Microsoft Word shaxsga jamiyatning tasiri eng avvalo uning manaviy tasavvurlarida dunyoqarashida xayotga bolgan munosabatlari



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana21.05.2021
Hajmi0,84 Mb.
#65147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
shaxsga jamiyatning tasiri eng avvalo uning manaviy tasavvurlarida dunyoqarashida xayotga bolgan munosabatlarida aks etadi.

         

         Xulosa 

 

Tavsiyalar 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

 

 

 

 

 

   

  

 

 


 

4

 



 

KIRISH 

                                                                                                                             

Shaxsga  jamiyatning  ta’siri  eng  avvalo  uning  ma’naviy  tasavvurlarida 

dunyoqarashida,  xayotga  bo‘lgan  munosabatlarida  aks  etadi.  Shu  ma’noda 

mafkuraviy ongning mazmuni va sog‘lom e’tiqodlar xam ijtimoiy muhit va unda 

o‘rnashib qolgan mezonlar asosida shakllanadi.  

Mustaqil  O‘zbekistonda  qisqa  fursatlarda  amalga  oshirilgan  jamiyat 

xayotidagi  tub  isloxatlarni  idrok  qilishlari  va  ularga  munosabatlar,  shubhasiz, 

fuqarolarning  yangicha  qarashlarida,  aniqrog‘i,  dunyoqarashlarida  namoyon 

bo‘ladi.  Ushbu  dunyoqarashlarning  mazmunini  tashkil  etuvchi  ilg‘or  g‘oyalar 

yaxlit  xalq  manfaatlarini  ifoda  etgani  sababli  ham  ular  milliy  mafkuraning 

mohiyatini tashkil etadi. 

Psihologik  nuqtai  nazardan  tahlil  qiladigan  bo‘lsak,  bugun  jamiyatimiz 

a’zolari  ongida  shakllanayoyotgan  milliy  istiqlol  g‘oyalarining  genezisi,  ya’ni 

kelib chiqib, ongga o‘rnashish jarayoni bir qator ijtimoiy psihologik holatlarni o‘z 

ichiga oladi. 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, milliy g‘oya yoki progressiv-ilg‘or g‘oya 

ma’lum  tarixiy  vaziyatlarda,  ijtimoiy  zaruriyatdan  kelib  chiqib  paydo  bo‘ladi. 

Lekin  uning  genetik  jixatdan  o‘zidan  avval  mavjud  bo‘lgan  ilg‘or,  o‘lmas 

g‘oyalarga,  milliy  qadryatlarga  tayanadi.  Masalan,  o‘zbek  xalqi  tarixiga  nazar 

tashlaydigan  bo‘lsak,  xalq  e’tiqodi  va  tafakkurining  sayqallashuviga  sabab 

bo‘lgan o‘lmas qadryatlar, xalq ma’naviyatiga taaluqli nodir meros bo‘lganki, ular 

bugungi  istiqlol  davrida  davlat  va  jamiyat  qurilishi  uchun  ma’naviy-mafkuraviy 

omil  rolini  o‘ynamoqda.  Sharqning  buyuk  mutafakkirlari  Axmad  al-Farg‘oniy, 

Mahmud  az-Zamaxshariy,  Abu  Nasr  al-Farobiy,  Abu  Bakr  Muxammad  ibn  Al-

Abbos  Al  Xorazmiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Ibn  Sino  kabilarning  ilmiy  merosi, 

Amir  Temurning  mutaqil  davlatchilikka  oid  qonuniyatlari,  fiqh  ilmining 

asoschilaridan bo‘lmish al-Marg‘iloniy hidoyatlari, Imom al-Buxoriyning hadisiy 




 

5

qarashlarida  bayon  etilgan  o‘lmas  g‘oyalar  asrlar  osha  xalq  e’tiqodining 



engilmasligining  yorqin  misolidir.  Bugungi  mustaqillik  va  istiqlolning  xar  bir 

kuni  xam  jamiyat  a’zolari  bo‘lmish  shaxslar  ruxiyati  uchun  shunday  tarixiy 

vaziyat  va  muhit  rolini  o‘ynamoqdaki,  buning    ta’sirida  yangi  g‘oyalar  paydo 

bo‘lishi  uchun  maqsad  paydo  bo‘ladi.  Shuni  aloxida  e’tirof  etish  kerakki  

shaxsdagi  xar  qanday  maqsad  xam  yangi  g‘oyaga  asos  bo‘lavermaydi.  Teran 

maqsadga  erishish  uchun  odamda  qatiy  ishonch  bo‘lishi  kerak,  va  u  oxir  oqibat 

maslakka aylanadi. Ana shunday maslakning inson qalbiga singib , uning yurish-

turishi,  fikrlarshi-yu,  tafakkur  tarziga  aylanishi  e’tiqoddir.  Bu  o‘rinda  yana  bir 

psixologik xolatni yoritish lozim, bu xam bo‘lsa, e’tiqodning bo‘lishi yoki qat’iy 

ishonchning  bo‘lishini  odamning  o‘zi  astoydil  xoxlashi  kerak.  Shaxsning 

nimalarni xoxlashi  yoki nimalarga ishonishi  masalasi  sof psixologik  muammolar 

sirasiga  kirgani  uchun  xam  milliy  istiqlol  g‘oyalarini  shaxs  dunyoqarashi 

mazmuniga aylanishi jarayonida psixologik omillar katta o‘rin tutadi. 

Bugungi  kunda  ma’naviyat  masalasi  ijtimoiy  xayotimizning  asosiy 

masalalaridan  biriga  aylanib  qoldi.  Mustaqillikning  dastlabki  kunlaridanoq  bu 

masalaga  katta  va  uzluksiz  e’tibor  berib  kelinmoqda.  O”zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  Islom  Karimovning  xar  bir  nutqi  va  maruzalari,  maqola  va  asarlarida 

yuksak ma’naviyat kelajak poydevori ekanligi qayta-qayta takidlanmoqda. «Zero, 

- deb uqtiradi Islom Karimov, - biz jamiyatimiz taraqqiyotini faqatgina iqtisodiy, 

ijtimoiy  farovonlik  bilangina  emas,  xalqimizning  ma’naviy  barkamolligi, 

demokratik  va  insonparvarlik  tamoyillarining  kishilar  ongida  nechog‘lik  chuqur 

ildiz otishi bilan baxolaymiz» 

        Ulug‘vor  deb  hisoblangan  ta’lim  tizimi  oldida  turgan  ustuvor 

vazifalardan  biri  –bu  “Ta’lim    to‘g‘risida”gi  Qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash 

Milliy dasturi” asosida Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlar 

yoshlarni  o‘z  xohishi,  irodasi  va  intilishiga  qarab,  ularga  chuqur  bilimlar 

berish, 

o‘tmishdan 

qolgan 

mafkuraviy 

qarashlardan 

to‘la 


x                                                                                                                             

oli  bo‘lgan  yuksak    ma’naviy  va  ahloqiy  talablarga  javob  beradigan 

raqobatbardosh  malakali  kadrlar  tayyorlashni  ta’minlashdir.  Maktab  ta’limi 



 

6

boshidan  bola    ikki    tomonlama  ham  oilada,  ham    maktabda  tarbiyaviy    ta’sir  



ostida    bo‘ladi.  SHu  sababli  tarbiyaviy  ta’sirlarning,  bir  xil  yo‘nalishda  bo‘lishi 

komil  shaxsni  tarbiyalashga  asos  bo‘ladi.    Maktab  va  o‘qituvchining  vazifasi 

o‘quvchilarga  ta’lim  berishgina  emas,  balki  ularning  qobiliyatlarini  ham 

o‘stirishdir. Qobiliyatlarni o‘stirishda o‘quv ishining ahamiyati nihoyatda kattadir. 

Bolalardagi    qobiliyatlarning borligi  haqida,  avvalo  ularning  qanday  o‘qishlariga 

o‘quv  materialini  qanday  tushunishlariga,  eslab  qolishlariga,  o‘z  bilimlarini 

qo‘llay  bilishlariga,  masalalarni  echishda  qanchalik  puxta  fikr  yuritishlariga, 

yozma  va  og‘zaki  nutqni  qanchalik  egallaganliklariga  qarab  xukm  chiqarish 

mumkin.  Quydagi  sifatlar:  ziyraklik,  tez  va  puxta  eslab  qolish,  o‘ylay  olish, 

topqirlik,  rivojlangan  hayol,  ishda  tashabbuskorlik,  mustaqillik  va  uning 

mahsuldorligi bolalar qobiliyatlarining ba’zi bir ko‘rsatkichlari bo‘lishi mumkin.  

        O‘smirlik  bolalikdan  kattalikka  o‘tish  davri  bo‘lib,  fiziologik  va 

psixologik  jihatdan  o‘ziga  xos  xususiyatlari  bilan  xarakterlanadi.  Bu  bosqichda 

bolalarning  jismoniy  va  psixik  taraqqiyoti  juda  tezlashadi,  hayotdagi  turli 

narsalarga  qiziqishi,  yangilikka  intilishi  ortadi,  xarakteri  shakillanadi,  ma’naviy 

dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi.  

      O‘smirlik  balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi xislar, sezgilar va jinsiy 

hayotga  taalluqli  chigal  masalalarning    paydo  bo‘lishi  bilan  ham  xarakterlanadi. 

Bular ta’sirida o‘smirning xarakteri, atrofdagi kishilar bilan muomalasi, jamiyatda 

sodir  bo‘layotgan  voqealarga  munosabati    tez  o‘zgarib  boradi.  Ba’zan  ijtimoiy 

masalalar to‘g‘risida noto‘g‘ri tassavvur va yanglish fikrlar hosil bo‘lishi tufayli u 

muayyan tartib qoidalarga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi. 

     Bola kamolotining bu davrini ko‘pincha «qiyin», «murakkab», «muhim» 

davr  deyiladi.  Ota-onalar  hamda  hali  tarbiyaviy  ish  sohasida  etarli  tajribaga, 

shuningdek  o‘smirlik  yoshidagi  bolalarning  yosh  va  individual  xususiyatlari 

haqida  zarur  bilimlarga  ega  bo‘lmagan  yosh  pedagoglar,  odatda  o‘smirlarni 

tarbiya-  

lash  juda  qiyin  deb  o‘ylaydilar.  Lekin  hozirgi  kunda  o‘smirlarni 

tarbiyalashni  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  qonuniyatlari,  imkoniyatlari,  xatti  harakat 



 

7

motivlarining  ifodalanishi  va  vujudga  kelishining  murakkab  mexanizmlari  fanga 



ma’lumdir.  

     O‘smirlik  davri  o‘zining  taqlidchanligi,  muhim  nuqtai  nazarning 

shakillanmagani,  hissiyotga  beriluvchanligi,  mardligi,  tantiligi  bilan  farqlanadi. 

Bu  o‘smirlarga  xos  xususiyatdir.  Shuning  uchun  tashqi  ta’sirlarga  beriluvchan 

o‘smir o‘g‘il- qizlarga alohida e’tibor berish talab qilinadi. 

    Bu  yoshda  o‘smir  rivojida  keskin  o‘zgarishlar  ro‘y  beradi.  Bu 

o‘zgarishlar  biologik,  fiziologik  hamda  psixologik  o‘zgarishlardir.  Fiziologik 

o‘zgarish  jinsiy  etilishning  boshlanishi  va  bu  bilan  bog‘liq  ravishda  tanadagi 

barcha  a’zolarning  mukammal  rivojlanishi  va  o‘sishi,  xujayra  va  organizm 

tuzilmalarining  qaytadan  shakllana  boshlashidir.  Organizmdagi  o‘zgarishlar 

bevosita  o‘smir  endokrin  sistemasining  o‘zgarishlari  bilan  bog‘liqdir.  O‘smirlik 

yoshida  bolalikdan  kattalikka  o‘tish  jarayoni  sodir  bo‘ladi.  O‘smirda  psixik 

jarayonlar keskin o‘zgarishi bilan aqliy xususiyatida ham burilishlar sodir bo‘ladi. 

Bu o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tug‘iladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida 

ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va uslublari 

o‘smirni  qoniqtirmay  qo‘yadi.  Ko‘pgina  o‘smirlarda  o‘zidan  qonikmaslik  holati 

kuzatiladi.  SHuningdek,  o‘zi  hakidagi  mavjud  fikrlarining  bugun  unda  sodir 

bo‘layotgan o‘zgarishlarga  to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib 

keladi.  Bu  esa  o‘smirda  o‘zi  haqida  salbiy  fikr  va  qo‘rquvni  yuzaga  keltirishi 

mumkin. 


      Ana  shunga  o‘xshash  o‘zgarishlar  ko‘pincha  o‘smir  ruhiyatiga  o‘z 

ta’sirini  o‘tkazadi.  U  tajangroq,  ba’zida  huda-behudaga  injiqlik  qiladigan, 

serzarda, gap ko‘tarmas bo‘lib qoladi. 

     O‘smirlik  davrida  etakchi  faoliyat-  bu  o‘qish,  muloqot  hamda  mehnat 

faoliyatidir.  O‘smirlik  davri  muloqotining  asosiy  vazifasi  bu  –  do‘stlik, 

o‘rtoqlikdagi elementar qoidalarni aniqlash va egallashdir. 

     O‘smirda psixik jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida 

ham  burilishlar  seziladi.  SHuning  uchun  shaxslararo  munosabatlarda,  o‘quvchi 

bilan  o‘qituvchi  muloqotida,  kattalar  bilan  o‘smirlarning  muomalasida  qat’iy 



 

8

o‘zgarishlar  jarayonida  qiyinchiliklar  paydo  bo‘ladi,  bular  avvalo  ta’lim 



jarayonida ro‘y beradi, yangi axborotlar, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi 

va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. 

      Butun  a’zolarida  keskin  fiziologik  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ladi.  Unda 

o‘pka,  yurak,  jigar,  taloq,  buyrak  hajmlari  kattalashadi.  Bundan  tashqari  gavda 

tuzilishi ham o‘zgaradi. 

       Kattalarning  o‘smir  yoshidagilarga  ta’sir  ko‘rsatishi,  tarbiya  berishi 

uchun eng qulay sharoit bu- mehnat bilan shug‘ullanishidir. Agar kichik yoshdagi 

bolalar yordamchi bo‘lish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar 

kattalar  bilan  teng  ravishda  faoliyat  ko‘rsatayotganlaridan,  lozim  bo‘lganda 

ularning  o‘rinlariga  ham  ishlay  olishlaridan  qoniqadilar.  Endi  o‘smirlar  o‘yin 

faoliyatiga  kamroq  vaqtlarini  ajratgan  xolda  ko‘prok  jiddiy  ishlar  bilan 

shug‘ullana boshlaydilar va ularning bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi.  

      O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch uning faoliyatini 

vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi 

qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni 

psixologik  kamolotni    ta’minlash,  faoliyat  turlarini  murakkablashtirish  orqali 

o‘smir  shaxsida  yangi  psixologik  fazilatlarni  tarkib  topdirish  bilan  asta-sekin 

yo‘qotish mumkin. 

       O‘smir  o‘quvchi  ruhiy  dunyosida  paydo  bo‘ladigan  bunday  holatlar 

balog‘at davri o‘tishi bilan bir me’yorga kelib qoladi. Lekin farzand o‘stirayotgan 

har  bir  ota-ona  bolaning  o‘sishi  to‘g‘risida,  uning  o‘ziga  xos  xususiyati  haqida 

zarur tushunchaga ega bo‘lsalar foydadan holi bo‘lmaydi, albatta. 

       Shu  narsani  alohida  ta’kidlash  kerakki,  bu  yoshdagi  o‘smirlar  o‘ta 

ta’sirchan, ayniqsa tashqi ta’sirga, tashqi voqealarga beriluvchan bo‘ladilar. Ishqiy 

kitoblar o‘qish,  shunga o‘xshash  kinofilmlarni tomosha qilishga  juda  qiziqadilar. 

O‘zlarining tashqi qiyofalariga ko‘prok e’tibor bera boshlaydilar. O‘g‘il bolalarda 

soch  qo‘yish,  durustroq  kiyinish  ishtiyoqi  tug‘iladi,  qizlar  esa  oynaga  ko‘prok 

qaraydigan  bo‘lib  qoladilar.  Ular  o‘zlariga  oro  berishni,  malikalarday    go‘zal 

ko‘rinishni istaydilar, orasta ko‘rinishga urinadilar. Bu tabiiy holdir. 



 

9

     Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zlarining ma’naviy xususiyatlari bilan boshqa 



yoshdagi  bolalardan  keskin  farq  qiladilar.  Ular  ham  jinsiy,  ham  jismoniy,  ham 

aqliy  jihatdan  etilgan  bo‘ladilar.  SHu  tufayli  ular  vazmin  tabiatli,  mulohazali, 

kattalarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar. 

     O‘smirlik  yoshida  psixologik  jihatdan  eng  muhim  hisoblangan  yangi 

xislatlarni  tarkib  topishi  unda  o‘ziga  xos  kattalik  xissining  yuzaga  kelishidir. 

O‘smir  bu  hissiyotni  o‘z-o‘ziga  katta  yoshli  odam  sifatida  bo‘lgan  shaxsiy 

munosabatlarni  kattalar  jamoasida  ular  hayotining  to‘laqonli  va  to‘la  xuquqli 

a’zosi sifatida yashashga tayyor ekanligini sub’ektiv tarzda ichidan kechiradi. 




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish