www.ziyouz.com kutubxonasi
190
edi. — Odamlaring Farg‘onada yurgan ekan. Turklar bilan pachakilashishibdi.
— Pachakilashishsa sizga nima? U yerlar mening chekimga tushgan. Kelgindilar izzatini
bilishi kerak.
— Men ham kelgindiman. Bir burda noningni tortib olgani kelgan emasman. Xudo nasib
etsa, hammamiz yurtimizga ketamiz. Sen noningni boshqa kelgindilardan ehtiyot qil.
Turklarga tegma.
— Xongirey boshqalarning ishiga aralashmas edi. Senga ham o‘rgatmagan ekan-da, a?
— Uka, omadingni bersin, qo‘l uzatsang osmondan yulduzlarni terib olasan. Men ham
rizqimni terib yeyman. Turklar ham och qolmas. Ammo qonning isi kelib turibdi,
gunohga botma. Odamlaringni chaqirib ol. U yerlar o‘zingga buyuradi, lekin hozircha
tegmay tur. Ko‘nglim yomon narsani sezmasa, oldingga kelmas edim.
— Turklar bizni o‘ldirishadimi?
— Yo‘q. Janjalni senlar boshlaysanlar, qon to‘kishga boshqalar tayyor turishibdi. Ular
qonlaringni ichib, g‘oyib bo‘lishadi. Baloga senlar qolasanlar.
— Kim ular?
— Vaqti kelganda bilib olasan.
— Shunaqami?.. Men chechenlar mard bo‘ladi, deb eshitardim. Quyonyuraklari ham
bo‘larkan-da, — dedi Hosilboyvachcha ijirg‘anib.
Zelixon ko‘zidan uchqun chaqnadi.
— Chechenlarga til tekkizma! Sen men bilan gaplashyapsan. Agar men senga qarab
turib, «o‘zbeklar lattachaynar ekan», desam yoqamanmi?
— Okaxon, men sizni odam deb gaplashishga rozi bo‘ldim. Hamma narsaning chegarasi
bor. Xongireyga tanishman, deb o‘zingizdan ketmang.
Zelixon Xongirey tanish emas, shogirdi ekanini aytmoqchi edi-yu, hamma sirni oshkor
etish shart emas, degan qarorga kelib, tilini tiydi. U Hosilboyvachchaga aytadiganini
aytib bo‘lgan, endi turib chiqib ketishi ham mumkin edi. Zelixon shahardagi kattalarning
biri Hosilboyvachcha ekanini dastlab eshitganida uni dadil, cho‘rtkesar yigitdir, deb
o‘ylovdi. Bir necha daqiqa burun barmoqlariga tilla uzuklar taqqan, o‘ziga zeb bergan
kibor yigitni ko‘rgach, hafsalasi pir bo‘ldi. U mard odamlarni yoqtirardi. Ro‘paradagi yigit
sher emas, tulki ekanini fahmlab, suhbatning boshidayoq Xongirey nomini tilga olib
yanglishmagan edi.
Hosilboyvachchaga bir chechen odam gaplashmoqchi, deyishganda dastlab Xongireyni
esladi. Keyin chechenning oddiy o‘g‘rilardan ekanini bilgach, «dodini bir eshitib ko‘ray-
chi», deb ko‘ngan edi. Bu oddiy o‘g‘ri dodini aytish o‘rniga osmondan kelib, ishlariga
burnini tiqib turibdi. Bu odam Xongireyga tegishli bo‘lmasa ham, chechen degan nomi
bor. Xongirey bu odamni yoqtirmasligi mumkin, ammo chechenlar odamlarini birovlarga
xor qildirib qo‘yishmaydi. Hosilboyvachcha shuni bilgani uchun ham tishini tishiga qo‘ydi.
Agar ro‘parasidagi bu odam chechen emas, o‘zbekmi, qozoqmi bo‘lganida onasini
Uchqo‘rg‘onning qayqisidan ko‘rsatib qo‘yardi. U Xongireydan qo‘rqishini bildirgisi
kelmadi. Shu bois Zelixonni qay holda qarshi olgan bo‘lsa, shu holda xayrlashdi.
Zelixon chiqib ketishi bilan gumashtasini chaqirib «bu taviyaning kimligini aniqlashni»
topshirdi. Milisaxonada jinoyat ko‘chasiga kirib chiqqan har bir odam haqida ma’lumotlar
saqlanadi. Jinoyatchilar olamining ham o‘ziga xos ma’lumotnomalari mavjud. Ular ba’zan
milisalardan tezroq ma’lumot to‘plashlari, muayyan xulosaga kelishlari, lozim bo‘lsa
hukm chiqarib, ijro etishlari ham mumkin.
Hosilboyvachcha Zelixon to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni kechga yaqin oldi.
Zelixonning qamoqda Elchin bilan birga bo‘lgani, ozodlikka chiqqach, aka-ukaday
yurishlari uning e’tiborini tortdi.
«Uni Asadbek ishga solmayaptimi? — deb o‘yladi u. — Farg‘ona tomonlarning meniki
Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |