Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
212
quchgan, yonog‘idan bo‘sa olgan edi... Endi nazarida bu hovlidan nur qochgan, 
g‘unchalari to‘lib erta-indin ko‘z ochaman, deb turgan atirgullar ham xunuk, marmar 
favvora ham o‘lik... Quyosh bor-u, fayz yo‘q, xonadon qorong‘u. Xonalarda hayot kezib 
yuribdi, ammo baxt yo‘q... 
Faqat boloxona... Baxt o‘sha yerda berkinganmi?.. Uning ko‘ngil qo‘ygani o‘sha yerda. 
Orzulari dafn etilgan bu xonadonga faqatgina uni ko‘rgani keladi. Ko‘rish nasib etsa, 
ko‘ngli battar ezilib, uyiga qaytadi. Homiladorligini bilganidan beri eri uni boshida 
ko‘tarib yurguday bo‘ladi. Elchin uni suyib-quchgani sayin u Jamshidni ko‘proq o‘ylaydi. 
Yolg‘iz qolganida to‘lishib borayotgan qorniga qarab, hali tug‘ilmagan boladan 
nafratlanadi. Nazarida uni baxtsiz qilgan, umidlarini chil-chil sindirgan — shu bola. 
Xayriyatki, nafrat qo‘zigan paytda onalik mehri ham uyg‘onib, uni yomon xayollardan 
qaytaradi. 
Manzura qizidan ko‘z uzmay, xo‘rsindi. 
— Yotib qola qol, qizim, — dedi o‘ksik ovozda. 
Zaynab onasining dili pora-pora bo‘lib ketayotganini sezmadi. Hovli uzra bemaqsad kezib 
yurgan nigohini yig‘ib, unga qaradi. 
— Buguncha qola qol, — deb takrorladi Manzura. 
— Yo‘q, ketaman, — u shunday deb hovliga tushdi. Chiqib ketgunicha boloxonaga ikki-
uch qarab qo‘yganini Manzura sezdi. 
Zaynab uyiga qaytdi-yu, bepoyon sahroda yolg‘iz tashlab ketilgan bechora holiga tushdi. 
Kunni erinchoqlik bilan o‘tkazgan quyosh endi ufqdagi bulutlar chetini qizartirib 
botmoqda edi. Osmonni bezagan bu manzara aldamchi, bulut chetlari qizil esa-da, bag‘ri 
qora edi. 
Hayot ostonada kutmaydi. Quyosh botishi bilan bu bag‘ri qora bulutlar chaqin chaqib, 
bostirib keladi. Dov-daraxtni savalab o‘tib ketgach, yulduzlar charaqlaydi. So‘ng yana 
quyosh chiqadi. Barglarda ilinib qolgan tomchilar javhar singari yaltillaydi. Ammo 
Zaynabning xufton dili bundan yorisharmikin? Ayriliq dardi yengilib, umid guli 
ochilarmikin? 
Quyosh botmay turib, ko‘z o‘ngida borliq xira tortdi. 
Yolg‘iz... Nido yo‘q... Go‘yo quyosh barchani o‘limga mahkum etib, vidolashib 
ketayotganday. Tor ko‘kragiga bandi yuragi behalovat tepadi. Tepib-tepib ko‘krak 
qafasini sindirib qochib ketgisi keladi. Bu vujudini tark etmoqni istaydi. Tark etolsa o‘tli 
hasratlarning fig‘onlari mangulikning sukutiga g‘arq bo‘la olarmikin? 
Bu xonadonga qadam bosib kelganidan beri uning hayoti puch xayollar zindoniga 
berkildi. Berkildi-yu, qulf-kaliti birovning qo‘lida qoldi. Topishgan taqdirlarida to‘lin oy va 
osmon singari bo‘lar edilar. Endi osmon to‘lin oysiz tund bo‘lib olgan. Dil qorong‘i. Dil 
og‘riydi. Ko‘z yoshi xuddi yomg‘ir... Ko‘zlarni yosh kuydiradi... 
Uning dardiga kim sherik bo‘lishi mumkin? 
Zaynab bu tun yolg‘iz qolishini, yolg‘izlikning temir tirnoqlari orasida azob chekishini 
bilardi. Elchin «bir-ikki kun uyingizda turing», deb ketdi. Shu gapga binoan uyga borgan 
edi. U yerga ham sig‘madi. Yolg‘izlikdan qo‘rqqani holda yolg‘izlikni istadi. Hozir esa 
qayoqqadir borgisi keldi. Kim bilandir gaplashgisi keldi. Tanish-bilishlari ko‘p. Ostona 
hatlab kirib borguday bo‘lsa, quchoq ochib kutib olguchi yaqinlari ko‘p. Ammo qay biri 
uning dardini tushunadi? Qay biri «qo‘y, o‘sha otarchi erni, suyganing bilan bo‘l», deydi. 
Hech kim aytmaydi. Aksincha, «Sabr qil, shayton yo‘liga kirma», deyishadi. Nasihat 
qilishadi. «Kimga hasratingni aytsang, dardingni olish o‘rniga, birdaniga donishmandga 
aylanadiyu bisotidagi nasihatlarini sochib tashlaydi, — deb o‘yladi Zaynab. — 
Nasihatgo‘y aqli butunlar muncha ko‘p bo‘lmasa, bu dunyoda. Dardkash muncha kam...» 
Zaynab o‘zini o‘zi chalg‘itish uchun oshxonaga kirdi. Bir o‘zi uchun ovqat qilg‘isi kelmay, 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish