Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
207
javob qaytardilar. Osh suzilishidan oldin Elchin: 
— Farg‘ona tinchmi, o‘zi? — deb so‘radi. 
— Tinch bo‘lmay qayoqqa borardi. Qizil poshshomizni Maskovga deputat qilib saylab 
qo‘yganmiz. Do‘ppini boshga chambarak qilib yuribmiz, qizil poshsho davrida 
Farg‘onamiz bi-ir gullaydigan bo‘lib turibdi. 
— Tolibjon erta-saharda birinchi ovoz bergan, — dedi davradagilardan biri. — Nima 
bo‘lsa Tolibjon javobgar. 
Askiyaga suyagi yo‘q yigitlar Tolibjonni bir-bir «olishgach», Elchin yana boshlab qo‘ygan 
gapiga qaytdi. 
— Turklar tinchmi? 
Kutilmagan bu savoldan hamma bir-biriga qarab oldi. 
— Turklarga nima bo‘libdi, — dedi Tolibjon ajablanib. — Bir gap bormi? 
— Har xil mishmishlarni eshityapmiz. 
— Bu mishmishlar yetib kelmadi bizga. Bir gap bor bo‘lsa eshitardim. Qo‘shnim turk. 
Kunda bo‘lmasa ham kun ora bir kosa ovqatni biz ularga ilinamiz, ertasiga ular bizga 
ilinishadi. Shavkat tog‘a deganimiz meni «o‘g‘lim-o‘g‘lim», deb boshiga ko‘targuday 
qiladi. Bugun ertamatan chiqib ikkita qo‘yimning junini olib berdilar, deng. Agar ularga 
tegishli noxushroq gaplar bo‘lsa, men eshitardim. Shavkat tog‘a hamma dardlarini 
menga aytadilar. 
Elchin oraga noo‘rinroq savol tashlaganini fahmlab, gapni teatrga burib yubordi. 
— Bugun Vodilda kontsertimiz bor, aka, oshdan keyin jo‘naymiz. Biz bilan borib 
ikkitagina ashula qilib bersangiz, jannatni hadya etganday bo‘lardingiz-da... 
Elchin bu taklifga ko‘ndi. Uni tamoshaning ikkinchi bo‘limida chiqaradigan bo‘lishdi. 
Tamoshaga to‘planganlar Elchinning kelganini eshitgan, dam-badam «Elchin chiqsin!» 
deb hayqiriqlar eshitilib qolar, bu xitoblar unga dovruqli kunlarini esiga solib, yuragini 
hapriqtirar edi. Elchin torni sozlab turganida Tolibjon bashang kiyingan bir yigitni 
boshlab keldi. Elchin uning ko‘zlarida tashvish uchquni ko‘rdi. 
— Ha, Tolibjon, bahay? — dedi hazil ohangida. Tolibjon javob berolmay, ko‘zlarini olib 
qochdi. Uning o‘rniga yigit javob qaytardi: 
— Men obkomdanman, mafkura bo‘limidan, — u shunday deb yon cho‘ntagidan qizil 
guvohnoma chiqardi. 
— Qo‘yavering, ishondim, — dedi Elchin, guvohnomaga qaramay. 
— Siz bugun sahnaga chiqa olmaysiz. 
— Nimaga endi? 
— Kontsert — mafkuraviy tadbir. Repertuarini obkom tasdiqlagan. Siz nima aytasiz, biz 
bilmaymiz. Madaniyat ministrligidan ruxsatingiz bo‘lishi shart. 
— Jon aka, bu kishini biz taklif qilganmiz. O‘zlaricha kelganlari yo‘q, — dedi Tolibjon 
bo‘g‘ilib. Elchin bu masalada ancha gap-so‘z bo‘lganini anglab, jilmaydi: 
— Tolibjon, akangizni qiynamang. 
— Ha, ana, tushunar ekansiz-ku! Men bularga tushuntiraman, deb jigarim qon bo‘lib 
ketdi. O‘tgan hafta Dadaxon deganlari kelib «qo‘zg‘aling», degan ashula aytibdi. 
Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish