Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
154
eshitdi. U endi G‘ilayning iqrorini emas, yana o‘z taqdirini o‘ylardi. 
Yozuv tugagach, vakil Xongireyning ishorasi bilan chiqib ketdi. 
— G‘ilaying yolg‘on gapiryaptimi? — dedi Xongirey unga sinovchan tikilib. 
Chuvrindi yelkasini qisib, xotirjam javob berdi: 
— O‘zingiz tunov kuni aytdingiz: u xo‘jayiniga xiyonat qilgan. Nima uchun? O‘zining joni 
o‘ziga shirin ko‘ringan. Shunday odam joni qiynalganda nimalarni valdiramaydi. 
— Durust, aqling joyida, qardoshim. 
Xongirey shunday deb jilmayib qo‘ydi. «Kayfiyati yaxshi shekilli, jahli chiqmayapti, yo 
boshqa gap bormi?» deb o‘yladi Chuvrindi. Shuncha tekshirib, hamma haqiqatning 
tagiga yetgan odamdan marhamat kutish — fohishadan hayo kutish ila barobar bo‘lsa-
da, Chuvrindi uning marhamatiga asos bo‘lguvchi bir nima borligini his qilib turar edi. 
Osmonni bulut qoplashidan murod — yog‘in yog‘mog‘i bo‘lgani kabi Xongireyning 
chehrasida marhamat nuri ko‘ringanidan murod ne ekani bir necha nafaslik sukutdan 
so‘ng aniq bo‘ldi. 
— Doktorlar Asadga necha oy umr va’da qilishdi? 
Xongireyning bu savoli Chuvrindi uchun kutilmagan bo‘ldi. Shu sababli qoshlarini bir oz 
chimirgan holda javob qildi: 
— Buni Xudo biladi. 
— Bunaqa kasalni doktor ham biladi. Axir u o‘ladi-ku, to‘g‘rimi? 
— Hammamiz o‘lamiz. 
— Lekin uniki — naqdroq. Biz e-he, yashayverib, zerikib ketsak ham kerak. 
Xongirey xuddi taqdir yozug‘ini o‘qiy olgan odamday katta gapirdi. To‘g‘ri, uning yoshida 
o‘lim haqligi kam o‘ylanadi. Ammo shu yoshda, hatto undan kamroq umr ko‘rib o‘tganlar 
mavjudligi esa xayolga kelmaydi. Chuvrindi «Hammamiz o‘lamiz», deganida yaqin bir-
ikki oyni yoki yilni emas, aql bovar qilmas uzoq davrni nazarda tutgan edi. Shunday 
bo‘lsa-da, Xongireyning katta ketishi g‘ashini keltirdi. 
— Xo‘p, masalaga boshqa tomondan qaraylik, — dedi Xongirey mo‘ylabini oliftanamo 
silab qo‘yib. — Hosil ketdi, orada yo‘q. Uning mulki ham senlarning qo‘llaringda. Hozir 
Asad bor. U o‘lganidan keyin nima qilmoqchisanlar? Bilishimcha, Asadning ikkita qanoti 
bor ekan. Bittasi sen, ikkinchisi... — Xongirey ismini eslamoqchi bo‘lib o‘ylandi. — Ha, 
Gaydarmidi? 
— Haydar aka, — deb tuzatdi Chuvrindi. 
— Xo‘sh, mulkni qanday bo‘lishasanlar? 
— Bizda odam tirikligida mulki bo‘linmaydi. 
— Sen chiroyli gaplaringni yig‘ishtir. Men senlarni bilaman. «Menga o‘lja kerakmas», deb 
noz qilib turasanlar-u, payt kelganda tashlanasanlar. O‘g‘il bola gapni ayt: Asadning 
o‘rnini egallashni xohlamaysanmi? 
— Mendan yoshi kattalar bor. 
— Shunday deysan-u, yuragingning bir chekkasida ozgina bo‘lsa ham istak cho‘g‘i bor. 
Bilib qo‘y: bu cho‘g‘ seni tinch qo‘ymaydi. Baribir yondiradi. Bu — birinchidan. 
Ikkinchidan: yoshi katta bo‘lishning nima nafi bor? Men uchun katta yoshdagi 
ahmoqdan, kichikroq yoshdagi aqlli odam muhim. Gap shu: Asadning o‘rnini sen 
egallashing kerak. 
— Buni men hal qilmayman. 
— To‘g‘ri aytding, buni sen emas, men hal qilaman! 
Bu hukm Chuvrindiga malol keldi. Qoshi uchdi. O‘rnidan bir qo‘zg‘olib oldi, so‘ng og‘ir 
turdi. Uning vajohatidagi o‘zgarishni sezgan Xongirey «Mamatbey!» deb chaqirdi. Shu 
nafasning o‘zidayoq eshik ochilib, vakil kirib keldi. Dahlizda yana ikki yigit ko‘rindi. 
Xongirey unga: 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish