Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
IV  b o b 
 
1 
 
Zohid  Mahmud Ehsonovni so‘roqqa chaqirishga chaqirdi-yu, keyin to‘g‘ri qildimmi, deb 
boshi qotdi. Shu holda garang bo‘lib o‘tirganida xonasiga mayor Soliev kirib keldi. Zohid 
unga Jamshidning uyiga borgani, o‘gay onasi bilan gaplashgani haqida gapirib berdi. 
Qisqa hisobotning oxirida Mahmud Ehsonovni chaqirtirganini ham aytib «bunisiga nima 
deysiz» degan ma’noda mayorga tikildi. Mayor uning nigohidagi savolni to‘g‘ri uqib, 
javob berdi: 
— Bekor chaqiribsan. Uning kimligini bilarding-ku? Asadbek ko‘proq shuning maslahatiga 
yuradi, deyishadi. Bu Chuvrindi Asadbekning boshi, Kesakpolvon deganlari oyoq-qo‘li. 
— Demak, chaqirtirib to‘g‘ri qilibman. Demak, hamma ishlarning tepasida shu odam 
turgan. Demak, kalavaning uchi shuning qo‘lida. Demak... 
— Demak, — dedi Soliev istehzo bilan, — demak, sen hali hech narsaga tushunmabsan. 
Ma, o‘qi. — U yon cho‘ntagidan bir varaq qog‘oz chiqarib, Zohidga uzatdi. 
Zohid yozuvlarga bir ko‘z yugurtirib, keyin mayorga hayrat bilan qaradi. So‘ng yana 
o‘qidi. 
— Murda avval yorib ko‘rilgan? Bosh miya, buyraklari olingan? O‘sha yondirilgan 
murdami? Qayoqdan chiqdi bu gap? 
— Avvalgi ekspertiza xulosasini amaliyotchi talaba yozgan ekan. Bularni yozish 
shartmasdir, deb o‘ylaganmish. Bo‘lim boshlig‘i bugun bilib qolib, menga qo‘ng‘iroq qildi. 
Uzr so‘radi. Yopig‘liq qozon yopig‘lig‘icha qolsin, deb yalindi. 
— Birovga jon shirin, birovga joy shirin, — deb to‘ng‘illadi Zohid. — Bunaqa 
boshliqlarning onasini... 
Zohid o‘sha bo‘lim boshlig‘ining onasini nima qilish lozimligini aytdi-yu, tilini tiyolmagani 
uchun Solievdan xijolat bo‘ldi. Bir tomondan, g‘azab, bir tomondan, xijolat iskanjaga 
oldi. Mayor «o‘ziga kelib olsin», deb indamay o‘tirdi. Zohid odati bo‘yicha, bir varaqqa 
qandaydir formulalar yozdi, o‘chirdi, yana yozdi. Fikrini sal jamlab olgach, mayorga 
qarab kechirim so‘radi. 
— Bu qo‘shimcha xulosasiz ham murda Jamshidniki emasligi bizga aniq edi. Murdaning 
kimligini endi aniqlab bo‘lmas. Falokatga uchragan, o‘likxonada egasiz yotgan balki biron 
mehmondir. 
— Bu tomosha ularga nima uchun kerak? Shunga aqlim yetmayapti. 
— Ularga, deganing kim? 
— Asadbekka-da. 
— Bu ishni Asadbek qilgan, deb ishonyapsanmi? 
— Axir Jamshid deb ko‘mishibdi-ku? O‘likxonadan bizning ruxsatimizsiz olishgan. Qalbaki 
hujjat tayyorlashgan. 
— Ehsonovga shularni aytasanmi? 
— Aytmayinmi? 
— Arqonni uzun tashla. Ular bizni laqillatmoqchi bo‘lishibdimi, mayli, laqmaga o‘xshab 
ko‘rinaver. Biz Jamshidni qidirishimiz kerak. 
— Tirik deb o‘ylaysizmi? 
— Bilmadim. Balki tirikdir. Balki o‘ldirib ko‘mib tashlashgandir. Harholda, ular 
Jamshidning tirik ekaniga ishonishimizni istashayotganga o‘xshashadi. Ekspertiza 
xulosasidagi kamchilik bekorga aniqlanmagandir. Bo‘lim boshlig‘i indamay qo‘ya qolsa 
ham bo‘lardi. 
— Yana bir gumon bor: balki ikkala o‘limning qotili bir ekaniga ham 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish