Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
214
ko‘p. O‘n yildan beri qidirishadi. O‘zing ham ehtiyot bo‘l, buni ham ehtiyot qil», deb 
tayinlagan edi. Xazina Elchinning ixtiyorida, xat mazmunidan xabardor. Unga faqat 
bularning asl maqsadlari qorong‘u. 
«Zeli og‘a aytgan xushtorlardan biri shularmi? O‘lim oldida bularni chalg‘itdimi? O‘lim 
oldida? Meni bular laqillatmayaptimi? Unda xat-chi? Xat so‘nggi chora edimi u uchun?» 
Elchin Zelixonning Fedyani laqillata olgani, uning marhamati bilan ketar chog‘ida to‘shak 
bahona, Valyaning yotog‘iga kirganidan, maishat o‘rniga Valyaga gap tayinlaganidan 
bexabar edi. Valyaning Moskvaga uchgani, Xongirey bilan uchrashgani, Elchinni 
himoyasiga, Jamshidni esa xizmatiga olish haqidagi Zelixonning iltimosini yetkazgani 
ham u uchun qorong‘i edi. Zelixon ertami-kechmi Jamshid qaytsa, Elchin uni gumdon 
qilishga urinib, o‘zi ham halok bo‘lishi mumkin, degan xavotirda shu iltimosni Xongireyga 
yetkazgan edi. 
Zelixonning o‘limga borayotib ham birodarining bexavotirligini o‘ylashi Elchinga 
noma’lum edi. Ma’lum bo‘lgandami, bu ayriliqqa chidashi nihoyat darajada og‘ir 
bo‘lardi... 
Bir ozdan so‘ng Hosilboyvachcha eshik ostonasida ko‘rinib, Shomilni chaqirdi-da, unga 
nimadir deb pichirladi. Shomil Elchin tomon qarab olgach, tez-tez yurib ko‘chaga chiqdi. 
Elchin bir fitna boshlanganini sezsa ham, joyida tek turaverdi. Hosilboyvachcha kelib 
ko‘risharmikin, degan maqsadda ostonada picha turdi. Elchin uning maqsadini 
sezmaganday, bosh irg‘ab bo‘lsa-da, salomlashmadi. 
Hosilboyvachcha zaharli iljayib, u tomon yurdi. 
— Keling, Hofiz aka, qanday shamol uchirdi? — dedi piching bilan. 
Elchin «Sochining shamoli» demoqchi edi, Valyaning «Siz endi Xongireyning 
himoyasidagi odamsiz», degan gapini eslab: 
— Xongireyning shamoli, — deb, u ham zaharli iljaydi. 
Valya ham uydan chiqqach, uchovlari shiypon tomon yurdilar. 
— Hofiz aka, bir suhbatingizni olaylik, ja sog‘intirib yubordingiz. 
Elchin bu zaharli jilmayish, bu soxta mulozamat ortida qandaydir shumlik borligini bilsa-
da, o‘zini hech nima bilmaganday erkin tutdi. 
— Xo‘sh, Hofiz aka, to‘ylar qalay, bo‘lib turibdimi? — dedi Hosilboyvachcha yastanib 
o‘tirib. — Cho‘talni endi kimga beryapsiz? Bek akamgami? 
— Bek akangiz cho‘tal oladigan gadolar toifasidan emaslar. Shuni bilmasmidingiz? Men 
ham cho‘tal beradigan ovsar emasman. Og‘zidagi luqmasini oldiradigan laqmalar 
boshqalar. 
Elchin «cho‘tal oladigan gadolar» deganda eng avval Hosilboyvachchani nazarda tutib, 
o‘z ko‘nglida uni tuzlagan edi. Hosilboyvachcha o‘ziga qarata haqorat toshi otilganini 
bildi. Bildi-yu, sir boy bermay masxaraomuz kuldi: 
— Katta ketmang, Hofiz aka, buzoqning yugurgani somonxonagacha. 
Elchin «bir marta tuzlaganim yetadi, to‘ng‘iz bilan olishishdan foyda yo‘q», degan fikrda 
bu zaharli gapga javob qaytarmadi. 
Ikki soat davomida mayda-bachkana gaplar bilan band bo‘ldilar. Shomil hovliga kirib 
uzoqdan «yo‘q» ma’nosida bosh chayqagach, Hosilboyvachcha tizzasiga shapatilab urib, 
o‘rnidan turdi: 
— Rahmat, Hofiz aka, bi-ir miriqdik suhbatingizdan. Shunaqa kelib turing... Otamlashish 
yaxshi narsa-da, a? 
Valya xayrlashish uchun qo‘l uzatmay, sovuqqina bosh irg‘ab qo‘ydi. 
— Akangiz buni tuflamay yopishtiribdi, shunga xafa, — dedi Hosilboyvachcha. 
— Qaytishga yo‘lkirasi bo‘lmasa beraymi? — dedi Elchin piching bilan. 
— O‘pkangizni sal bosibroq yuring, Hofiz aka. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish