RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING VAFOTLARI HAQIDA
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlari tamomi tarix ittifoqlari bilan dushanba
kuni bo‘lgan. Tarix o‘ninchi sana xijriyning rabi’ul avvali edi. Aksari muarrixlar o‘n
ikkinchi rabi’ul avval dedilar. Lekin muxaddislar taxqiqlarida ikkinchi rabi’ul avvalda
ekanligi sahih ko‘rilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotining avvali bosh
og‘riqdan boshlandi. O’sha kuni volidamiz Oisha roziyallohu anhoning uylarida edilar.
Keyin Maymuna roziyallohu anho navbatlari bo‘lgan kunda dardlari yana ziyoda bo‘ldi.
Shu hollarda ham volidalarimizning navbatlarini barobar berib turdilar. Xastaliklari
tobora ziyoda bo‘la boshlagan edi, Janobning ishoralari bilan hamma volidalarimiz to
bemorlikdan tuzalgunlaricha Oishaning uylarida tursinlar deb rozi bo‘ldilar. Avvali va
oxiri o‘n ikki kun yo o‘n to‘rt kunda dunyodan oxirat diyoriga rihlat qildilar. Va dushanba
kuni chosht vaqtda bu voqea vujudga keldi.
302. Anas roziyallohu anhu dedilar: Mening Janobi Rasuli akram sollallohu alayhi
vasallamning muborak diydorlariga oxiri musharraf bo‘lishim dushanba kuni edi.
Bomdod nomozini sahobai kirom Abu Bakr roziyallohu anhuning orqalarida o‘qib turib
edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam birdan xonai saodat pardasini ko‘tardilar.
Ummatlarining namozlarini ko‘zdan kechirdilar. U vaqt Janobning chexrai muboraklari
safoda, nurda guyo mushaf sharifning sof bir varag‘iga o‘xshar edi. Bu holni ko‘rib,
sahobalar orqaga surildilar – shoyad namozga kelsalar, degan umidda betoqat bo‘ldilar.
Janob sollallohu alayhi vasallam hammalaringiz o‘z-o‘z joylaringizda turinglar deb ishora
qildilar, va pardani tushirdilar. Va shu kunning oxirida jon taslim qildilar.
303. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafot
qilgan kunlarida men Janobni o‘z siynamga suyab o‘tirdim. Jon berilishdan avval bir idish
talab qildilar. Unga peshob qilib bo‘lganlaridan keyin jon berdilar.
304. Oisha roziyallohu anho dedilar: Men Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni
ko‘rdim, jon berib turgan soatlari edi. Qoshlarida bir idishda suv bor edi. Muborak
qo‘llarini u idishga solib, chexrai anvorlariga surkar edilar, va der edilar: “Yo, Alloh, o‘lim
achchiqliklari ustida menga madadkor bo‘l”.
305. Oisha roziyallohu anho dedilar: Men Janobi Rasululloh sollallohu alayxi
vasallamning vafot soatida qiynalganliklarini ko‘rganimdan keyin biron kishining oson
o‘lishini ko‘rib, uni orzu qilmadim. (Ya’ni, oson jon bermoq o‘sha jon berguvchining
fazilati bo‘la olmas ekan. Agar shunday bo‘lsa edi, Sarvari koinot sollallohu alayhi
vasallam oson jon berar edi).
306. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etgan
vaqtlarida, sahobai kirom u zotning muborak jasadlarini qaysi yerga dafn etish xususida
ixtilof qildilar. Ba’zilari masjidga, ba’zilari Baqi’ga (Madinadagi qabriston), ba’zilari
bobolari ko‘milgan joylari Quddus sharifga, ba’zilari asli vatanlari Makkai mukarramaga
dafn qilaylik dedilar. Shu holda Abu Bakr roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamdan bir hadis eshitganman. Uni xech faromush qilmadim: Alloh
taolo har nabiiyning jonini nabiy u yerga dafn qilinishini do‘st tutadigan bir yerda qabz
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Do'stlaringiz bilan baham: |