Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
— Ushlamaysizmi? 
— Bu yog‘ini o‘zimga qo‘yib ber. Sen bugungi ishingni bajarding. Endi og‘zingga qulf 
urib, jim yur. Uchariq-to‘rtariq qilib jo‘nab qolma. Shahardan bir qadam nari-beriga 
chiqmaysan, tushundingmi? 
Sayfi «tushundim», deb bosh irg‘adi. U faqat Hamdamning bu gapiga emas, balki 
bulardan hali-beri qutulmasligiga ham tushunib yetdi. 
Ko‘prikdan o‘tgach, Hamdam mashinani to‘xtatib, tushib qoldi. Sayfi uzoqlashishi bilan, 
izma-iz kelayotgan «Volga» to‘xtadi. 
— To‘qson birinchi uy ekan, — dedi Hamdam, mashina eshigini ochib. — Odam chaqirish 
kerak. Ungacha men bir qarab chiqaman. 
Hamdam mashinalar oqimiga muqobil yurib, to‘qson birinchi uy eshigini taqillatdi. 
Ikkinchi marta taqillatganida ichkaridan «hozir» degan zaifgina tovush chiqdi. So‘ng 
darvozaning bir tabaqasi mungli ovoz chiqarib qiya ochildi-da, uzun yengli ko‘ylak kiygan 
keksa ayol ko‘rindi. 
— Keling, bolam, — dedi u, Hamdamning salomiga alik olgach. 
— Keliningiz bilan ijaraga uy qidirib yuruvdik. Siznikida bo‘sh joy bor, deb eshitdim. 
— Voy, bolam-ey, sal kech kelibsiz-da. Joy boridi, odam qo‘yib qo‘ydik. Siz oilangiz bilan 
turmoqchimidingiz? Nechta bolangiz bor? 
— Bittagina. Uch yoshda. 
— Voy, attang-e, biz bop ekansizlar-a, cholim qaysar-da, sabr qilaylik, desam, ko‘nmadi. 
Ikkita yigitni boshlab kelib, joyladi. Chulchitmi-ey, tiliga tushunmayman. Bir paydo 
bo‘ladi, bir ko‘rinmay ketadi. Bunaqasi menga yoqmaydi, bolam. Chol-kampirga oilali 
odam afzal-da. Bola ermak bo‘ladi, lozim bo‘lib qolsa, issiq-sovuqdan ham xabar olib 
turishadi. Siz, bolam, noumid bo‘lmang-a, hali cholim kelsin, bir gaplashay, bularga 
javob bersin. 
— Ijarachilaringiz shu yerdami? 
— Shu yerda bo‘lmay qolishsin. Uyquga to‘yishmaydi bular. Aqli bo‘lsa, shom kirganda 
uxlarmidi... 
Hamdam erta-indin xabar olajagini bildirib, iziga qaytdi. Ko‘p o‘tmay, qo‘shimcha kuchlar 
yetib kelgach, to‘rt yigitni yoniga olib, yana darvoza oldida paydo bo‘ldi. 
— Voy, cholim hali kelmadilar, — dedi ayol ajablanib. 
— Xolajon, bir gap aytaman, faqat siz vahima qilmang. Mana bu yigitlar milisadan, 
ijarachilaringizni ko‘rishmoqchi. Siz ular yotgan uy eshigini ko‘rsatingu, o‘zingiz tez 
chetga chiqing, — dedi Hamdam. 
— Voy o‘la qolay, voy Xudo urdi, — dedi ayol. 
— Vahima qilmang, dedim-ku. 
Ayol qo‘li bilan chap tomondagi eshikni imlab ko‘rsatib, o‘zi to‘g‘ridagi ayvon sari yurdi. 
Titroq ovozda nimadir dedi. 
Hamdam eshikni zarb bilan tepib ochishi bilan to‘rt yigit otilib ichkari kirishdi. Dong qotib 
uxlab yotgan yigitlar qimirlab ham qo‘yishmadi. Xontaxta ustidagi bo‘shagan aroq 
idishlari, dimoqqa urilgan nasha hididan hammasi ayon edi. Yigitlarning betlariga 
shapatilab, suv sepib arang o‘zlariga keltirishdi. Ular uyg‘onganday bo‘lishsa-da, hali 
kayfdan qutulmagan, nima bo‘layotganini anglab yetmagan edilar. Ularning qo‘llariga 
kishan urib olib chiqilgach, Zohid ayolni chaqirib, xonaga kirdi-da, ko‘zdan kechira 
boshladi. 
— Ko‘rpa-to‘shaklar meniki, aylanay bolam, — dedi ayol qo‘rqibgina. — Ular qup-quruq 
kelishgan. Hali ijara pulini ham berishmovdi. 
— Bularning o‘zlari izlab keldimi yo birov iltimos qildimi? — deb so‘radi Zohid. 
— Cholim boshlab keluvdilar. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish