Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
kiprik qoqmay turaverdi. Faqat otasi urib yuborganidan so‘ng tilga kirdi. U otasidan hech 
bo‘lmasa bir shapaloq yeyishini, shapaloqdan keyin musht tushib qolmasligi uchun 
yig‘lamsirab baqirishi lozimligini ham hisobga olgan edi. 
— Urmang! Agar ursangiz, bularning uyini yoqib ketishadi. 
— Kim yoqadi? — deb so‘rashdi baravariga. 
— O‘sha odamlar. 
— Sen ularni taniysanmi? 
— Yo‘q. Ko‘chada turuvdim. Bittasi keldi. Hasan akangnikiga kirib shu gapni aytasan
dedi. Men aytmayman, dedim. Aldayotgan bo‘lsangiz, meni o‘ldirishadi, dedim. U kishi 
«agar seni birov chertsa ham mana shu uyni yoqib yuboramiz», dedi. Agar kirib 
aytmasang, seni so‘yamiz, deyishdi. Mana bu yerimga pichoq tiqib olay dedi,— U 
shunday deb barmog‘ini bo‘g‘ziga niqtadi. Onasi Uning gapiga chippa-chin ishonib, 
qo‘rqib ketdi. U esa gapi ta’sir eta boshlaganini sezib, so‘nggi, hal qiluvchi zarbani berdi: 
— Ishonmasangiz mentlarga xabar qiling. Hammasini aytib beraman. Ular o‘g‘rilarni 
topishadi. 
— Mentlaring kim? — dedi opoqisi tushunmay. 
— Milisa,— deb po‘ng‘illadi U. 
— Adasi, gapi to‘g‘ri, a? 
— Yo‘q, milisaning keragi yo‘q. Ularni o‘zimiz topamiz. Hasanjon oshna, buni menga 
qo‘yib bering, bilganlarini joniga qo‘shib bo‘lsa ham sug‘urib olaman. Topilmasa, 
mollarning teng yarmi mening bo‘ynimda. 
Ular chiqib ketishgach, otasi yana iskanjaga oldi. Yana urdi. Endi onasi yonini oldi. 
— Aytmasam o‘ldirishardi, deyapti-ku? Shularning moli deb mening bolam o‘lib ketishi 
kerakmidi? 
— Hovliqma, e galvars, buningni qo‘rqitishgan. Bu hezalak bitta gapga laqqa tushgan. 
— Laqqa tushmadim. Qo‘rqqanim ham yo‘q. Men hezalak emasman,— dedi U dadil.— 
O‘ldirmasligini bilardim. Lekin boshqa ishni albatta qilardi. 
— Qanaqa ishni? 
— Hasan akaniki bo‘lmasa, biznikiga kirishardi. Shu ko‘chadan ikkita uyni mo‘ljallashgan 
ekan. 
Shu gapi boshi uzra quyuqlashayotgan abri baloni tarqatdi. Otasi shashtidan tushdi, 
onasi  Uning aqliga tasanno aytdi. 
U quruq qolmadi o‘shanda. Cho‘ntagi pulga to‘ldi. Shomil uchun qilib yurgan barcha 
xarajatlari qoplandi. «Sizga bildirmay sigaret sotuvdim», deb onasiga ham puldan berib, 
olqish oldi. Qolgan pulni Shomilning atrofidagi bolalarni iydirishga sarflay boshladi. 
Shomil boshqalarga nisbatan ko‘proq unga ishonardi. Shu ishonch tufayli Shomilning 
katta akalari davrasiga kirib bordi. Katta akalar bilan Uning orasida Shomil bor edi. Uni 
yo‘ldan olish, katta akalarga vositachisiz yaqinlashishni o‘yladi. Bir necha uyni 
o‘marishda yordam bergach, katta akalar ham uni yaxshi ko‘rib qolishdi. Ana o‘shanda u 
aqlini ishga soldi. Shomilni mustaqil ishlashga unday boshladi. Shomil yoniga uch bolani 
olib, u ko‘rsatgan uyga tushdi. U esa o‘sha zahoti militsiyaga xabar qildi. Bir marta 
sudlangan Shomil qulog‘ini ushlab ketdi. U esa olg‘a boraverdi. Avval kinoxona atrofining 
mutlaq xo‘jayini bo‘ldi. Shomil bolalarni kuch bilan ushlab turardi. U esa puli bilan 
ushladi. Shomil qamoqdan qutulib chiqqanida Uning ta’sir doirasi ancha kengaygan, 
oddiy Hosil emas, chindan ham Hosilboyvachchaga aylangan edi. Shomilga xiyonat 
qilgan bo‘lsa ham, qamoqdan chiqishini aniqlab, o‘zi kutib oldi. Shohona izzat ko‘rsatdi. 
— Xoinligingni bilsam ham seni sotmadim,— dedi Shomil unga. 
— Siz — zo‘rsiz! Sotmasligingizni bilardim. 
— Nimaga atrofimda pashshaxo‘rda bo‘lyapsan, endi qo‘rqyapsanmi? 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish