Xotima
Yoxud ikkinchi kitobning debochasi
ZOHID
1989 yil 29 may
O‘sha joy, o‘sha daraxt, o‘sha manzara. Faqat murda boshqa. Mashina boshqa.
— Bizning go‘lligimizni ta’kidlamoqchi bo‘lishganmi? — dedi mayor Soliev.
Zohid qotillik haqidagi xabarni eshitib yo‘lga chiqqanida aynan shu yer, aynan shu
daraxt deb o‘ylamagan edi. Manzarani ko‘rib, hayratda turganida mayor shu savolni
berdi. Zohid unga javob bermay murdaga tikildi.
— Aynan o‘shanday emas, — dedi o‘ychan. — Hozircha ikkita farq bor. Birinchisi
moshina yonmagan. Buning o‘rniga murdani yoqishgan.
— Buning ham boyligiga tegishmabdi, — dedi mashina ichini titayotgan Hamdam
Tolipov. — Ancha-muncha pul. Bezaklar bor ekan. Yigitlar hisoblashyapti.
— O‘zaro urushning boshlanganimi bu? — deb so‘radi Zohid mayordan.
Soliev yelka qisib qo‘ydi.
— Hali vaqt bor edi. Qaydam?
— Bizning ishimizni osonlashtirishmi yo chalkashtirishmi maqsadlari?
Bu savolga mayor Soliev javob bera olmas edi...
ELCHIN
1989 yil 1 iyun
Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |