www.ziyouz.com kutubxonasi
55
ayamas edilar. Diniy va dunyoviy manfaatlarni ulardan darig‘ tutmas edilar va Janobning
odati karimalaridan biri shu ediki, kelguvchilardan ahli ilm va axli amallarni kirishga
ijozat berishda boshqalarga tarjix berar edilar. Hamda vaqt berishda ularning dini fazlu
sharaflariga muvofiq taqsim qilar edilar. Kelguvchilarning ba’zilarini birgina xojati bo‘lar,
ba’zilarining ikki hojati bo‘lar, ba’zilarida bir necha xojati bo‘lar edi. Janob
hammalarining hojatlarini ravo qilar edilar, va ularni ularning o‘zlariga ham va ummatga
manfaati bo‘ladigan ishlarga mashg‘ul qilar edilar. Jumladan, diniy muxim ishlar bo‘lsa,
Janobdan savol qilardilar va Janob ularga munosib bo‘lgan ishlarni bildirardilar.
Derdilarki, sizlardan bu majlisda xozir bo‘lgan zotlar hozir bo‘lmaganlarga bu yerda bo‘lib
o‘tgan foydali so‘zlarni yetkazsinlar. Hojatini menga yetkaza olmaganlarning xojatlarini
sizlar menga yetkazinglar, chunki kimki podshoxga o‘zi uni yetkaza olmayotgan bir
odamning xojatini yetkazsa, Alloh Taolo qiyomat kuni u odamni sobit qadam qiladi.
Shuning uchun sizlar hamisha xayr ish uchun vosita bo‘linglar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qoshlarida bundan boshqa so‘zlar qilinmas edi.
Majlisda foydasi va manfaati bo‘lmagan so‘zni xech kimdan qabul ham qilmas edilar.
Sahobalar qachon majlisi nabaviyga kirsalar, diniy ishlarining isloxiga tolib bo‘lib kirar
edilar, va to biror manfaat xosil qilmay chiqib ketmas edilar. Majlisi muborakdan
chiqqanlar xalq uchun raxnamo va xalqni xayr ishlarga dalolat etguvchi bo‘lib chiqar
edilar.
Ukam Xusayn deydilar: Men otamdan bobomiz sollallohu alayhi vasallamning tashqariga
chiqishlari haqida savol qildim. Otam dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam o‘zlariga zarurati bo‘lmagan so‘zlardan muborak tillarini saqlar edilar.
Kelguvchilarga dilbarlik qilib, o‘zlariga rom qilar edilar, va ularni o‘zlaridan qochirmas
edilar. Har qavmning buyugi va aziziga xurmat-izzat ko‘rgizar edilar, va uni o‘zlariga
sardor qilar edilar. Odamlarni Alloh Taoloning azobidan qurqitar edilar, va o‘zlari
odamlardan extiyotda bo‘lar edilar. Lekin odamlarni lutfu marxamatlaridan yaxshi mijoz
yo yaxshi xulqlaridan maxrum etmas edilar, va ashoblarning ahvolidan boxabar qilar
edilar va odamlar oralarida nima hollar bor, odamlardan so‘rab turar edilar. Yaxshi
narsani yaxshi der edilar va uning o‘zini va qilguvchisini madx va ta’rif etar edilar, va
yomon narsani yomon der edilar va qilguvchisini mazammat va o‘zidan man’ etar edilar.
Barcha ishlari mo‘‘tadil bo‘lib, har biriga muxolif bo‘lmas edi. Hamisha so‘zlari fe’llariga
va fe’llari so‘zlariga muvofiq bo‘lar edi. Ashoblarning nasihat va irshodlaridan beparvo
bo‘lmas edilar. Chunki beparvo bo‘lsalar, ular ham beparvo bo‘ladilar. Rohat, ishratga
berilib ketadilar deb, qo‘rqar edilar. Har bir holat uchun yetarli tayyorliklari bo‘lar edi.
Har bir xodisaning ilojini qilishdan avval ko‘rib qo‘yar edilar. Haq bir ishni bajarganda
kamchilik qilmas edilar, va xaddan tajovuz ham qilmas edilar. Suhbatlariga yaqin
bo‘lguvchilar sahobalarning nixoyatda mumtozlari bo‘lar edilar. Janob sollallohu alayhi
vasallam qoshlarida ularning afzalliklari ommai xalq uchun ziyoda xayrixoxlari bo‘lar
edilar, va martabalari balandlari odamlar bilan murosasi va yordami yaxshi bo‘lar edilar.
Hasan roziyallohu anhu dedilar: Men otamdan bobomiz majlislari haqida savol qildim.
Otam dedilar: Rasululloh sollollohu alayhi vasallamning o‘tirish va turishlari hamisha
Alloh Taoloning zikri bilan bo‘lar edi. Bir laxza ham Allohning zikridan alohida bo‘lmas
edilar, qachon bir qavm to‘plangan bir majlisga borsalar, qaysi joy holi, bo‘sh bo‘lsa,
o‘sha joyga o‘tirar edilar, va boshqalarni ham shunday qilmoqqa buyurar edilar. Janob
hamma hamnishinlarining haqqini ado qilar edilar. Kulmoq, so‘zlashmoq, iltifot qilmoqda
hammalari bahra olar edilar. Xech bir hamnishinlari Janobga o‘zidan boshqani muxtaram
bilmas edi. Balki hammadan muxtaram va yaqinman der edilar. Har kim Janob
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Do'stlaringiz bilan baham: |