Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
Bolasini tuproqqa topshirib kelgan kuni kechki payt qo‘ng‘iroq xuddi shunday jiringladi. 
Biror kishi ko‘ngil so‘rab kelgandir, deb o‘yladi. Ayni damda u ko‘ngilga taskinlik bera 
oluvchi odamga muhtoj edi. Afsuski, o‘ylagandek bo‘lmadi. Tavoze bilan salomlashgan 
odam uni to‘yga aytib kelgan edi. «To‘yimizni o‘zingiz qizitib berasiz, aytganingizdan bir 
so‘m kam bergan — nomard», deb gap boshlashining o‘zidayoq Elchinning joni 
halqumiga keldi. «Bu odam tashvishimni bilmaydi-ku», deb o‘zini bosib, e’tibori uchun 
minnatdorlik bildirib, taklifini rad etdi. U odam buni san’atkorning noz-firoqi deb anglab, 
elanishni bas qilmadi. Toqati toq bo‘lgan Elchin tashvishini aytishga majbur bo‘ldi. «To‘y 
yigirma besh kundan keyin-ku, Hofiz aka? Undan keyin bunaqa bolaga aza tutilmaydi», 
degan javobni eshitib, uning yoqasidan bo‘g‘ib olganini o‘zi ham sezmay qoldi. «Yigirma 
besh kundan keyin bola tirilib keladimi?» deb bo‘ralab so‘kdi. To‘yga aytib keluvchi xayr-
ma’zurni ham nasiya qilib jo‘nab qolgach, «Meni odam deb aytib kelgan ekan, 
tushuntirsam bo‘lardi...» deb qilgan ishidan afsuslandi. Uni odam deb emas, hofiz ham 
deb emas, balki Asadbekning kuyovi bo‘lgani uchun taklif qilayotganini Elchin fahm 
etmadi. 
U hozir eshik ochgani borayotib shularni eslagach, yana g‘ijindi. Eshikni ochib, bashang 
kiyingan, tavoze bilan salom berguvchini emas, yengi kalta kuylak kiygan, qoruvli, 
qirg‘iy ko‘z yigitni ko‘rib, ajablandi. «Adashib kelgandir», deb xayol qilib, uning yorilgan 
labiga, shilingan yonog‘iga qarab qo‘ydi. 
— Elchin aka siz bo‘lasizmi? — deb so‘radi yigit. 
— Ha, men... 
— Sizda zarur gapim bor. Ostonadan haydamang, iltimos. 
Yigitning gapi Elchinga malol keldi. 
— Mehmonni ostonadan haydaydi, deb eshitgan edingizmi? 
— Ozgina to‘poriligim bor, aka, aft-basharamni ko‘rib, gaplashmay qo‘yasizmi, deb 
qo‘rqdim-da. 
— Yigitchilikda aft-bashara degan shunaqa bo‘lib turadi. Qani, kiravering. Ostonada turib 
gaplashishning xosiyati yo‘q, deyishadi. 
Yigit ortiqcha takalluf kutmay avval hovliga, so‘ng mehmonxonaga kirib, Elchin 
ko‘rsatgan joyga o‘tirdi. Ko‘z qarashlariga qarab, uni bu yerga og‘ir dard boshlab 
kelganini fahmlash mumkin edi. «Bu yigit kim? Asadbekning dastyorlaridanmi yo 
Asadbekning odamlaridan tepki yeb alamzada bo‘lganlardanmi», deb o‘yladi Elchin. Yigit 
maqsadini aytishga qiynaldi. Barmoqlarini o‘ynab qisirlatdi. Elchin: 
— Siz mening ismimni bilarkansiz, men esa... — deb gap boshlagan edi, yigit tilga kirib, 
so‘zlarini bo‘ldi: 
— Ismim Halimjon. 
— Ismingiz jismingizga mosga o‘xshamaydi? 
— To‘g‘ri, halimdek emasman. Men o‘zi... «cho‘rniy poyasman»1 
— Zo‘riga tushib qoldingizmi? — dedi Elchin uning yuziga ishora qilib. 
— Zo‘rlariga... Gap bunda emas. Kaltak yegan bilan odam o‘lmaydi, aka. Qornimga 
emas, qadrimga yig‘layman, degan maqol bor-ku? Boshimga bir ish tushdi. O‘ylab-o‘ylab 
chorasini topdim. Sizdan najot istab keldim. 
— Najot? — Elchin kulimsiradi. — Mendan qanday najot kutish mumkin? 
— Agar dardimga tushunsangiz, yuragingizda rahm-shafqat bo‘lsa, yordam bera olasiz. 
— Halimjon, siz gapni juda uzoqdan boshlayapsiz. Dardingizni yigitchasiga shartta-
shartta ayting. 
— Bo‘ladigan gap shuki, bir qiz bilan ahdu paymonimiz bor edi. Otasi unamabdi. Qizni 
o‘qishdan chiqarib yurtiga olib ketishdi. Izma-iz bordim. Qizni olib qochdim, desam ham 
bo‘ladi. Uning ham ko‘ngli toza, meniki ham toza edi. Nikoh o‘qitamiz, deb turuvdim. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish