Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
qulog‘iga gap kirmas, bevosh go‘dak bo‘lib qolaveradi. Dunyoning sehri shundaki, qo‘sh 
qanoti — ikki o‘g‘ilning fe’liga qarab turib ularning shu onadan tug‘ilganiga shubhalana 
boshlaysan. Qosh-ko‘z onaga o‘xshasa-da, fe’l tog‘alariga tortgan. Anvar katta tog‘aga 
o‘xshaydi. Haqiqat izlab topgan ko‘chasi uni turmaga boshlagan edi. Tog‘asi ikki marta 
qamoq jabrini ko‘rgan bo‘lsa-da, Anvardan omadliroq, hatto baxtliroq ham edi, deyish 
mumkin. Chunki uning «siyosiy mahbus» degan nomi bor. «Xalq dushmani» deb 
qoralanganlar endi «xalq qahramonlari» sifatida e’zozda, Anvar haqiqat izlab kirgan 
ko‘cha esa, uni «jinni» degan unvonga sazovor etdi. Bu unvon yorlig‘i bir umr 
o‘zgartirilmasa kerak. 
Habib o‘rtancha tog‘asiga tortgan. Urushdan qaytib kelganidan beri kunduzi traktor, 
quyosh botganda yarimta aroqdan boshqa narsani tan olmaydigan tog‘asiga qarab turib
bu bandani ham Xudo yaratganmi, deb ajablanasiz. To‘rt yil qirg‘indan omon qaytgan 
odam ko‘kraklarini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan nishonlarini biron marta ham taqmabdi. 
Biron yerga haqini talab qilib bormabdi. Nemisni uzoqdan bir ko‘rib qolgan odamlar 
e’zozda yurganlarida u «nima uchun men qora moyga belanib yuraverishim kerak», 
demabdi. Uning urushga borganini keksaroq odamlar eslashadi, yoshlar esa bilishmaydi. 
Faqat bir ukrain, bir chex generali uni qidirib kelishdi-yu, shahar biqinidagi qishloq bir 
seskanib olganday bo‘ldi. Mehmonlar istagi bilan qishloq ahli, qarindoshlar to‘planib qirq 
yil sandiqda eski ro‘molga tugib qo‘yilgan nishonlar, suratlar olindi. Uning Berlinda 
Cherchill bilan tushgan surati barcha gazitlarda bosildi. «O‘zbek qahramoni», deb 
ko‘klarga ko‘tarildi. Ammo «o‘zbek qahramoni» bu paytda u dunyo lazzatlaridan 
bahramand edi. Generallar izlab kelmasidan ikki yil oldin nemisning o‘qi ololmagan 
odamni ajal dalada topdi — dorilangan yerga kirib hushini yo‘qotganicha, xuddi panadan 
uzilgan o‘qqa duch kelganday armonda ketdi. 
Habib, umri o‘xshamasin ishqilib, shu tog‘asiga tortgan. Olimlar «Yo‘qdan bor bo‘lmaydi, 
bordan yo‘q bo‘lmaydi», deganlaridek, inson fe’li, ruhi ham yo‘qlikka hukm qilinmas 
ekan. Risolat kampir bolalaridan o‘pkalab, «sen kimlarga o‘xshading, hayronman, 
dadang unaqa emas edilar» deb qolsa, «falonchi tog‘amga» deb kulishardi. Shunda 
Risolat kampir o‘g‘lining tog‘asiga sira o‘xshamasligini isbot qilish uchun akalarining 
fazilatlarini sanab ketardi. Oqibatda bu «fazilatlar qaysi biri senda bor?» deb so‘rardi. 
Uni bu paytda tinchlantirishning birdan-bir yo‘li — «hech qaysisi yo‘q» deb tan olish. 
Aslida-ku, Risolat kampir bolalarining kimga tortganini yaxshi biladi. Bilgani uchun ham 
ko‘ngli to‘q. Har holda erining urug‘lariga tortmadi-ku. Risolat kampirning qaynilari, 
qayinsingillari muttahamroq — bezrayib turib yolg‘on gapiraverishadi. Xudo Risolatga 
rahm qilib, farzandlarini ularga o‘xshatmadi. 
Bu dunyo azobidan yetarli totgan Risolat «ko‘zlarimdan nurni olgan parvardigor jonimni 
qachon olar ekan», deb yurganida kichigining «jinni bo‘lib qolganiga» asti chiday olmadi. 
Uning dardlariga hovli etagidagi o‘sha tanchali uy guvoh. Ko‘rishga yaramay qolgan 
ko‘zlar yig‘iga yarab turganiga ham ba’zan shukr qiladi. U Anvarning ishxonasidagi gap-
so‘zlarni, xalq otasining nayranglarini bilmaydi. «O‘g‘lim tirnoqqa zor bo‘lgani uchun 
siqilib kasalga chalingan», deb o‘ylaydi. Institutdagi ahvolni Habib ham aniq bilmaydi, 
ammo o‘zicha taxmin qiladi. Mana endi o‘g‘lining «tuzalib kelganidan» xursand ona ikki 
qanotida ikki o‘g‘li bilan hovlini kesib o‘tib, mehmonxonaga boryapti. 
3 
 
Habib bir piyola choy ichdiyu safarga hozirlik ko‘rishi lozimligini aytib o‘rnidan turdi. 
— To‘xta, o‘tir, — dedi Risolat kampir. — O‘ris bo‘lib cherkoving yo‘q, musulmon bo‘lib 
machiting yo‘q, san bolaning. Do‘mga borib musulmonchilikdan chiqding. Duo olib 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish