nima qilsang qilaver. Amalingga yarasha jazo olasan (Hadisi sharifdan). 
* M a z m u n i b u d i r: «Odam zurriyodlarini ulug‘ qilib yaratdik». «Sen (shayton)ga 
to qiyomat kuniga qadar mening la’natim bo‘lajak».
2
Jalil poezddan tushib, Abdurahmon tabib aytgan joyni qiynalmay topdi. Lekin 
ustaxonasida Abdurahmon tabib ta’riflagan keksa yamoqchini emas, yigirma besh 
yoshlardagi yigitni ko‘rdi. 
— Hayim aka qaerda? — deb so‘radi Jalil. 
— Haym akoni nima qilasiz? — deb savolga savol bilan javob berildi. Jalil: 
— Men bir odamdan salom olib keldim, — dedi. 
— Kimdan? 
— Abdurahmon tabibdan. Sen bilmasang kerak uni. Sen o‘zing kimsan? 
— Haym akoning nabirasi. 
— Bobong qanilar? 
— Ketganlar. 
— Qachon keladilar. 
— Kelmaydilar. Bobom ketgan joydan qaytishga yo‘l yo‘q. 
— Isroilga ketdimi? 
— Undan ham uzoq... Xudoning oldiga... 
— O‘ldimi? Shuni ayta qolmaysanmi. Gapni cho‘zishingni qara. 
— Ako, siz so‘radingiz, men javob berdim. Bobomda nima ishingiz bor edi? 
Jalil tabib tayinlagan gaplarni dona-dona qilib aytdi. 
— Ako, bu kriminal ish. Bizga unday tanga yo‘q. 
— Sen mahmadonalik qilma. Uyingga borib buvingdanmi, ota-onangdanmi so‘ra. Men 
milisa emasman, qo‘rqma. 
— Ako, menga qo‘rqish yo‘q. Tanga ham yo‘q. 
— Men shu yerda o‘tirib turay, sen uyingga borib so‘rab kel. 
— Erta keling, ako. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish