Microsoft Word shajarayi xorazmshohiy lotin ziyouz com doc



Download 406,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/72
Sana28.09.2021
Hajmi406,42 Kb.
#187352
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
Bog'liq
shajarayi xorazmshohiy

www.ziyouz.com kutubxonasi 

47

munavvaraga borib, Rasul Akram sallalloh alayhi vassallamning ravzayi shariflariniig ziyoratlarin etib, 



ondin so‘ng quddusi Sharifga borib, masjidi Aqsoning ziyoratin etib va ul yerlarda yotg‘on tamomi 

anbiyoyi alayhim us-salavotu vas-salomning ziyoratlarin etib, hijratning ming uch yuz beshlanchisida 

qaytib kelib, tamomi xeshu aqrabolar bila ko‘rushub xon hazratlarini ko‘rub, xon hazratlari po‘rsishi 

mushfiqona bila ko‘p mehribonliqlar ko‘rguzdilar. 

Mundin ikki yil miqdori o‘tub, hijratning ming uch yuz yettilanchisida sig‘ir yili Ibrohimxo‘ja 

rihlat ko‘sin

223

 urub, jahoni foniydin saroyi boqiyg‘a intiqol etdi. Ondin to‘rt o‘g‘ul qoldi. Avvalg‘isi 



Ismoilxo‘ja, ikkilanchi Islomxo‘ja, uchlanchi Ishoqxo‘ja, to‘rtlanchi Muhammad Ya’qubxo‘ja erdi, 

Pahlavon mirzoboshi oning tarixi vafoti uchun kam-besh yigirma bayt miqdori aytli, faqirning 

yodimda qolg‘oni ushbu bir bayt erdi. Bayt: 

 

Komil ul Sayyid yuzin ko‘rmay dedi,  



Xo‘ja Ibrohimi jannat joygoh. 

 

Maxfiy qolmasunkim, bu tarix adad yuzidin oltmish ziyod erdi. Amali ta’miya



224

 bilan «Sayyid 

yuzin ko‘rmay debsen», adadining isqotig‘a

225


 ishorat etibdur. Chun «sen» oltmishdur, oltmish soqit 

bo‘lsa, tarix durust bo‘lur. 

Chun Ibrohimxo‘ja jahondin bordi, xon hazratlari Sayyid Abdulloxo‘jani Hazoraspdin kelturub 

oning o‘rnig‘a qoyim-maqom etdilar va Islomxo‘ja ibn Ibrohimxo‘jani Hazoraspga hokim etib 

yubordilar. Mundin bir yil o‘tub, hijratning ming uch yuz dog‘i o‘n birlanchisida Ibrohimxo‘janing 

devoni Muhammad Ya’qub devonkim, sil kasaliga mubtalo erdi, jahoni foniydin olami boqiyg‘a yuz 

qo‘ydi. Ondin Abdulrahim otlig‘ bir o‘g‘ul qoldi. Xon hazratlari oni otasining o‘rnig‘a devon etdilar. 

Chun Abdulrahim yosh erdi, Sayyid Abdulloxo‘janing Hazoraspda hokim erkanida Muhammad Amin 

degan bir kishisi bor erdikim, Hazoraspga nizom berib tamomi Hazorasp aholilarining duolarin olib 

yurur erdi. Oni kelturub Abdulrahimning yonida qo‘ydi, tokim, daftardorlik va fuqaroparvarlik 

rusumining ta’limin etgay, so‘ngra devonliqning o‘zi Sayyid Abdulloxo‘janing ra’yicha Abdulrahimda 

turmay Muhammad Aminga intiqol etib oni Muhammad Amin devon dedilar. Ushbu yil Iso to‘ra 

jahoni foniyg‘a vido’ qilib; ondin o‘g‘ul qolmadi. Hijratning ming uch yuz o‘n uchlanchi yilida Qadam 

yasavulboshi jahondin borib, ondin o‘g‘ul qolmadi. Xon hazratlari oning o‘rnig‘a Yunus mahramni 

yasavulboshi etdilar. 

Sanayi hijriyning uch yuz o‘n to‘rtlanchisida muvofiqi bijan yili xon hazratlari Peterburg‘ safari 

azmin jazm etib shahzoda Ubaydullo to‘rani o‘runlarida joynishin etib, xizmatlarig‘a Sayyid 

Abdulloxo‘jani ta’yin qilib, xizmatlarida Muhammadmurod devonbegi va Muhammad mahram va 

Yunus yasavulboshi va g‘ayruhumni hamroh qilib Peterburg‘ tarafiga ketdilar. Bir necha oydin so‘ng 

davlat bila yana sog‘u salomat kelib hamma istiqbollarig‘a chiqib viloyatda ajab xushvaqtliq paydo 

bo‘ldi. Xon hazratlari kelib taxti davlatda qaror tutdilar. 

Hijratning ming uch yuz o‘n oltilanchisida va shavvol oyi va panjshanba kunida Sayyid 

Abdulloxo‘ja baho olamig‘a xirom etib, ondin Muhammad Aminxo‘ja va Sa’idulloxo‘ja otlig‘ ikkk 

o‘g‘ul qoldi. Xon hazratlari Islomxo‘jani Sayyid Abdulloxo‘janing o‘rnida qoyim-maqom etdilar. 

Mundin bir yil o‘tgandin so‘ng, xon hazratlari Muhammadniyoz devong‘a Tozabog‘ havlisin yiqib 

o‘rnig‘a bir havli toshdin bino qilmoqni buyurdilar. Hijratning ming uch yuz o‘n sakkizlanchi yili va 

zulhijjaning beshlanchisida dushanba kuni hazrat shahzodayi zamon va valiahdi davron amri oliy bila 

Toshkandga ketmakka ma’mur bo‘lub, Husayn Muhammadboy va Omonkeldiboy xizmatlarida 

ketmakka ta’yin toptilar. Bas, shahzodayi jahon Ibrohimxo‘ja ibn Ya’qubxo‘ja va Sohib Nazarboy ibni 

Bobo mehtar va Ashur mahram va g‘ayruhum bila mazkur bo‘lg‘on kunda Toshkand azmin etdilar. 

                                                      

223


 Rihlat ko‘si — bu dunyodan ketish, o‘lim nog‘orasi. 

224


 Amali ta’miya — muammogo‘ylikdagi bir usul, biror narsani pinhon etish yoki o‘chirish. 

225


 Isqot — muammogo‘ylikdagi soqit qilish, olib tashlash, yo‘q qilish usuli. 


Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy 

 

 




Download 406,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish